Ayni vaqtda, chaynov mushagi va og‘iz ichiga o‘tgan jarohatda yaradorda bir qator funksional buzilishlar kuzatilib, ovqatlanish, gapirish qiyinlashgan va, keyinchalik, chandiqli kontraktura rivojlanib, jag‘ harakati chegaralangan (85-rasm). Ayrim yaradorlarda yara yiringlab, flegmona bilan asoratlangan. Pastki jag' shoxi va burchagining jarohatlari 9,6%ni tashkil qilgan. Bu sohada, odatda, chaynov mushagi, quloq oldi so‘lak bezi nayi, parenximasi va yuz nervi jarohatlari uchraydi. Mazkur soha to‘qimalarining infeksiyaga chidamliligi pastligi tufayli, ularda tezda yallig‘lanish jarayoni avj oladi. O‘q titib o‘tgan to‘qimalardan yiring tarqalib, chuqur cho‘ntaklar hosil qiladi. Yaraga so‘lak oqib, oqma hosil bo‘ladi. Pirovardida, bo‘g‘im tashqarisida kontraktura rivojlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |