41
1.
Birinchi matndagi hikoya qahramoni kim?
2.
Birinchi hikoya qahramoni Xorxe Luis Borxes bilan nima
maqsadda uchrashishga
qaror qildi?
3.
Birinchi matnda ajratib ko‘rsatilgan jumlani izohlang. Undagi iboradan yana qanday
vaziyatda foydalanish mumkinligi haqida o‘ylab ko‘ring.
4.
Birinchi hikoya qahramonining o‘ziga taskin bergan jumlasini qayta o‘qing.
Nima uchun
u izlab borgan odamini o‘zining ‘‘yo‘lchi yulduzi’’ deb atayotganligini tushuntirishga
harakat qiling.
5.
Ikkinchi matn qahramonining oilasi haqida sizda qanday tasavvur uyg‘ondi?
6.
Nima deb o‘ylaysiz, biror kitob yoki jurnalni o‘qib chiqqanligi haqida boshqalarga
maqtanish yaxshimi? Siz ham shunday qilganmisiz? Bunday paytda inson o‘zini
qanday his qiladi?
7.
Ikkinchi matnda ajratib ko‘rsatilgan iborani izohlang.
8.
Ikkinchi hikoya qahramoni qaysi kasblarni egalladi? Bunga nima sabab bo‘lgan deb
o‘ylaysiz?
Matnda ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarni berilgan izohlari bilan moslashtirib ko‘chiring.
Ushbu so‘zlarni qo‘llab boshqa gaplar tuzing.
Xamir yoyish, non yasash uchun mo‘ljallangan dasturxonsimon ro‘zg‘or buyumi.
Xonaning o‘rtasiga yoki chekaroq qismiga chorburchak chuqurchaga o‘rnatilgan, ustiga
ko‘rpa yopilib, atrofiga ko‘rpachalar to‘shalgan xontaxtadan iborat bo‘lib, ichiga o‘tin yoki
ko‘mir cho‘g‘i solinadi.
Bir kishi o‘tirishi uchun mo‘ljallangan, odatda to‘rt oyoqli oddiy moslama, o‘rindiq,
suyanchiqsiz stul.
Kiyilaverib yoki tutilaverib
eskirib ketgan buyum, asosan kiyimga nisbatan qo‘llanadi.
Yupatuvchi narsa, gap,
ish-harakat, tasalli.
Kishilardan
maxfiy ravishda,
birovga bildirmay, yashirincha.
Matnda berilgan
atoqli otlarni aniqlang, ularni quyidagi guruhlarga ajratib yozing.
Joy nomlari
Shaxs nomlari
Jurnal nomlari
42
Matnda uyushiq bo‘laklar ishtirok etgan gaplardan birini tanlang
va namunadagidek
tahlil qiling.
Namuna
G‘alati o‘yinchoq bo‘lsa kerak, – deya akalarim va men qotib turardik.
1. So‘rog‘i: kim?
2. Qaysi so‘z turkumi ekani: ot.
3. Gapdagi vazifasi: ega.
4. Uyushiq bo’laklarni bog‘lovchi vosita: va.
“Mening yo‘lchi yulduzim” mavzusida matn yozishga tayyorlaning.
Matningizda quyidagi til birliklaridan foydalanishga harakat qiling:
“Mening yo‘lchi yulduzim” mavzusida ijodiy matn yozing. Berilgan ko‘rsatmalarga
rioya qiling. Quyidagi ko‘rsatmalardan foydalanishingiz mumkin.
Matningiz quyidagi qismlardan iborat bo‘lishi lozim:
atoqli otlar (kishilar, predmet, hodisa va joylarga atab qo‘yilgan otlar)
olmoshlar (hamma, butun, har kim, har bir, jami, har qachon, har qayerda)
uyushiq bo‘laklar
kirish
asosiy qism
xulosa
43
Yozgan matningizni taqdim
etishga tayyorlang, xatolar ustida ishlang.
Do‘stingizdan sizga o‘z yo‘lchi yulduzi haqida gapirib berishini so‘rang. Uning nutqini
kuzating. Nutqidagi muhim ma’lumotlarni yozib oling. Suhbatingiz mazmunli bo‘lishi
uchun do‘stingizga quyidagi savollar bilan murojaat etishingiz mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: