Snaryad o‘tgan yo‘l atrofidagi to‘qimalar keng maydonda titilib, parchalanib ketadi, shuning hisobiga ko‘p miqdorda jonsiz to‘qima bo‘laklari, yumshoq to‘qima va suyak nuqsonlari hosil bo‘ladi. Yaraning kirish teshigi quloq oldida, boshning sochli qismida, bo‘yinda, yelkada, ko‘krak yoki belda bo‘lib, shu sohalardan o‘q og‘iz bo‘shlig‘iga chiqqan, tupurib tashlangan, yutib yuborilgan yoki aspiratsiya qilingan holatlar bo‘lgan. Teshilgan yaralar ko‘r yaraga nisbatan yengil (lab, lunj, quloq suprasi) va og‘ir bo‘ladi. Snaryad mushaklar, nervlar, yo‘g‘on qon tomirlari, til, yumshoq tanglay va halqumni teshib o‘tsa, quloq oldi, jag‘ osti so‘lak bezlari, chaynov mushaklari, yuz nervi shikastlanganda, yuz xunuklashib, badbashara tus oladi va chandiqli kontraktura yuzaga keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |