GLOSSARIY
BIR TARKIBLI (sostavli) GAP — tarkibida bir bosh bo'lagi bo'lgan gap. Maktabga kelishdi.
IKKI TARKIBLI (sostavli) GAP — ega va kesimi bo'lgan gap: Komil o'qidi.
ATOV GAP (nominativ gap) — bosh bo'lagi otning bosh kelishigi bilan ifodalangan bir tarkibli gap: Ertalab. Sovuq. Soat olti kabi.
SHAXSSIZ GAP — egasi bo'lmagan bir tarkibli gap: O'qish kerak.
SHAXSI NOANIQ GAP — kesimi fe'lning 3-shaxsi bilan ifodalangan, shaxsi (egasi) noma'lum bir tarkibli gap: Aytishlaricha, ... So'ziga qaraganda, ... kabi.
YIG'IQ GAP — bir ega va bir kesimga ega bo'lgan gap: Shokir keldi.
YOYIQ GAP — bosh bo'laklari bilan birga ikkinchi darajali bo'lak-lari (aniqlovchi, hoi, to'ldiruvchi) bo'lgan gap: Mirza chiroyli she'r yozdi.
QO'SHMA GAP — tarkibida bir necha gap bo'laklari bo'lgan gap: Ahmad menga kecha bergan kitobni o'qidim va kitob menda juda yaxshi taassurot qoldirdi.
BOGIANGAN QO'SHMA GAP — bog'lanish aloqasi bilan birikkan qo'shma gap: O'qituvchi keldi va biz darsimizni boshladik.
Mavzu yuzasidan test topshiriqlari
1. Ifoda maqsadiga ko‘ra gaplar qanday turlarga bo‘linadi?
A) darak, so‘roq, buyruq gaplar B) so‘roq, buyruq, istak gaplar C) darak, so‘roq, buyruq, istak gaplar D) darak, so‘roq, buyruq-istak gaplar
2. Darak, so‘roq, buyruq va istak gaplar odatda qanday shaklda bo‘ladi?
A) egali va egasiz gap shaklida B) egali va egasiz, yig‘iq va yoyiq, sodda va qo‘shma gap shaklida C) sodda va qo‘shma gap shaklida D) egali va egasiz, yig‘iq va yoyiq gap shaklida
3. Istak gap berilgan qatorni toping.
A) Xo‘sh, sen o‘tkazadigan tajriba nimani isbot qilishi kerak? B) Akalari ham, Oyqizning o‘zi ham shu uyda o‘sgan. C) Qani, hamma xotin ham sizday bo‘lsa… D) Mana senga qog‘oz bilan qalam, shunga sen bitta e’lon yozasan.
4. Gaplar his-hayajonning ishtirokiga ko‘ra qanday turlarga bo‘linadi?
A) his – hayajonsiz, his-hayajon (undov) gaplar B) his-hayajonsiz, so‘z gaplar C) his-hayajon, atov gaplar D) his-hayajonsiz, istak gaplar
5. His-hayajon gaplar yana qanday nom bilan ataladi?
A) undov gaplar B) istak gaplar C) buyruq gaplar D) his-hayajonsiz gaplar
6. Undov gap…
A) tarkibida undalma mavjud bo‘lgan gap B) fikrni his-hayajon bilan ifodalaydigan, kuchli ohang bilan aytiladigan gap C) turli hissiyotlarni ifodalovchi gap D) B, C
7. Undov gap qanday hissiyotni ifodalaydi?
A) shodlik, quvonch, suyunish B) qo‘rquv, tantana, taajjub C) qayg‘u, afsuslanish D) barcha javoblar to‘g‘ri
8. Undov gap so‘roq gapdan hosil bo‘lgan bo‘lsa, gap oxirida qanday tinish belgisi ishlatiladi?
A) oldin so‘roq, keyin undov belgisi qo‘yiladi B) oldin undov, keyin so‘roq belgisi qo‘yiladi C) faqat bittasi qo‘yiladi. D) faqat so‘roq belgisi qo‘yiladi
9. O‘n yil // O‘n yildan beri kasal ekanmi //
Ushbu gapdagi // belgilari o‘rnida qanday tinish belgisi ishlatiladi?
A) vergul, so‘roq B) undov, so‘roq va undov C) so‘roq, so‘roq D) vergul, so‘roq va undov
10. Qaysi qatorda buyruq ma'nosi ifoda etilgan undov gap berilgan.
A) Qani endi, shu kunlar qaytib kelsa. B) Ko'p andisha qilmang, yuring! C) Ko'zlarini yumib, o'ylanib turishi biram chiroyli, biram chiroyli! D) Qayda bo'lsang, omon bo'l!
Do'stlaringiz bilan baham: |