Ona tili va adabiyot fanidan asosiy blok uchun tayyorlagan


b) sintaktik shakl yasovchilar. Asosga qo’shilib, uning ma’nosiga qo’shimcha ma’no yuklovchi qo’shimchalar lug’aviy shakl yasovchi



Download 76,22 Kb.
bet2/5
Sana03.06.2022
Hajmi76,22 Kb.
#633704
1   2   3   4   5
Bog'liq
6-SINF QO\'LLANMA

b) sintaktik shakl yasovchilar. Asosga qo’shilib, uning ma’nosiga qo’shimcha ma’no yuklovchi qo’shimchalar lug’aviy shakl yasovchi qo’shimchalar deyiladi. Ularga ko’plik, kichraytish-erkalash, qarashlilik, o’rin-joyga xoslik; sonning ma’noviy guruhlarini, sifat va ravish darajalarini; fe’lning bo’lishsizlik, nisbat, vazifa shakllarini yasovchi qo’shimchalar kiradi. O’zi qo’shilayotgan so’zni boshqasiga bog’lash vazifasini bajaruvchi qo’shimchalar sintaktik shak yasovchi qo’shimchalar yoki munosabat shakllari deyiladi. Ularga egalik, kelishik, shaxs-son, zamon, mayl va boshqa qo’shimchalar kiradi.
12. So’z tarkibida tartib. So’zning ma’noli qismlar ma’lum tartibga ega. Ularning joylashuvi quyidagicha bo’ladi: asos + so’z yasovchi + lug’aviy shakl yasovchi + sintaktik shakl yasovchi. Ularni shartli belgilar orqali shunday ko’rsatish mumkin:

13.
14. So’z turkumlari. To’plam va tasnif. O’rganish uchun olingan turli narsa, voqea-hodisalar yig’indisi to’plam deyiladi. To’plamni o’xshash va farqli belgilar asosida ichki guruhlarga bo’lish tasnif hisoblanadi. 15. So’z turkumlari. So’zlarning so’rog’i va qanday umumlashgan ma’no ifodalashiga ko’ra guruhlarga bo’linishi so’z turkumlari hisoblanadi. So’z turkumlari ma’no va vazifasiga ko’ra quyidagi guruhlarga bo’linadi: 1. Mustaqil so’zlar (fe’l, ot, sifat, son, olmosh, ravish). 2. Yordamchi so’zlar (ko’makchi, bog’lovchi, yuklama). 3. Alohida olingan so’zlar (undov, taqlid, modal so’zlar).


Ma’lum bir so’roqqa javob bo’lib, biror gap bo’lagi vazifasida keladigan so’zlar mustaqil so’zlar sanaladi: fe’l, ot, sifat, son, olmosh va ravishlar mustaqil so’zlardir.
16. Fe’l. nima qilmoq?, nima bo’lmoq? so’roqlariga javob bo’lib, shaxs yoki narsalarning harakat, holatini ifodalagan so’z turkumi fe’l deyiladi. Fe’llardan anglashilgan harakat va holat ma’lum shaxs yoki narsa tomonidan bajariladi. Ana shu shaxs yoki narsa harakatning bajaruvchisi sanaladi.
17. Harakat va holat fe’llari. Fe’llar nimani atab kelishiga ko’ra harakat fe’llari va holat fe’llariga bo’linadi. Shaxs va narsalarning jismoniy faoliyati natijasida ro’y bergan harakatni bildiruvchi fe’llar harakat fe’llari (kuylamoq, qaytarmoq, yiqilmoq) hisoblanadi. Shaxslarning ichki kechinmalari va narsalarning bir holatdan ikkinchi holatga o’tish jarayonini ifodalovchi fe’llar esa holat fe’llari (qotmoq, o’ylamoq, unmoq, fikrlamoq) sanaladi.
18. O’timli va o’timsiz fe’llar. Tushum kelishigdagi so’zlar bilan bog’lanadigan fe’llar o’timli fe’llar, bunday xususiyatga ega bo’lmagan fe’llar o’timsiz fe’llar sanaladi.
19. Fe’l nisbatlari. Bajaruvchining harakat va holat jarayonida qay darajda ishtirok etishini bildiruvchi fe’l shakllari nisbat shakllari sanaladi. Masalan, supurdi fe’lida supurish harakatini bajaruvchi shaxs aniq, supurildi fe’lida noaniq, supurishdi fe’lida birdan ortiq, supurtirdi fe’lida harakat boshqa shaxs vositasida bajarilgani ifodalangan. Nisbat shakllari fe’lning asos qismidan keyin qo’shiladi.
Fe’l 5 ta nisbat shakliga ega: 1) aniq nisbat; 2) o’zlik nisbati; 3) orttirma nisbat; 4) majhul nisbat; 5) birgalik nisbati.

20. Aniq nisbat. Bajaruvchi aniq bo’lgan harakat yoki holatni bildirgan fe’l shakli aniq nisbat deyiladi: yozdi


21. O’zlik nisbati. Bajaruvchining o’zi ustida amalga oshadigan harakat yoki holatni ifodalaydigan fe’l shakli o’zlik nisbati deyiladi. O’zlik nisbati shakli fe’l asosiga -(i)l, -(i)n qo’shimchlarining qo’shilishi bilan hosil bo’ladi. Unli bilan tugagan fe’l asosiga o’zlik nisbatining -n yoki -l undosh bilan tugagan fe’l asosiga esa -in yoki –il qo’shimchalari qo’shiladi.
22. Majhul nisbat. Bajaruvchisi noma’lum bo’lgan harakat va holatni ifodalovchi fe’l shakli majhul nisbat deyiladi. Majhul nisbat shakli unli bilan tugagn fe’l asosiga -n, -l; undosh bilan tugagan fe’l asosiga esa -in, -il qo’shimchalarini qo’shish bilan hosil qilinadi. O’zlik va majhul nisbat shakllari aynan bir xil, lekin ular harakat yoki holatning bajaruvchisi nuqtayi nazaridan farq qiladi. O’zlik nisbatida harakat-holat bajaruvchining o’zi ustida amalga oshadi, majhul nisbatda esa bajaruvchi noma’lum bo’ladi. Solishtiring: tarandi – taraldi, kiyindi – kiyildi, olindi (majulda).
23. Orttirma nisbat. Bajaruvchining ta’siri bilan boshqa shaxs yoki narsa tomonidan bajarilgan harakat yoki holatni bildiruvchi fe’l shakllari orttirma nisbat shakli deyiladi. Orttirma nisbat shakllari -t, dir (-tir), -qiz (-g’iz), -gaz (-kaz, -qaz), -r, -ar, -iz kabi qo’shimchalar yordamida yasaladi.
24. Orttirma nisbat qo’shimchalarining ishlatilishi. Orttirma nisbatning -t qo’shimchasi unli tovush bilan tugagan fe’l asoslariga qo’shiladi. Masalan, to’qit, ishlat. Jarangli undosh bilan tugagan bir bo’g’inli fe’l asoslariga (kel so’zidan boshqa), shuningdek, z undoshi bilan tugagan ortttirma nisbat yasovchisidan keyin -dir, jarangsiz undosh bilan tugagan fe’l asoslariga esa -tir qo’shimchasi qo’shiladi. -ir, -ar, -z qo’shimchalari undosh bilan tugagan bir bo’g’inli fe’llarga qo’shiladi. Masalan: shoshir, chiqar, oqiz. -giz, -g’iz qo’shimchalari jarangli undosh
bilan tugagan fe’l asoslariga qo’shiladi. Masalan: yutqiz, ketkiz, yurgiz, turg’iz. Ba’zan fe’l asosiga orttirma nisbat hosil qiluvchi birdan ortiq qo’shimchalar qo’shilishi mumkin. Masalan, o’qit – o’qittir, to’ldir – to’ldirg’iz, yozdir – yozdirtir. Bunday holatda orttirma nisbat ma’nosi kuchayadi.
25. Birgalik nisbat. Birdan ortiq bajaruvchi tomonidan birgalikda bajarilgan harakat yoki holatni ifodalaydigan fe’l shakli birgalik nisbat deyiladi. Birgalik nisbat shakli unli bilan tugagan fe’l asosiga -sh, undosh bilan tugagan fe’l asosiga esa -ish qo’shimchasini qo’shish orqali hosil qilinadi. Masalan: ishlashdi, kelishdi.
26. Fe’llarning vazifa shakllari. Fe’llar gapda boshqa so’zlar bilan bog’lanib, kesim, ega, to’ldiruvchi, hol, aniqlovchi vazifasida kelishi mumkin. Buning uchun fe’l maxsus shakllarga ega bo’ladi. Turli gap bo’laklari vazifasida kelish uchun xoslangan fe’l shakllari fe’lning vazifa shakllari sanaladi. Fe’llarning to’rtta vazifa shakli mavjud: 1) sof shekli (o’qidi); 2) harakat nomi shakli (o’qimoq, o’qish); 3) sifatdosh shakli (o’qigan, oqar); 4) ravishdosh shakli (o’qib, kelgach).
27. Harakat nomi. Fe’lning otga xoslangan shakli harakat nomi deyiladi va fe’l asoslariga -(i)sh, -(u),

Download 76,22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish