Tayanch so’z va iboralar: bir bosh bo’lakli gaplar, egasiz bir bosh bo’lakli gaplar, kesimsiz bir bosh bo’lakli gaplar, atov gaplar, bog’langan qo’shma gaplar.
Grammatik asos miqdori (tuzilishi)ga ko`ra. Ega va kesim birgalikda, bir bosh bo`lakli gapda kesimning o`zi gapning grammatik asosini tashkil etadi. Gap tuzilishi, ya’ni grammatik asos miqdoriga ko`ra ikkiga bo`linadi: a) sodda gap; b) qo`shma gap. Sodda gapda bitta kesim, ya’ni bitta grammatik markaz mavjud bo`ladi: 1.Dars boshlandi. 2.Yomg`ir yog`madi. 3.Bahor keldi. Ba’zan sodda gap egasiz, boshqa bo`laklar kesimga bog`lanadi: Bugun Moskvadan ukam bilan uchib keldim. Qo`shma gapda ikki va undan ortiq kesim, ya’ni kamida ikkita grammatik markaz mavjud bo`ladi: Qo`ng`iroq chalindi va dars boshlandi. Salim kiyindi va yo`lga tushdi. Qo`shma gap faqat kesimdan iborat bo`lishi ham mumkin: Qarasam, qaramaysan.
IV. Bosh bo`laklar tarkibiga ko`ra. Gapda bosh bo`laklar tarkibi to`liq (ega ham, kesim ham mavjud bo`lishi) yoki to`liq bo`lmasligi (egasi tushirilgan bo`lishi) mumkin. Shunga ko`ra gap ikkiga bo`linadi: 1) bir bosh bo`lakli gapning grammatik asosi bir bosh bo`lakdan iborat bo`ladi: Ota-onalarga yordam berdik; 2) ikki bosh bo`lakli gapning grammatik asosida ega ham, kesim ham qatnashadi: Biz maktabga bordik.
V. Eganing ishtirokiga ko`ra. Gapning egasi bor yoki yo`q bo`lishi mumkin. Shunga ko`ra: a) egali (shaxsli) gap; b) egasiz (shaxssiz) gap farqlanadi.
Egali gap – egasi ifodalangan gap. Bunday gapning egasini kesim orqali so`roq berish yo`li bilan tiklash mumkin va u gapda mavjud bo`ladi: 1. Salim shu vazifani bajarishi shart. 2. Bugun Samarqandga boramiz. Egali gap o`z o`rnida ikkiga ajraladi: a) egasi voqelangan gap: Salim shu vazifani bajarishi shart; b) egasi yashiringan gap: 1. Bugun Samarqandga boramiz (biz). 2. So`zimning ustidan chiqaman (men). 3. O`ylab ko`rsin (u). 4. Hurmat qilsang, hurmat topasan (hamma). Egasi yashiringan gap quyidagi turga ega: a) egasi (shaxsi) ma’lum gap; b) egasi noma’lum gap; d) egasi (shaxsi) umumlashgan gap; Egasi ma’lum gapda egani kesimdagi shaxs-son qo`shimchasi orqali tiklasa bo`ladi. Bunday gapning kesimi, odatda, 1-, 2-, qisman 3- shaxsda bo`ladi: 1.Masalani yechdingizmi? 2. Shaftolizor bog`larni ko`rdim. 3. Derazadan ko`chaga tikilgani tikilgan. Egasi noma’lum gapning egasi mavjud, lekin aniq bo`lmaydi: 1. Farg`onada kichiklarni ham sizlashadi. 2. Bu ishni ma’qul deyishadi-ku? Egasi umumlashgan gapda ega ikkinchi va uchinchi shaxsga qaratilgandek bo`lsa-da, aslida hamma uchun umumiy bo`ladi. Bunday eganing umumlashishi maqol, matal, hikmatli ibora, odat tusiga kirgan rasm-rusumni bayon etuvchi gapda uchraydi: 1.Hurmat qilsang, hurmat topasan. 2. Sog`liq tilasang ko`p yema. 3. Yaxshilikni minnat uchun qilmaydilar. Avtobusga orqa eshikdan kiriladi. Egasiz gap. Egasiz gapda ega tamoman bo`lmaydi va gap ma’nosidan anglashilmaydi. Egasi yo`q gapning: a) shaxsi topilmas gap; b) atov gap; d) so`z-gap turi farqlanadi. Shaxsi topilmas gapning kesimi fe’l bilan ifodalanadi va ish-harakatni bajarishga imkoniyat, zaruriyat, shart, tilak, istak ma’nosini ifodalab keladi. Bunday gap kesimining eng muhim tomoni kesimdagi shart, lozim, darkor, joiz kabi so`z bilan kelgan harakat nomi shaxs-sonni ko`rsatuvchi vositaga ega bo`lmaydi: 1. Dam olish kuni kitobxonlar yig`iniga borish kerak. 2. Ko`ngilda armon qolmasin deb, chilyosin qilishga ham to`g`ri keldi. 3. Bu yerda o`rtoq Ergashevning hushyorligiga tan berish kerak. Shaxsi topilmas gapning kesimi: a) majhul nisbatdagi fe’l: borildi, o`qiladi, berilayotir; b) -ga to`g`ri kelmoq ko`rinishida murakkablashgan fe’l: borishga to`g`ri keldi, aytishga to`g`ri keladi; d) harakat nomi + kerak/zarur/shart kabi modal: borish kerak, bilish shart, aytish zarur; Bunda harakat nomi egalik shaklini olsa, egali gapga aylanadi: Borishi kerak (u), aytishim zarur (men). e) -sa bo`ladi, -ib bo`lmaydi kabi murakkablashgan holda: Mana buni o`qish desa bo`ladi. Oyni etak bilan yopib bo`lmaydi. Atov gap narsa-hodisaning nomini o`tgan yoki hozirgi zamonda qayd etish bilan cheklanadi: 1.Amu-Buxoro kanali. 2.Sentabrning boshlari edi. 3.Hamon yodimdadir: gul chog`i erdi. Atov gap yig`iq yoki yoyiq bo`lishi mumkin: Bahor (yig`iq) – Erta bahor (yoyiq). U turli sodda va murakkab aniqlovchi, to`ldiruvchi, hol bilan bemalol kengayadi: 1.Tog` bag`rida qad ko`targan yam-yashil o`tov. 2. Qip-qizil saraton quyoshi. 3. Qaqragan ming-ming gektarga hayot suvi olib kelgan qudratli inshoot. 4. Hali ona suti og`zidan ketmagan qizni qari bir cholga berish. 5.Ilk bahorning serzavq kunlari. Atov gap badiiy va publisistik nutqda keng qo`llanadi. So`z-gap. Bir so`zdan iborat, tarkibiy qismga ajralmaydigan, boshqa so`z bilan kengaymaydigan gap so`z-gap deyiladi: 1.Mayli. 2.Yo`q. 3.Assalom-u alaykum. So`z-gap tasdiq, inkor, so`roq, taajjub, his-hayajon kabini ifoda etib, ko`proq dialogik, ba’zan monologik nutqqa xos bo`ladi, modal yoki undov bilan ifodaladi: Xo`p. Albatta. Ba’zan takrorlanib qo`llanadi: Nima-nima? Yo`q-yo`q. So`z-gapdan keyin vergul qo`yilib, unga izohlovchi birlik kiritilsa, so`z-gap kirish so`zga aylanib qoladi: Mayli (so`z-gap) – Mayli ( kirish so`z), boraman.
VI. Ikkinchi darajali bo`lakning mavjudligiga: a) yig`iq gap; b) yoyiq gap; Yig`iq gap faqat kesimdan yoki kesim va egadan iborat bo`ladi: Keldim. Men o`qituvchiman. Atov va so`z gap ham yig`iq gapdir: Qish. Rahmat. Yoyiq gapda boshqa bo`laklar ham qatnashadi.
VII. Zarur bo`lagi mavjud/mavjud emasligiga ko`ra. Gap zarur bo`lagining barchasi qatnashayotganligi yoki qatnashmayotganligiga ko`ra ikkiga bo`linadi: a) to`liq gap; b) to`liqsiz gap. To`liq gapda fikrni ifodalash uchun zarur bo`lgan bo`lakning barchasi qatnashadi: Ulardan xat keldimi? To`liqsiz gapda nutq vaziyatidan ma’lum bo`lgan ayrim bo`lak tushiriladi: – Siz maktabga borasizmi? – Boraman (ega (men), hol (maktabga) tushirilgan). To`liqsiz gapning quyidagi turi mavjud: a) dialogik nutq tarkibidagi to`liqsiz gap: – Kim kelmadi? – Ahmad; b) ibora shaklidagi to`liqsiz gap: Tug`ilgan kuningiz bilan! Navro`zingiz muborak!; d) qo`shma gap tarkibidagi to`liqsiz gap: Yaxshidan ot qoladi, yomondan dod (qoladi).
VIII. Murakkablashtiruvchi vositasiga ko`ra. Gap undalma, kirish so`z, kirish birikma, kirish gap va kiritma qurilma bilan murakablashishi mumkin. Shunga ko`ra: a) murakablashmagan gap; b) murakkablashgan gap farqlanadi. Murakkablashmagan gap tarkibida undalma, kirish so`z, kirish birikma, kirish gap va kiritma qurilma ishtirok etmaydi: O`quvchilar maktab bog`iga to`planishdi. Murakkablashgan gap tarkibida undalma, kirish so`z, kirish birikma, kirish gap va kiritma qurilma ishtirok etadi. Shuning uchun murakkablashgan gapning: a) undalmali; b) kirish so`z/birikma/gapli; d) kiritma qurilmali turi ajratiladi. Bu murakkablashtiruvchi vositadan birortasi ham gap bo`lagi bilan sintaktik aloqaga kirishmaydi.
Ayrim gap turi orasidagi ma’nodoshlik: Ayni bir fikr gapning har xil turi bilan ifodalanadi: a) sodda gap – qo`shma gap: Har kim ekkanini o`radi – Kim nimani eksa, shuni o`radi. b) yig`iq gap – yoyiq gap: O`qiyuvchiman – Men o`qituvchiman.
Gap tahlili. Gap tahlili – gap turi, bo`lagini va ularning xususiyatlarini aniqlaydigan sintaktik tahlil. Gap tahlili quyidagicha: I. Gapning ifoda maqsadiga ko`ra turi: 1) darak gap; 2) so`roq gap: a) sof so`roq gap; b) ritorik so`roq gap; 3) buyruq gap: a) maslahat ma’noli; b) buyruq ma’noli; d) iltimos ma’noli; e) orzu ma’noli; f) hayratlanish ma’noli; g) g`amxo`rlik ma’noli; h) tashviq ma’noli; i) gumon ma’noli; j) g`azab ma’noli; k) do`q ma’noli; 4) istak gap; II. Gapning his-hayajon ifodalashiga ko`ra turi: a) his-hayajonli gap; b) his-hayajonsiz gap. III. Gapning grammatik asos miqdori (tuzilishi)ga ko`ra turi: a) sodda gap; b) qo`shma gap. IV. Gapning grammatik asos tarkibiga ko`ra turi: a) bir bosh bo`lakli; b) ikki bosh bo`lakli gap. V. Gapning zarur bo`lagi mavjud/mavjud emasligiga ko`ra turi:a) to`liq gap; b) to`liqsiz gap: 1) dialogik nutq tarkibidagi to`liqsiz gap; 2) ibora shaklidagi to`liqsiz gap; 3) qo`shma gap tarkibidagi to`liqsiz gap. VI. Gapning murakkablashtiruvchi vositasiga ko`ra turi. a) murakablashmagan gap; b) murakkablashgan gap: 1) undalmali murakkablashgan gap; 2) kirish so`z/birikma/gapli murakkablashgan gap.
Ifoda maqsadiga ko‘ra gapning turlanishi sof nutqiy hodisa. So‘zlovchi nutq jarayonida fikr ifodalash bilan birga, ma’lum bir maqsadni ko‘zlaydi ham. Gap so‘zlovchining ko‘zlagan maqsadiga ko‘ra turli-tuman:
1) darak gap: Uzoqdagi zalvorli tog‘lar xayolimni keldilar bosib (A.Orip.);
2) so‘roq gap: Sen bahorni sog‘inmadingmi? (A.Orip.);
3) buyruq gap: Meni kutgil... (К.Sim.).
Ammo bu turlar orasiga keskin chegara qo‘yib bo‘lmaydi. Bir tur ikkinchi tur vazifasini bajaraverishi mumkin. Deylik, shaklan darak gap so‘roq mazmunini, so‘roq gap esa darak mazmunini ifodalashi mumkin. Misollar: 1. Onani kim sevmaydi? (shaklan so‘roq, mazmunan darak.). 2. Dasturxonga qaramaysizmi? (shaklan so‘roq, mazmunan buyruq.). Qarzdor dehqonga boyning «Кuz keldi» deb qichqirgani oddiy darak emas, balki «Qarzingni to‘la!» mazmunidagi buyruq gapdir. (A.G‘ul.).
Qo‘shma gap tarkibidagi sodda gapda ifoda maqsadi o‘ziga xos. Ergash gapli qo‘shma gapda ifoda maqsadi bosh gapniki bilan bir butun holda bitta bo‘ladi. Teng munosabatli qo‘shma gapda esa oldin turgan gap, odatda, darak tabiatiga ega bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |