Ontogenez va filogenez, ularning o’zaro bog’liqligi



Download 329,05 Kb.
bet15/17
Sana06.07.2022
Hajmi329,05 Kb.
#747857
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
10. Ontogenez va filogenez, ularning o’zaro bog’liqligi

Agar har qanday moslanish evolyutsiya natijasi hisoblansa, u holda ontogenezning har bir bosqichi ozmi-ko`pmi mustaqil evolyutsiyaga uchragan, chunki ontogenezning u yoki bu bosqichi muhitga qanchalik moslashganligiga qarab, organizmning yashab qolishi, jinsiy yetilishigacha bo`lgan davrni bosib o`tishi va nasl qoldirish imkoniyati vujudga kelgan. Organizmning nobud bo`lishi ontogenezning har bir bosqichida ro`y berish mumkinligini e’tiborga olsak, u holda bu bosqichda muhit sharoitiga bo`lgan moslanishlar saqlanib qolgan, deb aytish mumkin.

Evolyutsiya jarayonida ontogenezning bir bosqichi o`ziga xos muhit sharoitiga moslashar ekan, u holda organizmning tuzilishi o`zgaradi va bu bosqichning muvofiqlanishini ta’minlovchi belgilari ayniqsa yangilanadi. Bunday holatda ontogenezning boshqa bosqichlari o`zgarmagan taqdirda ham turli bosqichlar orasidagi farq orta boradi. Divergensiya ortgan sari bir bosqichdan boshqasiga o`tish murakkablasha boradi va natijada rivojlanishni bir yo`nalishdan ikkinchisiga buradigan oraliq metamorfozli bosqich zarurligini taqozo etadi. Shunga ko`ra, hayvonlar evolyutsiyasining ko`pgina shoxobchalarida metamorfoz vujudga kelgan. U ayniqsa hasharotlarning to`liq metamorfozli bo`lishida yorqin namoyon bo`ladi. Hasharotlarning metamorfozli bosqichida lichinka davridagi organlar erib ketib, ular o`rniga imaginal disklardan qisqa muddatda yangi organlar rivojlanadi. Bunday organlarini qayta qurish davrida organizmlarning ko`plab nobud bo`lishi tabiiydir. Shunga ko`ra, metamorfoz davri tashqi muhitning noqulay sharoitidan qalin xitin qavat yoki maxsus pilla bilan himoyalangan davrdir. Agar organizmning lichinka va imago davri bir xil ekologik sharoitda kechsa, u holda rivojlanish metamorfozsiz tuzilishniig asta-sekin tarkib topishi bilan tavsiflanadi.

Moslanishning almashinishi bilan bog`liq ontogenez bosqichlari — metamorfoz tug`ilish, sut emizuvchilarda homilaning bachadon devoriga yopishishi tanglik bosqichlari deb ataladi. Chunki bu bosqichlar sharoitning birmuncha o`zgarishi, o`limning ortishi bilan aloqador. O`limni kamaytirishning eng qulay yo`li metamorfozni tezlashtirish yoki soddalashtirishdir.


Download 329,05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish