Ona tili va adabiyot fanidan asosiy blok uchun tayyorlagan


-moq qo’shimchalarini qo’shish yo’li bilan yasaladi. 28. Harakat nomining yasalishi



Download 76,22 Kb.
bet3/5
Sana03.06.2022
Hajmi76,22 Kb.
#633704
1   2   3   4   5
Bog'liq
6-SINF QO\'LLANMA

-moq qo’shimchalarini qo’shish yo’li bilan yasaladi.
28. Harakat nomining yasalishi. Harakat nomi fe’l asoslariga -(i)sh, -(u)v, -moq qo’shimchalarini qo’shish orqali yasaladi. Masalan: yasha+sh, kel+ish, ayt+uv, bil+moq. a yoki i unlisi bilan tugagan fe’l asoslariga -v qo’shimchasi qo’shilganda, a unlisi o ga , i unlisi u ga aylanadi va shunday yoziladi. Masalan, ishla – ishlov, tani – tanuv. Harakat nomi otlar kabi egalik, kelishik va ko’plik qo’shimchalarini oladi va gapda ular bajaradigan gap bo’laklari vazifasida keladi. Masalan: Chiroyli yozishni o’rgan! Yozuving yomon emas.
29. Sifatdosh. Fe’lning sifatga xoslangan shakli sifatdosh deyiladi. Sifatdoshlar fe’l asoslariga -gan (kan, -qan), -ydigan, (-adigan), - (a)yotgan, -(a)r qo’shimchalarini qo’shish yo’li bilan hosil qilinadi.

Sifatdoshlar shaxs va narsalarning belgisini bildirishi bilan sifatga o’xshaydi. Sifatlar shaxs va narsaning turg’un, barqaror belgisini ifodalasa, sifatdoshlar o’zgarish, harakat belgisini ifodalaydi. Solishtiring: katta (sifat) daryo, oqar (sifatdosh) daryo.


30. Sifatdoshning zamon shakllari. O’tgan zamon sifatdoshi. Sifatdoshlar fe’l shakli bo’lganligi uchun fe’lga xos bo’lgan zamon, bo’lishli-bo’lishsizlik, nisbat ma’nolarini ifodalaydi. Sifatdoshning -gan(-kan, -qan) qo’shimchasi shaxs-narsalarning o’tgan zamonga xos harakat belgisini ifodalaydi. Bu qo’shimcha unli bilan tugagan fe’l asoslariga qo’shilib, -gan holida talaffuz qilinadi va shunday yoziladi (o’qigan, yashagan kabi.). Jarangsiz undosh bilan fe’l asoslariga qo’shilib -kan holida talaffuz qilinsa ham, -gan yoziladi (ko’chgan, o’sgan kabi). Jarangsiz q undoshi bilan tugagan fe’l asoslariga qo’shilganda, -qan, k undoshi bilan tugagan fe’l asoslariga qo’shilganda, -kan holida talaffuz qilinadi va shunday yoziladi (-tiq – tiqqan, -tik – tikkan). Jarangli g’ undoshi bilan tugagan fe’l asoslariga qo’shilganda, -qan holida talaffuz qilinsa ham -gan yoziladi (tug’ - tug’gan).

31. Hozirgi va kelasi zamon sifatdoshlari. Hozirgi zamon sifatdoshi fe’l asoslariga -(a)yotgan qo’shimchasini qo’shish bilan yasaladi. Kelasi zamon sifatdoshi fe’l asoslariga -ydigan, -adigan (a)r qo’shimchalarini qo’shish bilan yasaladi.


32. Sifatdoshning bo’lishli va bo’lishsiz shakllari. Sifatdoshning bo’lishsiz shakli sifatdosh hosil qiluvchi qo’shimchalardan oldin -ma qo’shimchasini keltirish orqali yasaladi. Masalan: aytgan – aytmagan, oqayotgan – oqmayotgan, o’qiydigan – o’qimaydigan. -(a)r qo’shimchasi yordamida yasalgan shakllarning bo’lishsiz shakli -mas qo’shimchasi yordamida hosil qilinadi.
33. Ravishdosh. Fe’lning ravishga xoslangan shakli ravishdosh deyiladi. Ravishdoshlar harakatning belgisini bildirishi bilan ravishga o’xshaydi. Ravishdosh ham ravish kabi fe’lga bog’lanib, uning belgisini bildiradi. Solishtiring: piyoda (ravish) keldi, shoshilib (ravishdosh) keldi.
34. Ravishdoshlarning ma’no turlari. Ravishdoshning -(i)b, -a//-y shakllari ko’proq harakatning holatini (yig’lab, ishlay-ishlay), ba’zan payt (ro’y berib), sababini (bag’ishlab), -gancha (-kancha, -qancha) shakli holatini (tikilgancha), -gach, (-kach, qach), -guncha (-kuncha, -quncha) shakllari paytini (ko’rgach, kelguncha), -gani (-kani, -qani, -gali) shakli maqsadni (maslahatlashgani) anglatadi.
35. Ravishdosh yasovchi qo’shimchalar talaffuzi va imlosi. Unli va jarangli undoshlar bilan tugagan fe’l asoslariga ravishdoshning -gach, -guncha, -gancha, -gan qo’shimchalari qo’shiladi. Jarangsiz undosh bilan tugagan fe’l asoslariga bu qo’shimchalar qo’shilganda, -kach, -kuncha, -kancha, -kani shaklida talaffuz qilinsa ham, -gach, -guncha, -gancha, -gani tarzida yoziladi: topkani emas topgani.

Bu qo’shimchalar faqat k undoshi bilan tugagan fe’l asoslariga qo’shilib, -kach, -kuncha, -kancha, kani holida; q undoshi bilan tugagan fe’l asoslariga qo’shilib, -qach, -quncha, -qancha, -qani shaklida talaffuz qilinadi va shunday yoziladi.


36. Ko’makchi fe’llar. Ravishdoshning -a//-y, -(i)b shakllariga qo’shilib, o’z mustaqil ma’nolarini yo’qotgan, asosdan anglashilgan harakatning bosqichlari (boshlanishi, davom etishi, tugallanishi) va tarzi (tezligi, imkoniyati)ni bildiruvchi boshlamoq, olmoq, yubormoq, turmoq, chiqmoq singari fe’llar ko’makchi fe’llar hisoblanadi. Ko’makchi fe’lni qabul qiluvchi ravishdosh yetakchi fe’l hisoblanadi. Ko’makchi fe’l faqat yetakchi fe’l bilan birgalikda qo’llaniladi. Ana shu xususiyati bilan mustaqil qo’llanuvchi olmoq (xatni olmoq), tugatmoq (o’qishni tugatmoq), turmoq (o’rnidan turmoq), tashlamoq (qog’oz tashlamoq) fe’llaridan farq qiladi.
37. Ko’makchi fe’lning ma’nolari. Ravishdoshning -a//-y shakliga qo’shiluvchi boshlamoq ko’makchi fe’li harakatning boshlanishi, olmoq ko’makchi fe’li esa harakatni bajarishga imkoniyat mavjudligi ma’nosini ifodalaydi. Yutmoq, yurmoq, turmoq ko’makchi fe’llari ravishdoshning -(i)b shakliga qo’shilib, harakatning davomiyligini bildiradi. Yubormoq, tashlamoq, qo’ymoq ko’makchi fe’llari harakatning tez va oson bajarilishini ifodalaydi. Chiqmoq ko’makchi fe’li harakatning to’la yakunlanganligini bildiradi. Nisbat va bo’lishsizlik shakllari yetakchi fe’l tarkibida ham, ko’makchi fe’l tarkibida ham kelishi mumkin, Zamon, shaxs-son qo’shimchalari faqat ko’makchi fe’llarga qo’shiladi.

38. Fe’llarning yasalishi. -la, -a qo’shimchalari ot, sifat, undov so’zlardan. -(a)y, -i, -sira, -sa qo’shimchalari ot va sifatlardan, ba’zan ravishlardan, -(a)r qo’shimchasi sifatlardan, -illa, -ira qo’shimchalari taqlid so’zlardan fe’l yasaydi. -sira qo’shimchasi sen, siz olmoshlaridan ham fe’l yasaydi.


39. Ayrim fe’l yasovchi qo’shimchalar imlosi. Fe’l yasovchi aa qo’shimchasi o’yin, qiyin kabi ikki bo’g’inli so’zlarga qo’shilganda, bu so’zlarning ikkinch bo’g’inidagi i unlisi talaffuzda tushib qoladi va shunday yoziladi. Fe’l yasovchi -ay qo’shimchasi past, sust so’zlariga qo’shilganda, bu so’zlar oxiridagi t talaffuzda tushib qoladi va shunday yoziladi. -illa qo’shimchasi tarkibida u unlisi yo v undoshi bo’lgan bir bo’g’inli so’zlarga qo’shilganda, -ulla tarzida aytiladi va shu holda yoziladi: shovulla
40. Fe’llarning tuzilishiga ko’ra turlari. Sodda fe’llar. Fe’llar tuzilishiga ko’ra to’rt xil bo’ladi: a) sodda fe’llar; b) qo’shma fe’llar; d) juft fe’llar; e) takroriy fe’llar. Sodda fe’llar bir asosdan tarkib topadi. Sodda tub fe’llar asos holatida ish-harakat va holatni anglatadi. Masalan: qurmoq, yurmoq, ketmoq. Sodda yasama fe’llar so’z yasovchi qo’shimchalar yordamida boshqa so’z turkumlaridan yasaladi: shod-shodlanmoq, yangi-yangilamoq, gap-gapirmoq, guv-guvvalamoq, teztezlamoq.
41. Qo’shma fe’llar. Birdan ortiq asosdan tashkil topib, asoslar orasiga boshqa qo’shimchalarni qo’shib bo’lmaydigan, bitta so’roqqa javob bo’luvchi fe’llar qo’shma fe’llar sanaladi. Masalan: sayr etmoq, olib kelmoq, bunyod qilmoq. Qo’shma fe’llar ot, sifat, son, olmosh, ravish, undov va taqlid so’zlarga qil, et, bo’l singari so’zlarni, fe’l shakllariga kelmoq, ketmoq singari fe’llarni qo’shish bilan hosil bo’ladi. Masalan: tarbiya qilmoq, eski bo’lmoq, bir bo’lmoq, yaxshi chiqmoq, kim bo’lmoq, dod solmoq, chirs etmoq kabi. Qo’shma fe’llarning har ikkala qismi o’zining lug’aviy ma’nosini saqlagan bo’ladi. Masalan: borib keldi (ham bordi, ham keldi), ikkinchi qismi o’z ma’nosida qo’llanilganda, ko’makchi fe’lli so’z shakli hosil bo’ladi. Masalan: o’qib chiqdi(o’qidi, lekin chiqmadi, balki o’qishni tamomladi, tugatdi). Qo’shma fe’l qismlari ajratib yoziladi.
42. Juft fe’llar. Ikki fe’l juftligidan tashkil topgan, bitta so’roqqa javob bo’luvchi va gapda bitta gap bo’lagi vazifasida keluvchi fe’llar juft fe’llar sanaladi. Juft fe’llar ish-harakatning tez va kutilmaganda ro’y berishini ifodalaydi. Juft fe’llar qismlari doimo chiziqcha bilan yoziladi. Oldiberdi, bordi-keldi kabi juft so’zlar ot turkumiga o’tgan so’zlar hisoblanadi. Asosni takrorlash bilan hosil bo’lgan juft fe’llar takroriy fe’llar ham deyiladi. Takroriy fe’l qismlari ham chiziqcha bilan yoziladi: ishlay-ishlay, kuta-kuta, o’yladi-o’yladi kabi.
43. Fe’lning ma’noviy guruhlari. Fe’llar qanday harakat-holatni ifodalashiga ko’ra nutqiy, aqliy, jismoniy faoliyat fe’llari, holat fe’li kabi ma’no guruhlariga ajraladi.
44. Fe’llarning munosabat shakllari. Fe’l asoslariga qo’shilib, gapda kesim vazifasida qo’llanilishiga xoslovchi shakllar fe’llarning munosabat shakllari hisoblanadi. Fe’llarning zamon, mayl, shaxs-son qo’shimchalari munosabat shakllari sanaladi. Bu shakllarga ega bo’lgan har qanday fe’l gapda kesim vazifasida keladi. Yuqoridagi ma’no shakllardan xoli bo’lgan fe’l asosi fe’lning noaniq shakli hisoblanadi va bu shakl -moq qo’shimchasi yordamida ifodalanadi.

45. Fe’llarning zamon shakllari. Fe’l asosida ifodalangan harakat holatning uch zamondan birida sodir bo’lishini bildiruvchi shakllar zamon shakllari sanaladi. Fe’l ucta zamon shakllariga ega: o’tgan zamon, hozirgi zamon, kelasi zamon.


46. O’tgan zamon shakllari. O’tgan zamon shaklalri harakat va holatning gap aytilayotgan vaqtdan oldin bo’lganini bildiradi. Bu zamon shakllari fe’l asoslariga -di, -(i)b, -gan (-kan,-qan) qo’shimchalarini va ulardan so’ng shaxs-son qo’shimchalarini qo’shish bilan hosil qilinadi.
47. O’tgan zamon shakllarining yasalishi. -di qo’shimchasi bilan yasalgan o’tgan zamon shakli so’zlovchining bevosita o’zi ko’rgan harakat va holatni bildiradi. Bu qo’shimchadan so’ng shaxs-son qo’shimchasining -m, -k (qoldim, qoldik), -ng, -ngiz (qolding, qoldingiz) shakllari qo’llaniladi. -(i)b qo’shimchasi harakat va holatning so’zlovchi tomonidan eshitib bilganini ifodalaydi va qo’shimchadan so’ng shaxs-son qo’shimchasining -man, -miz, -san, -siz, -di(-lar) shakllari qo’shiladi. -gan qo’shimchasi bilan yasalgan o’tgan zamon shakli harakat va holatning ilgariroq bajarilganini bildiradi va bu qo’shimchadan so’ng shaxs-son qo’shimchasining -man, -miz; -san, -siz shakllari qo’shiladi.
48. O’tgan zamon shakllarida to’liqsiz fe’lning ishlatilishi. Edi, emish, ekan fe’llari to’liqsiz fe’llar sanaladi. Bu fe’llar yetakchi fe’lning zamon shakllaridan so’ng keladi, shaxs-son qo’shimchalari to’liqsiz fe’lga qo’shiladi: kelgan ekansan (eding, emishsan), kelayotgan ekansan (eding, emishsan). Edi, emish, ekan to’liqsiz fe’llari -di, -mish, -kan shaklida ham qo’llaniladi. Masalan: borgandi, borganmish, kelarkan.
49. Hozirgi zamon shakllari. Hozirgi zamon shakllari fe’l asoslariga -yap(ti), -moqda, -(a)yotir, -

Download 76,22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish