Izohlovchi. Izohlovchi aniqlovchining alohida bir ko`rinishi, bunda izohlovchi ot boshqa bir otni izohlaydi. Izohlovchi izohlagan ot izohlanmish bo`ladi: General Sobir Rahimov. Izohlovchi va izohlanmish umumiy va aniq ma’noni bildiruvchi turdosh otdan iborat bo`lsa, aniq ma’noni bildiruvchi ot izohlovchi, umumiy ma’noni bildiruvchi ot izohlanmish bo`ladi. Yozuvda ular orasiga chiziqcha qo`yiladi: mexanik-haydovchi. Izohlovchi unvon, kasb, laqab, qarindoshlik, jins, o`xshatish, taxallus kabini ifodalash uchun xizmat qiladi. O`xshatishni bildirgan izohlovchi bilan izohlanmish orasiga chiziqcha qo`yiladi: ona –Vatan. Gazeta, jurnal, korxona, muassasa va hokazoning nomini bildirgan atoqli ot ham izohlovchining bir turi hisoblanadi: "Yoshlik" jurnali, "Turkiston" gazetasi. Bunday izohlovchi shaxs nomi bilan ifodlansa, qo`shtirnoqga olinmay, nomli, nomidagi so`zi bilan birga qo`llaniladi: Oybek nomli maktab. So`zning o`rni almashtirilsa, izohlovchi bilan izohlanmish maqomi ham almashadi: Ayol (izohlovchi) hamshira (izohlanmish), hamshira (izohlovchi) ayol (izohlanmish).
Mavzu yuzasidan test topshiriqlari
1. Gap bo‘laklari vazifasini qanday so‘zlar bajaradi?
A) yordamchi va mustaqil so‘zlar B) mustaqil va oraliq so‘zlar C) faqat mustaqil so‘zlar D) mustaqil, yordamchi va oraliq so‘zlar
2. Berilgan gapni gap bo‘laklariga ajrating. Dildora kechagi uchrashuv haqida zavqlanib gapirdi.
A) Dildora – ega, kechagi – hol, gapirdi – kesim, uchrashuv haqida – to‘ldiruvchi B) Dildora – ega, kechagi – aniqlovchi, uchrashuv haqida – to‘ldiruvchi, zavqlanib – hol, gapirdi – kesim. C) Dildora – ega, kechagi – to‘ldiruvchi, uchrashuv haqida – hol, zavqlanib – aniqlovchi, gapirdi – kesim D) Gapirdi – kesim, Dildora – ega, uchrashuv haqida – aniqlovchi, zavqlanib – hol
3. Dildora kechagi uchrashuv haqida zavqlanib gapirdi. Keltirilgan gap qaysi qatorda so‘z birikmalariga to‘g‘ri ajratilgan?
1) Dildora gapirdi; 2) zavqlanib gapirdi; 3) uchrashuv haqida gapirdi; 4) kechagi uchrashuv
A) 1, 2, 3 B) 1, 2, 4 C) 2, 3 D) 2, 3, 4
4. Gapdagi nuqtalar o‘rniga kelishik qo‘shimchalari va ko‘makchilardan mosini qo‘ying.
A’zam tizzasidagi mahsi.. hafsala .. pishiq tikadi.
A) -ni, bilan B) -ga, qilib C) -ni, -sizlik bilan D) -ni, qilib
5. Dildora kechagi uchrashuv haqida zavqlanib gapirdi. Ushbu gap qanday gap bo‘laklaridan tashkil topgan?
A) kesim, ega, to‘ldiruvchi, aniqlovchi, hol B) kesim, ega, to‘ldiruvchi, aniqlovchi C) kesim, ega, aniqlovchi, hol D) kesim, ega, to‘ldiruvchi, hol
6. Quyidagi maqol qanday gap bo'laklaridan tashkil topgan?
Er-u xotinning urushi — doka ro'molning qurishi.
to'ldiruvchi, ega, aniqlovchi, kesim B) ega, kesim, aniqlovchi, aniqlovchi, kesim C) aniqlovchi, ega, aniqlovchi, aniqlovchi, kesim D) aniqlovchi, aniqlovchi, ega, aniqlovchi, aniqlovchi, kesim
Do'stlaringiz bilan baham: |