Ona tili va adabiyot o‘quv – uslubiy majmua samarqand – 2019 Qayta tayyorlov kursi yo‘nalishi



Download 2,64 Mb.
bet122/202
Sana26.02.2022
Hajmi2,64 Mb.
#470417
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   202
Bog'liq
Ona tili va Adabiyot. O`quv uslubiy majmua

Tayanch so’z va iboralar: gapning uyushiq bo’laklari, gapning ajratilgan bo’laklari, uyushiq bo’lakli gaplarda umumiy va umumlashtiruvchi birliklarning qo’llanilishi

Gapda ishtirok etayotgan atov birliklarining ma’nosi so‘zlovchi uchun yetarli darajada ochilmagan bo‘lishi mumkin. Shunda ularning ma’nolarini muayyanlashtirish maqsadida alohida, ta’kid ohangiga ega bo‘lgan atov birliklari nutqqa kiritiladi. Quyidagi gaplarga e’tibor bering: 1. Shavkat she’r o‘qidi. 2. Yurtim – Nurota. 3. Uning kafolati kerak bo‘ladi. 4. Soy buyida uzoq turdi. 5. Seni sog‘indim. Tinglovchi uchun ushbu gaplardagi ma’lum bir so‘zlar ma’nolari izohlarsiz noaniq bo‘lishi mumkin. Buni e’tiborga olgan holda so‘zlovchi ularni muayyanlashtiruvchi so‘zlar bilan qo‘llaydi: 1. Shavkat, shoir, she’r o‘qidi. 2. Yurtim – Nurota, tog‘lar orasi. 3. Uning, Ikrom Imomzodaning, kafolati kerak bo‘ladi. 4. Soy bo‘yida, qo‘sh yong‘oqning tagida, uzoq turdi. 5. Seni, vafodorimni, sog‘indim. Birinchi gapda ega (Shavkat)ning ma’nosini shoir so‘zi, ikkinchi gapda kesim (Nurota)ning ma’nosini tog‘lar orasi, uchinchi gapda aniqlovchi (uning)ning ma’nosini Ikrom Imomzodaning so‘zshakli, to‘rtinchi gapda hol (soy bo‘yida) ning ma’nosini qo‘sh yong‘oqning tagida so‘zshakli, beshinchi gapda to‘ldiruvchi (seni) ning ma’nosini vafodorimni so‘zshakli izohlagan, to‘ldirgan, muayyanlashtirgan. Bu so‘zlar o‘zi izohlayotgan so‘zlar bilan bir hokim so‘zga tobelanadi. Undan faqat nisbatan tor ma’noga egaligi va ta’kid ohangi bilan ajralib turadi. Bunday atov birliklari gapning ajratilgan kengaytiruvchisi deyiladi. Gapning so‘z kengaytiruvchisi ham, gap kengaytiruvchisi ham ajratilishi mumkin. Yuqoridagi birinchi va ikkinchi gaplarda gap kengaytiruvchisi, 3-, 4-, 5- gaplarda esa so‘z kengaytiruvchisi ajratilgan. Shu boisdan ajratilgan kengaytiruvchilarni:


a) ajratilgan gap kengaytiruvchilari;
b) ajratilgan so‘z kengaytiruvchilari
ko‘rinishida ikkiga bo‘lib o‘rganish mumkin.
Gap ajratilgan kengaytiruvchilari bilan ajratilgan bo‘laklar muqobil atamalar emas. Chunki ajratilgan bo‘laklar deganda, gap konstruktiv bo‘laklarining ajratilishi tushuniladi. Ajratilgan kengaytiruvchilar atamasi esa bo‘lak mavqeiga ega bo‘lmagan atov birliklarini ham o‘z ichiga qamrab oladi. Masalan, Men seni, vafodorimni, sog‘inganimni ayta olmayman gapida vafodorimni so‘zshakli ajratilgan kengaytiruvchi, lekin gap bo‘lagi emas.
Ajratilgan kengaytiruvchining gap struktur sxemasiga munosabati ular izohlayotgan atov birliklariniki kabi. Ajratilgan kengaytiruvchi ajralmish (muayyanlashtirilayotgan) atov birliklari-ning «soyasi» bo‘lganligi bois, ular bilan bir butun holda bevosita yoki bilvosita gap struktur qolipiga daxldor bo‘ladi.
Ajratilgan kengaytiruvchi muayyanlashtirilayotgan bo‘lakning «soyasi» bo‘lganligi bois, sof nutqiy hodisa. Shuning uchun uning mavjudligi va o‘ziga xosligi sof nutqiy omil – ohang bilan ham bog‘liq. O’ziga xos ohangdan mahrum qilinsa, u boshqa nutqiy hodisa­ – undalmaga monand bo‘lib qoladi. Masalan, Erkin, ukam, injener bo‘ldi gapida ukam atov birligi ajratilgan kengaytiruvchiga xos ohangdan mahrum etilsa (ukam birligidan keyin ajratish pauzasi qo‘llansa), u egaga va eganing atov birligi esa undalmaga aylanib qoladi.
Gap va so‘z kengaytiruvchilarining ajratilishida o‘ziga xosliklar bor.
Gapda izohlovchining ajratilishi boshqa kengaytiruvchilarga nisbatan o‘ziga xos. Izohlovchi odatda izohlanmishdan oldin keladi: traktorchi Toshpo‘lat, oshpaz Mamatqulov, professor Jo‘rayev kabi. Izohlovchi ajratilganda, izohlanmish qanday mavqeda bo‘lsa, u ham shunday mavqega ega bo‘ladi. Masalan, Traktorchi Toshpo‘lat aka smenani topshirdi gapida izohlovchi (traktorchi) ega (Toshpo‘lat aka) ga tobe. Biroq u ajratilsa, gap egasiga tobeligi yo‘qoladi va o‘zi ham egaga aylanadi. Toshpo‘lat aka, traktorchi, smenani topshirdi. Bu gapda traktorchi so‘zshakli o‘rni o‘zgargan izohlovchi emas, balki tamoman yangi mavqe (gapning konsruktiv bo‘lagi – ega) olganligini izohlanmish (Toshpo‘lat aka)ni gapning boshqa konstruktiv yoki nokonstruktiv bo‘laklari vazifasiga qo‘yish bilan amin bo‘lish mumkin:

  1. Bu kishi – Toshpo‘lat aka, traktorchi;

  2. Toshpo‘lat akani, traktorchini, taniyman;

  3. Toshpo‘latning, traktorchining, obro‘yi baland, hurmati joyida.

Birinchi gapda «sobiq» izohlovchi bo‘lmish traktorchi kesim, ikkinchi gapda to‘ldiruvchi, uchinchi gapda qaratuvchi aniqlovchi vazifasida kelgan. Demak, bunday holda ajratilish natijasida izohlovchi o‘z sifatini o‘zgartiradi.

Download 2,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish