Ona tili va adabiyot o‘quv – uslubiy majmua samarqand – 2019 Qayta tayyorlov kursi yo‘nalishi



Download 2,64 Mb.
bet130/202
Sana26.02.2022
Hajmi2,64 Mb.
#470417
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   202
Bog'liq
Ona tili va Adabiyot. O`quv uslubiy majmua

Darak gap. Darak gap xabar berish, biror hodisa yoki dalilni tasdiqlash xususiyatiga ega bo‘ladi: 1. Umrim bo‘yi seni kutarman. 2. Sarvi gulro‘ kelmadi.
Darak gap kesimlikdagi mayl ma’nosiga ko‘ra turlicha bo‘lishi mumkin:

  1. aniq xabar: Bola keldi;

  2. taxmin: Ertaga majlis bo‘lar;

  3. istak: bugun bozorga chiqsam.

Bu qatorni yana davom ettirish mumkin.
Darak gap istakni ifodalaganda, so‘zlovchining taxmin-tilagi haqida xabar beradi. Istak qat’iylashsa, u buyruq gapga aylanib ketadi. Bu bilan darak va buyruq gap bir-biriga yaqinlashadi: Sen borsang – Sen bor.
Darak gapda so‘z tartibi, odatda, buzilmagan, gap esa darak intonatsiyasiga ega bo‘ladi. Shuningdek, darak gapning kesimi ham o‘ziga xos. U so‘roq yuklamasidan xoli va aniqlik mayli shaklida bo‘ladi.
Atov gap va so‘z-gap ham darak tabiatiga ega bo‘ladi: 1. Qish. 2. Ha. 3. Rahmat.
So‘roq gap. So‘roq gapda so‘roq ma’nosiga boshqa ma’no ham qorishgan holda bo‘lishi mumkin:

  1. so‘roqning o‘zi: Halim keldimi?

  2. so‘roq-hayrat: Halim keldimi?

  3. so‘roq-taajjub: Yozda ham shunday yomg‘ir yog‘adimi?

  4. so‘roq-mamnunlik: Halim tugatdimi-a?

  5. so‘roq-gumon: Olib chiqarmikin?

  6. so‘roq-taxmin: Sen Olim emasmisan?

  7. so‘roq-darak: Tugatdimi? (Кo‘rdingmi, tugatdi ma’nosida.)

  8. so‘roq-buyruq: Tezroq jo‘namaysizmi?

So‘roq gap kutilayotgan javobga munosabatiga ko‘ra uch xil:

  1. sof so‘roq gaplar javob talab qiladi: Bugun qayerga borasan?

  2. ritorik so‘roq gap javob talab qilmaydi va mohiyatan darak, shaklan so‘roq gap hisoblanadi: Onani sevmaydigan odam odammi?

  3. so‘roq-buyruq gap so‘roq yo‘li bilan buyurish ma’nosini ifodalaydi: Tezroq kelmaysizmi?

So‘roq gap mazmun hajmiga ko‘ra ikki xil:
1) umumiy so‘roq. Bunda narsa yoki hodisa to‘laligicha aniqlanadi: Bu nima? Bu kitobmi? Bunda javob kesimga tegishli bo‘ladi.
2) xususiy so‘roq. Bunda narsa yoki hodisaning bir tomoni aniqlanadi: Bu qanday kitob? Кitobning varag‘i qancha? Sen qayerdan kelding? Bunda javob so‘roq olmoshi bilan ifodalangan kesimdan boshqa har qanday bo‘lak bo‘ladi.

Download 2,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish