SUZISH
Nazariy ma`lumotlar:
Elementlar bo`yicha va suzishning o`rganilgan to`liq usullari bilan suzish. Ma`lum masofaga turli tezlikda (eng kam qulochkashlash orqali) suzish. Cho`kayotgan kishini qutqarish usullari:
1. Cho`kayotganning oldiga suzib borish.
2. Changalidan xalos bo`lishni bilish.
3. Qutqarish (tashish) vositalarni qo`llash.
O`quvchilarga qo`yilgan talablar:
1. Vaqtni hisobga olmagan holda 50-100 metrga suzish.
2. Musobaqalarga hakamlik qilish bilimini kengaytirish.
Uyga beriladigan topshiriqlar:
1. Ba`zi tana mushaklari guruhini rivojlantirish uchun maxsus 8-10 ta mashqlar majmuasini mustaqil bajarish.
2. Bir oyoqda navbatma-navbat o`tirib turish ("to`pponcha"):
O`g`il bollar 8-10 marta, qiz bolalar 6-8 marta.
9-SINF
Jismoniy tarbiya 68 soat
(haftasiga 2 soat)
Do'stlaringiz bilan baham: |