Nishonlar, predmetlarning ko‘rinishi masofasi
Ob’ektlar va belgilar
|
Masofa
(metrda)
|
Alohida joylashgan kichkina uy, kulba
|
5000
|
Tomdagi mo‘rilar
|
3000
|
Erdagi samolyot, joydagi tank
|
1200
|
Daraxtlarning tanasi, kilometr to‘sinlari va aloqa tarmog‘i simyog‘ochlari
|
1000
|
Yugurayotgan yoki yurib ketayotgan odamning oyoq va qo‘llari harakati
|
700
|
Minomyot, tankka qarshi to‘p, sim devorlarining qoziqlari, deraza romlari
|
500
|
Qo‘l pulemyoti, avtomat, odam tanasidagi kiyimning rangi va qismlari, uning yuz tuzilishi
|
250-300
|
Tomlardagi cherepitsa, daraxtlarning barglari, qoziqlardagi simlar
|
200
|
Tugmalar va to‘qalar, askar qurol – aslahalarning tafsilotlari
|
150-170
|
Odamning aft – angori, qo‘l panjalari, o‘qotar qurolning qismlari
|
100
|
Ko‘z bilan chamalab aniqlash mahorati askarning ko‘nikmasiga aniqlanayotgan masofalarning uzoqligiga va kuzatish sharoitlariga bog‘liq. Tajribali askar 1000 m gacha masofada yo‘l qo‘yadigan xato odatda 10-15% dan oshmaydi. Nisbatan katta masofalarda yo‘l qo‘yiladigan xatolar alohida hollarda 50% gacha yetishi mumkin.
Tashqi ballistika masalalarini o‘rganishdan oldin o‘quvchilar mingdan bir o‘lchov formulasi bilan tanishtirilsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Mingliklar o‘lchov formulasini o‘rganishni uning otish amaliyotida burchaklarni o‘lchash birligi sifatidagi amaliy ahamiyatini tushuntirishdan boshlash lozim. Darajalar, minutlar va sekundlarda ifodalangan burchaklarni qo‘shish yoki ayirish misolida otish amaliyotida mazkur birliklardan foydalanishning noqulay jihatlarini ko‘rsatib berish kerak.
Shuning uchun ham burchak kattaliklarini o‘lchashda amalda burchak o‘lchagichning bo‘limi yoki mingdan bir o‘lchovdan foydalaniladi. Burchak o‘lchovi bo‘lagining mazmuni chizmada (13-rasm), doskada ko‘rsatib, quyidagi nisbatni o‘rnatish lozim:
Burchak o‘lchovining bo‘lagi va uzoqlik o‘rtasida asosiy bog‘liqlik mavjudligi haqida xulosa chiqarish zarur: uzoqlik burchak o‘lchovining bo‘lagi uzoqlikdan 1000 martta kichkina.
Agar U masofasi va ostida nishon ko‘rinib turgan burchak kattaligi aniqlanayotgan predmetning kuzatiluvchi chiziqli kattaligi (balandligi, kengligi yoki uzunligi) ma’lum bo‘lsa, nishongacha bo‘lgan masofani burchak o‘lchovi bilan aniqlash mumkin. Aniqlash usuli ostida mazkur predmet ko‘rinib turgan burchakni mingdan bir o‘lchovda o‘lchashni nazarda tutadi.
Bu yerda: D – nishongacha bo‘lgan masofa (metrda)
B(K) – nishon balandligi (kengligi) (metrda)
1000 – o‘zgarmas kattalik
U – nishon ko‘rinib turgan burchak (mingliklar o‘lchovida)
Mazkur kattaliklardan ikkitasini bilgan holda, yuqorida ko‘rsatilgan formula yordamida uchinchi kattalikni topish mumkin.
Durbin to‘rida gorizontal va vertikal burchaklarni o‘lchashga mo‘ljallangan ikkita o‘zaro perpendikulyar burchak o‘lchagich shkalalari aks ettirilgan (14-rasm).
Bir katta bo‘limning kattaligi (qiymati) esa – 0 – 0,5 ga teng. Ikki yo‘nalish o‘rtasidagi burchakni o‘lchash uchun, durbindan kuzatib, burchak o‘lchagichning biron – bir shtrixini mazkur yo‘nalishlardan biri bilan tutashtirish va ikkinchi yo‘nalishgacha bo‘laklar sonini hisoblash lozim. So‘ng hosil bo‘lgan sonni bo‘lak qiymatiga bo‘lsak, o‘lchanayotgan burchakning kattaligini (mingdan bir bir o‘lchovda) olamiz. Masalan, 13-rasmda dushman pulemyoti mo‘ljal (daraxt)dan o‘ngroqda 0,55 burchak ostida joydashgan.
Burchakni chizg‘ich yordamida o‘lchash uchun o‘z qarshisida 15-rasm ko‘rsatilganidek, ko‘zdan 50sm uzoqlikda zarur, shunda uning bir bo‘limi (1mm) 0 – 0,2 ga teng bo‘ladi.
Burchaklarni mazkur usulda o‘lchashning aniqligi chizg‘ichni ko‘zdan 50sm uzoqlikda ushlash ko‘nikmasiga bog‘liq. Mazkur ko‘nikmani uzinligi 50 sm bo‘lgan arqon (ip) yordamida mashq qilish (16-rasm) yo‘li bilan judda tez shakillantirish mumkin.
Burchaklarni mavjud predmetlar bilan o‘lchash uchun barmoq, kaftdan yoki o‘lchamlari mm da, binobarin, mingliklar o‘lchovida maьlum bo‘lgan mavjud kichkina predmet (gugurt qutisi, qalam)dan foydalanish mumkin (17-rasm).
Burchakni o‘lchash uchun bunday o‘lchash predmeti ham ko‘zdan 50 sm uzoqlikda ushlanadi va unga qarab solishtirish yo‘li bilan burchakning kattaligi aniqlanadi.
Ko‘zdan 50 sm uzoqlashtirilgan qo‘l mushti va barmoqlarning burchak o‘lchovchi kattaliklari (18-rasmga qarang) o‘rtacha kattaliklar hisoblanadi, shuning uchun ham har bir serjant va askar ularni aniqlab olishi va eslab qolishi lozim.
Burchak o‘lchash ko‘nikmalarini shakillantirgach, predmetlarning o‘lchangan burchak kattaliklari bo‘yicha masofalarini bevosita aniqlashga o‘tish zarur.
Predmetlarning burchak kattaliklari bo‘yicha masofalarni aniqlash kuzatilayotgan predmetlarning amaldagi kattaliklari yaxshi maьlum bo‘lgan taqdirdagina aniq natijalar beradi. Shuning uchun ham burchaklar o‘lchash asboblari yordamida judda puxta o‘lchanadi.
Namunaviy ob’ektlar va joydagi (mahalliy) predmetlarning chiziqli kattaliklari
Ob’ekt (mahaliy predmet) nomi
|
Kattaliklar (o‘rtacha olingan), m
|
Balandlik (minora bo‘yicha)
|
Uzunlik (to‘psiz)
|
kenglik
|
Tank
|
2,4
|
7,6
|
3,5
|
BMD
|
2,6
|
6,8
|
3
|
BTR
|
2,1
|
6,7
|
3
|
Telegraf simyog‘ochlari
|
6
|
-
|
-
|
Simli devorlarning to‘sinlari
|
1,5
|
-
|
-
|
Kilometr to‘sinlari
|
2
|
-
|
-
|
Yuqori voltli uzatish tarmoqlarining tirgaklari
|
25
|
-
|
-
|
Yuqori volьtli tarmoqlarining machtalari
|
10
|
-
|
-
|
Do'stlaringiz bilan baham: |