Fiziologik metod yordamida faqat gen funksiyasi, uning o‘zgarishi va boshqa genlar bilan munosabati o‘rganiladi. Irsiyatning molekular asoslari bobida genlar tuzilishi, xilma-xil funksiyasi to‘g‘risida to iiq m aium ot oldingiz. Allel va allel boim agan genlaming o‘zaro ta’siri yoritilganda allel bo‘lmagan genlar orasidagi munosabat nihoyatda turli-tuman ekanligi bilan tanishdingiz. Allel boim agan genlaming o‘zaro komplementar, epistaz, polimeriya, pleyotropiya, modifikator genlarning stmkturali genlar faoliyatiga ko‘rsatgan ta’siri bunga yorqin misoldir. Gen qanday qilib biokimyoviy moddalar sintezi, almashinuvini, nihoyat fenotipni o‘zgarishini boshqarishi mumkinligini tushunishda mikroorganizmlarni mutant formalari qulay obyekt sanaladi. Misolga neyrosporani olsak, uning normal formasi minimal muhitda ya’ni qand va vitamin B dan iborat ozuqa muhitida o‘sadi. 0‘sish davrida normal neyrospora minimal ozuqadan protoplazmaning barcha zamr tarkibiy qismlari — aminokislotalar, polisaxaridlar, lipidlar va boshqa moddalarni sintezlaydi. Neyrosporaning mutatsiyaga uchragan formalari esa u yoki bu genlari tuzilishi o‘zgarganligi sababli hayot uchun zarur bo‘lgan ba’zi moddalami sintezlay olmaydilar va natijada nobud boiadilar. Bunday mutant neyrosporalar yashashi uchun minimal ozuqa muhitiga ular sintez qila olmaydigan moddani qo‘shib berish lozim. Tirik organizmning har bir hujayrasida bir moddadan ikkinchi moddani hosil boiishi bir necha biokimyoviy reaksiyalardan iborat. Chunonchi, neyrospora hujayrasida fenilalanin aminokislotadan nikotin kislotani sintezlanishi 6 xil biokimyoviy reaksiyadan tashkil topadi. Bunda bir gen -ferment fenilalaninni antronil kislotaga aylantirsa, ikkinchi gen - ferment unga serinni qo‘shib indolni hosil etadi, uchinchi gen — ferment indolni triptofan aminokislotaga aylantiradi. To‘rtinchi gen - ferment ishtirokida triptofan kinureninni hosil qiladi. Beshinchi gen - ferment unni oksiantronil kislotaga aylantiradi. Oltinchi gen - ferment oksiantronil kislota asosida nikotin kislotani sintezlaydi. Shunday qiiib neyrospora hujayrasida fenilalanin aminokislotadan nikotin kislotani hosil boiishi 6 ta gen ishtirokida ro‘y beradi. Mabodo yuqoridagi reaksiyalaming birortasini ro‘yobga chiqaruvchi gen mutatsiyaga uchrasa, u holda hujayrada oraliq moddalardan birortasi tanada to‘plana boradi. Masalan, reaksiyalaming to‘rtinchi bosqichini amalga oshiruvchi gen mutatsiyaga uchrasa neyrospora hujayrasida triptofan aminokislotasi to‘planadi. Shunga ko‘ra mutant neyrospora o‘sish uchun kinurenin yoki oksiantronil kislotadan foydalanadi. Lekin undan oldingi metabolitlar — indol va antronil kislota hamda fenilalanindan foydalana olmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |