Yot jism chuqur anatomik sohada joylashgan bo‘lsa, uning joylashish topografiyasini aniqlamasdan turib, sug‘urib olishga shoshilish kerak emas. Bunda jonsiz to‘qimalar sog‘ to‘qima chegarasida kesib olib tashlanadi (sog‘ to‘qima kesganda qonaydi). Iloji boricha, yarada nuqson bo‘l-sa, mahalliy to‘qima bilan yopilishi kerak. Og‘iz bo‘shlig‘iga o‘tgan yaralarda avval shilliq pardaga choklar qo‘yib, yara og‘izdan ajratiladi. Qon ketishini to‘xtatgandan so‘ng, choklar avval yuqori va pastki qovoqlar, burun qanotlari, quloq suprasi, yuqori va pastki lablarning anatomik xususiyatlarini hisob-ga olgan holda teriga yo‘naltiruvchi chok qo‘yib olinadi, mushaklar tikilib, so‘ng teri va labning qizil hoshiyasiga zich choklar qo‘yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |