Yuz o'rta va pastki qismlarining jarohatlari: Lablarning jarohati 4% ni tashkil qilgan bo‘lib, ularning o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, bunda yara chetlari qochib, katta bo‘lib, ko‘rinadi. Tezda shish hosil bo‘ladi. Og‘izni germetik yuma olmaydi. So‘lak doim oqib, terining bichilishiga olib keladi. Yaradorning gapirishi va ovqat qabul qilishi qiyinlashadi. O‘z vaqtida yordam ko‘rsatilsa, boshqa sohalardan ko‘ra labdagi jarohat tez va kam asorat bilan bitadi. Yallig'lanish bosqichi: Bu bosqichda sog‘lom to‘qimaning nekrozga uchragan to‘qimadan ajralish chegarasi (demarkatsiya chizig‘i) aniqlanadi. Mazkur bosqichning davomiyligi jarohatning hajmi, ifloslanish darajasi va organizmning reaktivligiga bog‘liq bo‘lib, bunda birinchi 5 sutka davomida qon tomirlarining o‘tuvchanligi oshadi. Shuning hisobiga qisqa vaqt ichida progressiv tarzda ko‘payayotgan «travmatik» shish hosil bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |