IV chorak
1. Taqlid so'z qo'llangan gap qatorini aniqlang.
A. Reja bo'yicha shamoldan panaroq, ikki bo'yra hajmidagi yalanglikka
chodir tikdik.
B. Xuddi shu payt shamol qo'zg'alib, qayerdandir aks- sadoga o'xshash,
«qars-qurs» etgan ovoz quloqqa chalina boshladi.
C. Tog' manzarasi xo'p kelishtirib tasvirlangan.
D. Oxori to'kilmagan joyning fayzi boshqacha bo'ladi.
2. Undov so'z qatorini aniqlang.
A. O'zlari jamoadan bo'ladilarmi?
B. Hayot go'zal va shirin.
C. Voy jonivor -ey; asal bo'lib ketibdi-ya! Bay-bay-bay!
D. O'tir, o'tirib gapiraver, bolam.
3. Tasdiq so'zlar berilgan javobni toping.
A. bo'lar, bo 'pti C. ha, mayli
B. xo 'p, boraman D. bor, hm.
4. Inkor so'zlar berilgan javobni toping.
A. mutlaqo, aslo C. noroziman, ko 'nmadi
B. yo 'q, rozimasman D. A, B, C.
5. Tasdiq va inkor so'zlar qanday gaplarning javobi bo'lib keladi?
A. bunday so 'zlar dialogik nutqda -mi so'roq yuklamasi orqali ifodalangan so'roq gaplarning javobi bo'lib keladi
B. tasdiq va inkor so 'zlar -chi so'roq yuklamasi orqali ifodalangan so'roq gaplarning javobi bo 'lib keladi
C. tasdiq va inkor so 'zlar so’roq olmoshlari bilan ifodalangan so’roq gaplarning kesimi bo’lib keladi.
D. to’g’ri javob yo’q
6. Sof modal so'zlar berilgan javobni toping.
A. attang, albatta C. balki, ehtimol
B. aftidan, chamasi D. shubhasiz, demak.
7. Fikrning dalillanishini bildiruvchi modal so'z berilgan javobni toping.
A. albatta, shaksiz C. masalan,jumladan
B. darhaqiqat. haqiqatan D. dalil, isbot.
8. Modal so'zlar bilan bog'liq tinish belgisi to'g'ri berilgan javobni toping.
A. undov belgisi C. nuqtali vergul
B. vergul D. qo'shtirnoq
9. Qaysi sonlarga –ov, ala qo’shimchalari qo’shilganda, o’zak oxiridagi “i” unlisi tushib qoladi?
A. Besh, uch. olti C. O'n, ikki, yetti
B. Ikki, olti. sakkiz D.Yetti, ikki, olti
10. Son gapda qanday holda hol vazifasini bajaradi?
A.Otga bog'lansa B.Fe'lga bog'lansa C.Gap oxirida kelsa D. necha, qancha so'rog'iga javob bo'lsa.
11. Tartib son ishrtirok etgan gapni toping.
A. Birinchi iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni.
B. Bir otasi, bir onasi necha yuz ming bolasi.
C. Opam bizga uzgan olmalaridan to'rttadan berdi.
D. Chol bilan kampir uch nafar qizlari bilan yashar edi.
12. Tilimizda nechta unli tovush bor?
A. 10 ta C. 5 ta
B. 6 ta D. 8 ta
13. His-hayajon, buyruq-xitobni ifodalovchi so’zlar…?
A. modal so’zlar C. undov so’zlar
B. taqlid so’zlar D. kirish so’zlar
14. Yozuvda undov so’zlardan keyin qanday tinish belgisi qo’yiladi?
A. nuqta C. vergul
B. tire D. hech qanday
15. Ifodalanayotgan fikrga so’zlovchining munosabatini bildirgan so’zlar…?
A. undov so’zlar C. taqlid so’zlar
B. undalmalar D. modal so’zlar
16. U goh kulib, goh jiddiylashib voqeani so 'zlab berar edi. Ushbu gapda
bog'lovchining qaysi turi qo'llangan?
A. ayiruv bog'lovchisi C. ergashtiruvchi bog'lovchi
B. shart bog'lovchisi D. sabab bog'lovchisi
17. Kimdir, allakim, allaqaysi, allanima so'zlari qaysi so'z turkumiga oid?
A. ot C. ravish
B. olmosh D. sifatdosh
18. Biz o 'z Vatanimizni ko 'z qorachig'iday asrab-avaylaymiz. Ushbu
gapdagi biz olmoshi qaysi kelishikda turibdi?
A. bosh kelishikda C. o'rin-payt kelishigida
B. qaratqich kelishigida D. chiqish kelishigida
19. Hamma, barcha, bari, butun olmoshlariga qaysi qatorda to'g'ri
ta'rif berilgan?
A. gumon ma'nosini ifodalaydi C. narsalarning so'rog'ini ifodalaydi
B. shaxs, narsa, belgini jamlab keladi D. narsalarni ko'rsatib keladi
20. Zo’r-ku, qog’ozmasmi?- dedi u hammadan keyin boychechakni qo’liga olib. Ushbu gapda yuklamaning qaysi turlari ishlatilgan?
A. kuchaytiruv-ta'kid, so'roq yuklamalari
C. gumon , so’roq yuklamalari
B. so'roq, taajjub yuklamalari
D. ayiruv-chegaralov yuklamalari
21. albatta, shaksiz modal so'zlari qanday ma'noni anglatadi?
A. gumon ma'nosini C. ishonch ma'nosini
B. achinish ma'nosini D. quvonch ma'nosini
22. Ismlaming ko'plik, kichraytirish, erkalash, qiyoslash ma'nolarini
bildiruvchi shakllari qanday shakllar sanaladi?
A. egalik shakllari C. lug'aviy shakllar
B. sintaktik shakllar D. so'z tarkibi
23. Paytga munosabat bildiruvchi vazifadosh ko’makchilar berilgan qatorni toping.
A. qarab, qaraganda, ko'ra C. sari, bilan, oldida
B. ostida, yonida, qoshida D. so'ng, keyin, oldin
24. Xalq bunday yolborishlarga quloq solmadi, chunki g’isht qolipdan ko’chgan edi. Ushbu gapda bog'lovchining qaysi turi ishtirok etgan?
A. teng bog'lovchi C. aniqlov bog'lovchisi
B. sabab bog'lovchisi D. shart bog'lovchisi
25. Ish qog’ozlari qaysi uslubda yoziladi?
A. rasmiy uslubda C. badiiy uslubda
B. ilmiy uslubda D. ommabop uslubda
Do'stlaringiz bilan baham: |