a) 200•30 = (2•100) • (3•10) = (2•3) • (100•10) = 6•1000 = 6000
b) 400•500 = 4•5•100•100 = 20•10000 = 200000
4.Ko‘p xonali sonni bir xonali songa ko‘paytirish bir necha qo‘sxiluvcxilar yig‘indisi
berilgan. Songa ko‘paytirish qoidasiga asosan bajariladi,
Masalan:
a) 223•5 = (200+20+3) •5 = 200•5 +20•5 +3•5 = 1000 + 100 + 15 = 1075
b) 453•7 = (400 +50 + 3) •7 = 400•7 + 50•7 + 3•7 = 2800 + 350 + 21 = 3171
5. Ko‘p xonali sonlarni ko‘paytirish sonni bir necha sonning yig‘indisiga ko‘paytirish qoidasiga
asosan amalga oshiriladi.
Masalan:
a) 2024•328
328=300+20+8
2024•328=2024•(300+20+8)=2024•300+2024•20+2024•8=663872
O‘nli sanoq sistemasida bo‘lishni bajarish algoritmi.
Bir xonali va ikki xonali sonlarni bo‘lish ko‘paytirish jadvaliga asoslangan holda amalga
oshiriladi.
Ko‘p xonali sonlarni bir xonali sonlarga bo‘lish yig‘indini songa bo‘lish qoidasiga
keltiriladi.
Masalan, 4792:4 = (4000 + 700 + 90 + 2) :4. Buning uchun 4 mingni 4 ga bo‘lamiz,
Bo‘linmada 1 ta ming lik hosil bo‘ladi va qoldiq 0 ga teng bo‘ladi. 7 yuz likni 4 ga bo‘lamiz.
Bo‘linmada 1 ta yuz lik va qoldiq 3 yuz hosil bo‘ladi. 3 yuzni o‘n liklarga maydalaymiz, 30 o‘n lik
hosil bo‘ladi. Uni 9 o‘n likka qo‘shamiz. Natijada 39 o‘n lik hosil bo‘ladi. 39 o‘n likni 4 ga bo‘lsak,
bo‘linmada 9 o‘n lik va qoldiq 3 o‘n lik xrsil bo‘ladi. 3 o‘n likni bir liklarga maydalasak, 30 bir lik
hosil bo‘ladi, Unga 2 bir likni qo‘shsak 32 bir lik hosil bo‘ladi. 32 bir likni 4 ga bo‘lsak, bo‘linmada
8 bir lik va qoldiqda 0 hosil bo‘ladi.
Shunday qilib bo‘linma 1 ming lik, 1 yuz lik, 9 o‘n lik va 8 bir likdan iborat bo‘ladi, ya’ni
1198. Demak, 4792:4 = 1198; yuqoridagi jarayon og`zaki bo‘lish bo‘lib, uni yozma bo‘lish shakliga
keltirsak, u
ko‘rinishda yoziladi
Ko‘p xonali sonlarni ko‘p xonali sonlarga bo‘lishda ham yig‘indini songa bo‘lish xossasidan
foydalaniladi.
Masalan: 54314:13 ni hisoblay lik. Yechish: 54314 = 50000 + 4000 + 300 + 10 + 4 = 5 o‘n
ming + 4 ming + 3 yuz + 1 o‘n + 4.
Avvalo yuqori xona birligini olib uni 13 ga bo‘linish bo‘linmasligini aniqlaymiz, 5 soni 13
ga bo‘linmaydi. U holda 54 mingning 13 ga bo‘linishini ko‘ramiz, Bunda bo‘linmada 4 ming va
qoldiqda 2 ming hosil bo‘ladi. 2 mingni yuzlarga maydalab, unga 3 yuzni qo‘shsak 23 ta yuz lik
hosil bo‘ladi. Uni 13 ga bo‘lsak, bo‘linmada 1 yuz lik va qoldiqda esa 10 yuz lik qoladi, 10 yuz
likni o‘n liklarga maydalab, 1 ta o‘n likni qo‘shsak 111 ta o‘n lik hosil bo‘ladi. Uni 13 ga bo‘lsak,
bo‘linmada 7 o‘n lik va qoldiqda 10 o‘n lik hosil bo‘ladi. 10 o‘n likni bir liklarga maydalab 4 bir
likni qo‘shsak, 14 bir lik hosil bo‘ladi, uni 13 ga bo‘lsak bo‘linmada 8 bir lik va qoldiqda nol hosil
bo‘ladi. Demak, bo‘linmada 4 ming lik, 1 yuz lik, 7 o‘n lik va 8 bir lik hosil bo‘ladi, ya’ni 54314:13
= 4178.
Bu jarayonni yozma ravishda ifodalasak,
Do'stlaringiz bilan baham: |