Ona tili va adabiyot o‘quv – uslubiy majmua samarqand – 2019 Qayta tayyorlov kursi yo‘nalishi


Umumlashtiruvchi so`z (qism) va unda tinish belgisi



Download 2,64 Mb.
bet114/202
Sana26.02.2022
Hajmi2,64 Mb.
#470417
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   202
Bog'liq
Ona tili va Adabiyot. O`quv uslubiy majmua

Umumlashtiruvchi so`z (qism) va unda tinish belgisi. Uyushiq bo`lakli gapda so`zni jamlovchi umumlashtiruvchi so`z bo`lishi mumkin. Ko`pincha belgilash, bo`lishsizlik olmoshi va jamlovchi ot, jamlovchi son, shuningdek, so`z birikmasi, kengaygan birikma umumlashtiruvchi so`z bo`lib keladi: Uylar, daraxtlar, ko`chalar – hammasi qorong`ulik qa’riga cho`mdi. Ishga yangi qabul qilinganlar: Ahmad, Salim va Akbar boshliqning oldiga kirishsin. Umumlashtiruvchi so`z bilan uyushiq bo`lak bir xil sintaktik vazifani bajaradi. Umumlashtiruvchi bo`lak uyushiq bo`lakdan oldin kelsa, undan keyin ikki nuqta qo`yiladi: Qudratning oldidan ikki o`rtoq: Ilhom va Rustam chiqib keldi. Umumlashtiruvchi bo`lak uyushiq bo`lakdan keyin kelsa, undan oldin tire qo`yiladi: Shu hovli-joy, mana shu daraxtlar, kursi, so`ri – hammasi meniki. Uyushiq va uyushmagan sifatlovchi-aniqlovchi hamda hol. Ketma-ket kelgan, lekin sanash ohangi bilan aytilmaydigan, yozuvda orasiga vergul qo`yilmaydigan aniqlovchi va hol uyushmagan aniqlovchi va uyushmagan hol hisoblanadi. Uyushmagan sifatlovchi-aniqlovchi va uyushmagan hol o`zi bog`langan bo`lakning turli tomoniga oid belgini anglatadi: Qop-qora shirin (uyushmagan aniqlovchi) uzum g`arq pishgan. Ertaga ertalab (uyushmagan hol) ota-onalar majlisi bo`ladi.
BOSH BO`LAKLAR
Bosh bo`laklargapning grammatik asosini tashkil etuvchi va boshqa bo`laklarni o`ziga tobelantiruvchi gap bo`lagi turi. Bosh bo`lak – kesim va ega.
Kesim. Kesim – tasdiq/inkor, mayl, zamon shaxs/son ma’nosi va shakliga ega bo`lgan, gapning egasi haqidagi xabarni ifodalovchi bo`lak. Nutqda kesimsiz gap bo`lishi mumkin emas. Gapda kesim bo`lmasa, u o`zbek tili uchun to`liqsiz gap. Kesim qaysi turkum so`zi bilan ifodalansa, shu turkum so`rog`iga javob bo`ladi. U qo`llanishiga ko`ra ikki xil: 1) mustaqil kesim; 2) nomustaqil kesim.
Mustaqil kesim sodda gap tarkibida ham, qo`shma gap tarkibida ham bir xil ma’no beradi. Mas., Karim keldi, lekin Salim kutmadi gapidagi har ikki kesim shu qo`shma gap tarkibida ham, ajratilgan sodda gap tarkibida ham bir xil ma’noga ega. Qiyoslang: Karim keldi. Salim kutmadi.

Download 2,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish