O’ptika” fanidan “O’ptik asboblar” mavuzidan kurs ishi


-rasm. «Сычь-4» teplovizori



Download 2,76 Mb.
bet3/10
Sana13.07.2022
Hajmi2,76 Mb.
#787536
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
tohirjon kurs ishi optika

2 -rasm. «Сычь-4» teplovizori


Teplovizorlarning «Сычь» rusumli keyingi modellari razvedkada, ob’ektlarni qo‘riqlashda, ob’ektlarni maskirovka darajalarini baholashda, yaradorlarni va jabrlanganlarni izlashda, minalarni va yashirin joylarni topishda, ruxsat etilmagan dafnlarni, yashirin dafnlarni aniqlashda ishlatiladi.
Issiqlik pelengatori. Hamma qizdirilgan jismlar infraqizil nurlar chiqaradi. Agar, temperatura 500°S dan kam bo‘lmasa, unda hamma nurlanish issiqlik, ya’ni, infraqizil nurlardir. Infraqizil nurlar manbasi tanklar va avtomobillardir. Hattoki inson ham, qisqa masofada bilinadigan infraqizil nurlarni tarqatadi. Ishlab turgan tanklar va avtomobillar tarqatayotgan infraqizil nurlarning quvvati yuzlarcha vattda bo‘ladi. Uchayotgan samolyotning quvvati bir-necha kilovatt, kema trubalari quvvati yuzlab kilovatt infraqizil nurlarni tarqatadi.17-rasm. Issiqlik xossalari bo‘yicha infraqizil nurlarni payqaydigan asboblar nurlanish yo‘nalishini aniqlash imkoniyatiga ega va bu asboblar issiqlik pelengatori deyiladi. Issiqlik pelengatori parabolik reflektordan (diametri 1,5 m) va mexanik burish mexanizmdan tashkil topgan. Parabolik reflektorning fokusida infraqizil nurlarni qabul qilgich o‘rnatilgan. Qabul qilgich elektr ko‘prikka o‘rnatilgan bolometr, termistor yoki fotoqarshilik bo‘lishi mumkin. Qabul qilgichga tushgan infraqizil nurlar uni qizdiradi, ya’ni, bu bilan qarshilikni o‘zgartiradi. Elektr ko‘pirikdagi tokni o‘zgarishi qarshilikni o‘zgarishiga olib keladi, buni esa sezgir galvanometr qayd qiladi.

3-rasm. Infraqizil nurda vertolyot va samolyotning ko‘rinishi
Pelengator, reflektorni azimut bo‘yicha va nishon joyini burchagi bo‘yicha burishi mumkin. Issiqlik nurlarini beruvchi nishonni payqash uchun- tank, avtomobil, samolyot, kema va boshqalar-pelengatorni azimut bo‘yicha buradilar, reflektorga nurlanayotgan nishonning infraqizil nurlari tushmaguncha, qabul qilgich, nurning maksimum ta’sirini qayd qilganda nishon yo‘nalishi o‘rnatiladi. Reflektorni vertikal burish burchagini o‘zgartirib, nishon yo‘nalishi vertikal tekisligida o‘rnatadi. Nishon (tank, to‘p) balandligini bila turib, joy relefini hisobga olgan holda, taxminan nishongacha bo‘lgan masofani aniqlash mumkin. Operator pelengatorni to‘g‘rilash imkonini beradigan asbob sifatida lyuminessent ekranlar va elektron nur trubkalari (ENT) qo‘llaniladi. Lyuminessent ekranli pelengatorda, bolometr qarshiligi shisha halqaga ikki polosali ko‘rinishda qo‘yilgan. Poloskalar ketma-ket ulangan va elektr ko‘prikning ikki tarmog‘i hisoblanadi. U yoki bu poloskadagi qarshilikning o‘zgarishi ko‘prik diagonalida yuzaga kelgan tokni qayd qiluvchi galvanometr lampochka bilan yoritilgan ZnSO3 qoplangan, sekin aylanayotgan barabanga tushadi. ZnSO3 galvanometr kuzgusidan tushayotgan nurda lyuminesensiyani beradi. Tokning o‘zgarishi, galvanometr kuzgusi vaziyatini o‘zgartiradi, demak, ekran barabandagi mumlanadigan nuqtaning vaziyati o‘zgaradi. Nishon bo‘lmaganda, galvanometr kuzgusi, yengil titrash bilan ekranda ingichka qisqa poloskani beradi. Nishon paydo bo‘lganda kuzguni qulochlari kuchayadi va ekranda keng yorishgan polosa paydo bo‘ladi. Agar, nishon bolometrning yoritilgan poloskalaridan biriga nur bersa, unda galvanometr kuzgusini egilishi (burilishi) bir tomonga ko‘payadi, bu esa, ekranda yoritilgan poloskaning vaziyatini va shaklini o‘zgartiradi. Nishonni nazorat qilayotgan operator, pelengator reflektorini shunday ushlaydiki, ushlangan poloskalarning kattaligi o‘ngdan ham, chapdan ham bir xil bo‘lsin. U paytda pelengator nishonga yo‘naltirilgan bo‘ladi.Chet el ochiq axborotlarida shunday yangilikliklar keltirilganki, 60 sm diametrli parabolik reflektorda tanklar va avtomobillarni birnecha km masofada payqash mumkin, kemalarni 20 km (20 metr xatolik bilan), 1,5 m diametrli kuzguli pelengator kemalarni 35 masofada 0,5° aniqlikda topadi. Tank va avtomobillar shunday aniqlikda 1-2 km masofada payqaladi.
Pelengatorningsezgirligi juda katta. Ular shunday jismlarni payqash mumkin-ki, o‘zlarining temperaturasi atrof fonidan 1/100000° ga farq qiladiganlar ham. Bunday sezgirlik issiqlik pelengatorini keng tarqalishini ta’minladi.



Download 2,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish