Asta-sekin yara o‘lik to‘qimalardan tozalanib, 5–6 sutkada granulyatsiyali to‘qima o‘choqlarining klinik belgilari aniq ko‘ri-nadi. 7–9 ko‘nga kelib, yara tozalana boshlaydi va yallig‘lanish susayadi. Regeneratsiya bosqichi: Regeneratsiyaning morfologik belgilari 2–3 kunda aniqlangan bo‘lsa, klinik belgilari 5–6 kunda qon tomirlarga boy granulyatsiyali to‘qimaning hosil bo‘lishi bilan namoyon bo‘ladi. 7–9 sutkalar-da granulyatsiyali to‘qima shakllanib bo‘ladi. Yara chetlaridan fibroz to‘qima tortilib, yara chandiqlanib bita boshlaydi. Ikkinchi haftaning oxirlariga borib, regenerativ jarayon nihoyasiga yetib, yara bitish arafasiga keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |