Ona tili umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 10-sinfi uchun darslik



Download 17,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/173
Sana03.07.2023
Hajmi17,27 Mb.
#953535
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   173
Bog'liq
10-sinf ona tili 2022

QO‘SHMA GAPLAR USLUBIYATI
23.1-mashq. 
Mant asosida majoziy ma’nolardagi birliklarni o‘qituvchingiz yordamida 
toping va ularga mos izoh tayyorlang.
Namuna: 
mehmonxona – dunyo, inson umri.


83
Ayyuhannos so‘zi arab tilidan kirgan, asliyatda ey odamlar degan ma’noni anglatadi. 
“O‘zbek tilining etimologik lug‘ati”da ko‘rsatilishicha, arabchada 
ey
undovini ifodalovchi 
ayyuha
so‘zi, 
al-
aniqlik artikli va odamlar ma’nosini bildiruvchi 
nas
so‘zidan tarkib 
topgan.
Bu so‘z o‘zbek tilida ikki xil ma’noda qo‘llanadi:
1. Olomonga, to‘daga qarata qilinadigan xitob, nido.
2. Shovqin-suron, hayqiriq; dod-faryod.
Ayyuhannos solmoq iborasi baqiriq-chaqiriq, dod-faryod bilan boshiga ko‘tarish 
ma’nosini anglatadi.
Qadimda jarchilar odamlarga 
ayyuhannos (ey odamlar!)
so‘zi bilan murojaat qilgan. 
Jarchi baland ovozda, baqirib gapirishga majbur, chunki so‘zlarini ko‘pchilikka yetkazishi 
kerak. U birinchi bo‘lib ishlatadigan 
ayyuhannos
so‘zi keyinchalik baqir-chaqir qilish, 
shovqin ko‘tarish holatlariga nisbatan ham qo‘llana boshlagan.
23.4-mashq. 
Rasmni tomosha qiling. 
Aslida
tushunchasiga munosabat bildiring. 
AYYUHANNOS – JARCHINING XITOBI
TI

SANDIG
‘I


84
Topshiriq. 
Matnni o‘qing. Unga sarlavha toping. Matnda yashiringan ramzlarni aniqlab, 
o‘z xulosangizni yozing.
Zulqarnayn yarim kecha o‘z qo‘shini bilan bir g‘ordan o‘tib borar ekan, “Oyog‘ingiz 
ostida uchragan narsalardan olib keting”, – deya amr qildi. Qo‘shindagilardan bir guruhi: 
“Ko‘p yurdik, juda charchaganmiz, endi kechasi bilan oyog‘imizdagi narsalarni ham 
yig‘amizmi?” – deb hech nima olmadilar. Ikkinchi bir guruh: “Qo‘mondonimiz aytgan ekan, 
bir oz to‘play qolaylik, buyruqqa qarshi chiqmaylik”, – deb ozgina narsa oldilar. Uchinchi 
guruh esa: “Qo‘mondon bejiz bunday demadi, bunda qandaydir hikmat bo‘lishi kerak”, – 
deya to‘rvalarini to‘lguncha qo‘lga ilingan narsalar bilan to‘ldirdilar. 
Kun yorishganda qarasalarki, oltin konining yonidan o‘tishibdi. Oyoqlariga tekkan 
narsalar oltin ekan. Buni bilganlarida esa, hech narsa olmagan birinchi guruh: “Eh, nega 
olmadik- a! Nega qo‘mondonimizning gapiga kirmadik? Bitta bo‘lsa ham olsaydik”, – deb 
pushaymon bo‘ldilar. Ozgina olgan ikkinchi guruhdagilar: “Eh, yana ozgina olsak edi. 
Cho‘ntaklarimizni, xaltalarimizni to‘ldirsak bo‘lar ekan” ,– deb qolishdi. Ko‘p olgan uchinchi 
guruh esa: “Koshki keraksiz narsalarimizni tashlab yuborsaydik, Hamma narsalarimizni 
to‘ldirsaydik. Bundan ham ko‘proq olib qolsaydik...” – deya ko‘p olganlariga qaramay baribir 
xafa edilar. 
Hikmat 
Qanoat qo‘rg‘ondir – yerga kirsang, nafs yomonligidan qutulasan. 
Tog‘likdir u – yerga chiqsang, dushman va do‘stga qaramlikdan xalos bo‘lursan.
(Alisher Navoiy)

Download 17,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish