Ona tilidan test-sinov topshiriqlari 7-sinf uchun 7-sinf ona tili I chorak



Download 56,6 Kb.
bet1/4
Sana10.03.2022
Hajmi56,6 Kb.
#488377
  1   2   3   4
Bog'liq
7-sinf-ona-tili-fanidan-choraklik-testlar-javobsizbaxtiyor.uz









ONA TILIDAN
test-sinov topshiriqlari
7-sinf uchun

7-sinf ona tili




I chorak

1. Berilganlarning qaysi biri quyidagi gapning davomi bo'la oladi?


Mard kishi bir so'zli, jasoratli,...
A. botir bo'ladi. C. o'ktam bo'ladi.
B. shirinso'z bo'ladi. D. notiq bo'ladi.
2. Lug'aviy ma'noni qisman o.'zgartiradigan qo’shimcha berilgan qatorini belgilang.
A. kitobxon. she’rxon, g’azalxon C. sinfdosh, maslakdosh, kursdosh
B. gulchi, tikuvchi, ishchi D. Karimjon, uylar, kitobcha
3. Olmosh ega vazifasida kelgan gap qaysi qatorda berilgan?
A. Qaysi millatning umumiy sa'y-harakati va amali ko'p bo'lsa, kuch­ qudrati ham buyuk bo'ladi
B. Inson qanday ish qilsa o'zi, farzandlari, ularning baxt-saodati uchun qiladi.
C. Bilib qo'yki, seni Vatan kutadi.
D. Sen bu kun sinfda shod yurak bilan, Sinov navbatini kutib turasan.
4. Berilgan gapdagi ko'rsatish olmoshlari qaysi gap bo’lagi vazifasida kelgan?
Shuni ham unutmaslik kerakki, kamolotga eltuvchi yo'l ma'rifat, shunga yarasha g'ayrat-shijoat kerakdir.
A. Ega C. To'idiruvchi
B. Kesim D. Aniqlovchi
5. Qaysi qatordagi gapda kishilik olmoshi birinchi shaxs ko'plikda qo'lIangan?
A. Ota-onaga muhabbat - barcha insoniy fazilatlar asosidir
B. Umr-bizga uni so'nggi daqiqalariga qadar mardona himoya qilish
sharti bilan berilgan.
C. Sen bu kun sinfda shod yurak bilan
Sinov navbatini kutib turasan.
D. Siz ham bashar farzandisiz, haqni bayroq qilib oling.
6. U olmoshi qaysi gapda ko'rsatish olmoshi vazifasida kelgan?
A. Jamshid qilmishidan pushaymon bo'lib, uni soliqdan ozod qilibdi.
B. U Xorazm hokimligiga qarashli chorvadorlik bilan shug'ullangan
Spitamen urug'idan edi.
C. «Avesto» zardushtiylik dinining muqaddas kitobi bo'lib, u kitobning ilk sahifalari Zardusht tomonidan VII asrning oxirlarida Amudaryo sohillarida yaratilgan.
D. Arablar unga Shohjahon deb nom berganlar
7. Aniq nisbatdagi fe'l qo'llangan gap qatorini belgilang.
A. Salomatligini ehtiyot qilib yurgan odam o'ziga nima foydaliligini har qanday shifokordan yaxshiroq biladi.
B. Yigit shu gaplarni aytishga aytdi-yu, ko'zini yashirishga joy topolmay qiynaldi.
C. Hakim ukasini yuvintirdi.
D. Shu kunga atalib hovli o'rtasida yozgi sahna yaratildi.
8. Qaysi qatordagi gapni quyidagi gap bilan almashtirish mumkin?
Hech bir yangilik to'siqlarsiz amalga oshmaydi.
A. Musiqa har qanday kishi diliga crom beradi
B. Anor har qanday kasalikka davo
C. Yassaviy barcha yovuzliklar ildizini xudobexabarlik, ma'rifatsizlik
deb bilgan
D. Har bir yangilikni amalga oshirishda to'siqlar bo'ladi
9. Juft ollmosh qo'llangan gap qatorini belgilang.
A. Yomon ishlarda o'zini ehtiyot qilib yurganlanigina bilimdon deyishi mumkin.
B. Dono suhbatidan sira qochmagil.
Ta'sirin o'tkazar senga ham u til
C. Goh-goh u-bu masalada munozara bo'lib turadi.
D. Har qanday istakning tub maqsadi - sog'liqdir.
10. Qaysi turkumning aniq atash ma'nosi bo'lmaydi?
A. ot C. son
B. olmosh D. ravish
11. Quyidagi javoblardan qaysi birida ko'rsatish olmoshlari berilmagan?
A. bu, shu
B. u, o 'sha
C. ana, mana
D. barchasi ko 'rsatish olmoshlari hisoblanadi.
12. Qaysi olmoshi kamtarlik, bajargan ishida o'zini ta'kidlamaslik ma'nolarini ifodalaydi?
A. biz C. ular
B. siz D. barchasi ifodalaydi.
13. Qaysi olmosh yakka shaxsga ishora qilib, hurmat ma'nosini ham bildiradi?
A. biz C. ular
B. siz D. B, C.
14. Kishilik olmoshlari o'rnida qo'llanib, ko'pincha shaxsni, ba'zan predmetni ko'rsatuvchi olmosh berilgan javobni toping.
A. ko'rsatish olmoshlari C. kishilik olmoshi
B. o 'zlik olmoshi D. so 'roq olmoshi
15. Bo'lishsizlik olmoshlari ishtirok etgan gaplarning kesimlari qanday shaklda bo'ladi?
A. inkor shaklida C. ko 'plik shaklda
B. o'tgan zamon shaklida D. A, B, C.
16. Bir so'zi qaysi so'zlarga qo'shilib ularga gumon ma'nosini yuklaydi?
A. inson, narsa, nimadir C. kishi, narsa, nima
B. odam, kim, predmet D. B va C.
17. Qaysi qatorda zid ma'noli so'zlar berilgan?
A. Topgan gul keltirar, topmagan bir bog' piyoz.
B. Baxtiyor oqni qoradan ajratadigan bo’ldi
C. Qarilar izzatda, yoshlar xizmatda
D. B va C
18. Qo'shma so'zlar qanday yoziladi?
A. qo'shib C. chiziqcha bilan
B. ajratib D. qo'shib yoki ajratib
19. Shakldosh so'zlar berilgan qatorni toping.
A. tut, soz, qil C. bor, ziyo, sir
B. gul, bog', karam D. oz, kitob, yoqa
20. Qaysi qatordagi so'zlar i tovushi orqali yoziladi?
A. but...n, sov…q C. qiz...q, ist...qlol
B. uyq..., kulg... D. uch...n, ist...qlol
21. Juft so'zlar qanday yoziladi?
A. qo'shib C. chiziqcha bilan
B. ajratib D. qo'shib yoki ajratib
22. Nuqtalar o’rniga kerakli qo’shimchani qo’ying. Maqtov ahmoq…yoqar.
A.-ga C.-ka
B.-qa D.-ni
23. Egalik qo'shimchsi qo'shilgan ot o’zidan oldingi otning qanday kelishikda kelishini talab qiladi?
A.Qaratqich C. Tushum
B. Jo'nalish D. Chiqish
24.Belgi deganda qanday ma’nolar tushuniladi?
A. Rang-tus, maza-tam C. Narsa-buyumlar
B.Shakl-hajm, xil-xususiyat D. A, B
25. Sifat darajalari nechi xil?
A. 2 C. 4
B. 3 D. 5



Download 56,6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish