Buyindan yuz yumshoq to‘qimalarini teshib utuvchi jarohatlar (sxema). Lunj jarohatlari umumiy yuz jarohatlarining 41,2% ini tashkil qilgan. Yaralar shakli bo‘yicha – xilma-xil, hajmi bo‘yicha – kichkinagina nuqtadan katta nuqsongacha bo‘lgan. Lunjdagi jarohatlar yuz va uch shoxli nervlarning uzilishi bilan kechgan. Quloq oldi so‘lak bezi parenximasi va so‘lak nayining uzilishi natijasida yaradan doim so‘lak oqib turadi. Yuz mushaklari harakatdan qoladi, jarohatlanish natijasida yuzaga kelgan badbashara qiyofa shaxs ruhiyatiga salbiy ta’sir etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |