Ona tili umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 7-sinfi uchun darslik



Download 87,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/107
Sana25.11.2022
Hajmi87,19 Mb.
#872278
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   107
Bog'liq
Ona tili 7-sinf -164

O‘QING VA MULOHAZA QILING


54
KURASH – MILLIY
SPORT TURI
Bu mavzuda o‘rganamiz

 milliy kurash tarixi 

anʼanalar 

 sifatlarning yasalishi 

 bog‘lovchilar 

 dialog tuzish 

 
murojaat birliklari.
1. 
“Monolog” hamda “dialog” atamalari haqida nimalarni bilasiz?
2. 
Monolog va dialogning farqli jihatlari nimada ko‘rinadi?
Ushbu chizmani xattaxtada to‘ldiring.
“Yulduzlar mangu yonadi” asaridan olingan parchalarni to‘g‘ri ketma-ketlikda qo‘yib, 
dialog hosil qiling.
monolog
dialog
– Yana-tag‘in jahon sporti emish deng.
– U fransuzlarniki-a?
– Shu Maksim polvon juda sovuq 
olishar ekan, nima dedingiz?
– Himm, juda lanj olish. Klassik kurashda 
oyoq bilan chil berish degan gap yo‘q.
– Mengboy kalning gapida jon bor. 
Kitoblik Sayfiddin Hodiyev bor-ku, 
yaqinda o‘sha bilan o‘tirib qoldim. 
Trenerlar meni jahon chempioni qilib 
yetishtirdim deb suyunadi, bilmaydilarki, 
men bolaligimdan to‘ylarda olishib 
yurgan tayyor polvon edim, deydi.
– Balli! Uzoqlarga qarab yashaymiz-u, 
oyog‘imiz ostidagi gavharni ko‘rmaymiz.
– Shu, fransuzlargayam qoyilman, 
o‘zining olishini butun jahonga yoygan.
– Sportchi-da, seksiyada tarbiya 
topgan. Ular kitobda nima yozilgan 
bo‘lsa, shuni qiladi.
– Aytganday, shu bola ikki marta jahon 
chempioni bo‘ldi-ya.
1
2
3
4
5
6
7
8
9


55
– Sport ham gapmi, sanʼat! Ko‘ryapsizmi, Tilovberdining o‘ynab olishuvini. Buni hech 
qaysi trener, seksiya ham o‘rgatolmaydi.
– Televizorda Monreal olimpiadasini ko‘rdilaringizmi? Klassik kurashni olib ko‘rsatdi. 
Bir sovug‘-e, shuyam olish bo‘ldi-yu.
– Men yaqinda sambo olishi 
haqidagi kitobni ko‘rdim. 
Hamma chillarning rasmi bor. 
Xoh ishoning, xoh ishonmang, 
oyoqdan olishdan boshqa 
hammasi o‘zimizning olishda bor 
ekan-e.
– Mo‘min muallim, mana, siz o‘qimishli 
odamsiz, uyingizda kitobingiz ko‘p deb 
eshitaman. Siz ayting, nega endi bir lanj klassik 
kurash butun jahon sporti bo‘ladi-yu, o‘zimizning 
olishni faqat to‘yda yo “Hosil bayrami”da 
ko‘ramiz? Yo olishimiz sport emasmi?

Download 87,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish