Ontogenez va filogenez, ularning o’zaro bog’liqligi



Download 329,05 Kb.
bet16/17
Sana06.07.2022
Hajmi329,05 Kb.
#747857
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
10. Ontogenez va filogenez, ularning o’zaro bog’liqligi

Metamorfozning soddalashuvi ontogenezning soddalashuviga sabab bo`ladigan yo`nalishdir. Umurtqasizlar bilan umurtqalilarda metamorfozning soddalashuvi organlar va to`qimalarning qayta qurilishiga gormonlar ta’siri ortishi tufayli amalga oshadi.

Metamorfoz boshqarilishda ichki omillar ta’siriniig kuchayishi bu jarayonning muhit ta’siridan mustaqil bo`lishiga, uning tezlashishiga sabab bo`lgan. Chunonchi, amfibiyalarda qalqonsimon bez gormoni tiroksinning qonda ma’lum miqdorga yetishi tufayli metamorfoz yuz beradi. Metamorfozda organizmlar o`limini oldini olishning yana bir yo`nalishi uni ontogenezda tushirib qoldirishdir. Bu yo`nalish ayniqsa neoteniyada, ya’ni jinsiy yetilishning ontogenezning oldingi bosqichlariga lichinka holatiga ko`chishida ko`zga tashlanadi. Ontogenez evolyutsiyasining qayd qilingan yo`nalishida, birinchidan, metamorfoz bosqichi qisqarsa, ikkinchidan, nasl qoldirishga layoqatli organizm keyingi rivojlanish uchun zarur energiyani tejab qoladi.

Biroq metamorfozning yo`qolishi u tashqi muhitda emas, balki maxsus tuxum qobiqlari ichida bo`lsa, bu yo`qolish embrion taraqqiyotini, nasl uchun qayg`urishni cho`zish orqali amalga oshadi. Bu hodisani A.Zaxvatkin rivojlanish «Embrionizatsiyasi» deb nomladi va u progressiv evolyutsiyaning bosh yo`nalishi, deb qayd qildi. Haqiqatan ham,bunday yo`nalish hayvonlar va o`simliklarning barcha guruhlarida kuzatiladi. Lichinka holatdagi rivojlanishdan qalin qobiqqa o`ralgan yirik tuxum qo`yishga o`tish (reptiliyalar va qushlarda), embrioni, ona qornida rivojlanib tirik tug`ishga o`tish (sut emizuvchilarda) embrionizatsiyaga yaqqol misoldir.

Ontogenez bosqichlari qancha ko`p tuxum qobig`i ichida rivojlanib, tashqi muhitdan himoyalangan bo`lsa, unda embrion bosqichlar murakkabligi shuncha oz bo`ladi. Bunday sharoitda harakatlanib hayot kechiruvchi lichinkalardagi moslanishlar yo`qoladi hamda voyaga etgan organizmning shakllanishiga qaratilgan jarayonlar muhim ahamiyat kasb etadi. Lichinka holatdan tuxum ichida rivojlanishga o`tish uzoq muddatli rivojlanish uchun zarur oziqlar zapasining tuxumda ko`p bo`lishini talab etadi. Ontogenez embrionizatsiyasi tuxumda oziqning ko`p bo`lishi bilan uzviy bog`liqdir. Qayd qilingan hodisalarga ekologik nuqtai nazardan yondoshilsa, u holda mustaqil oziqlanishdan boqim oziqlanishga (reptiliyalar, qushlarda) yoki parazitlik bilan oziqlanishga (sut emizuvchilarda embrionning to`liq ona organizmi hisobiga voyaga yetishi) o`tishi kuzatiladi. Albatta yangi muhitga o`tgan embrion rivojlanishning dastlabki davridan boshlab unga moslanishi zarur. Shunga ko`ra, hasharotlar va yuksak umurtqalilarda tuxum embriogenezining dastlabki davrlaridayoq haqiqiy embrional va ekstraembrional qismlarga ajralish ro`y bergan. Keyingilardagi embrional moslanishlar — ikkilamchi murtak pardalar (amnion, allantois, xorion) rivojlanadi va ular orqali moddalar almashinuvi amalga oshadi. Bu murtak pardalari maxsus embrioadaptatsiya bo`lib, embriogenezning normal kechishini ta’minlaydi.


Download 329,05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish