Ona tili umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 10-sinfi uchun darslik



Download 17,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/173
Sana03.07.2023
Hajmi17,27 Mb.
#953535
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   173
Bog'liq
10-sinf ona tili 2022

Mustaqil 
bajaraman
Topshiriq. 
She’rni o‘qing. O‘zingiz va yon atrofingizdagilar nutqida ishlatiladigan 
ma’nosiz birliklar ro‘yxatini tuzing.
NUTQ HAQIDA
Har so‘zida “bu”, “anu”,
“Haligi”, “so‘ng”, “anaqa”,
“Bu-bu” deydi – nima bu?
“Unaqa”si – qanaqa?
Tiliga kelib qolgan
So‘zdan qayta olmasa,
“Bu” qo‘shmasdan savolga
Javob ayta olmasa.
Gohi qovushmay so‘zi,
Gapidan to‘xtab qolsa.
Yaxshi bilsa ham o‘zi,
Zo‘rg‘agina “3” olsa.
O‘zingiz o‘ylab ko‘ring,
Nima bu, qanaqasi?
Qachon qilar O‘tkirning
“Nima”, “bu”, “anaqasi”?
Odatlanganman, deding,
To‘g‘ri, hamma gap shunda.
Lekin axir, o‘z tiling
O‘zingga bo‘ysunsin-da.
To‘g‘ri, aniq gap tuzib,
Javob bergin so‘roqqa.
Xizmat qilsin har so‘zing
Fikringni to‘latmoqqa.
Mazmun nomli mo‘ljalga
So‘z otilgan o‘q bo‘lsin.
Nishonga tegmay qolgan
Bitta o‘q ham yo‘q bo‘lsin.
Do‘stim O‘tkirjon, buni
Yodingda tut har doim,
Otashin notig‘ini
Minbarlar kutar doim.
( Erkin Vohidov)


81
Topshiriq. 
Matnni o‘qing. Ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarning ko‘chma ma’nosi bo‘yicha o‘z 
fikr-mulohazalaringizni bildiring.
Bir guruh ulfatlar tijorat maqsadida chet elga borishdi. U yerda hayot 
qaynar edi
. Ular 
daryo 
bo‘yidagi 
sakson qavatli mehmonxonaning yetmish beshinchi qavatiga joylashishdi, 
chunki bundan pastda joy yo‘q edi. Yuqoridan shaharni tomosha qilish qulayligini o‘ylab, 
shu qavatda qolishga rozi bo‘lishdi. “Ammo shuni eslatib qo‘yishim lozimki, – deya ularni 
ogohlantirdi mehmonxona xodimi, – ichki tartibimizga ko‘ra, kech soat o‘n birdan ertalabki 
yettigacha lift ishlamaydi. Shuning uchun soat o‘n birgacha xonangizga chiqib olishni 
unutmang”. 
Ulfatlar birinchi va ikkinchi kunlari aytilgan vaqtgacha ishlarini tugatib, xonalariga 
ko‘tarilib olishdi. Ammo uchinchi kuni 
ko‘ngilochar tomoshada uzoqroq qolib ketishdi. 
Mehmonxonaga qaytishganida soat o‘n birdan 
o‘n daqiqa o‘tgan edi. Xizmatchilardan liftni 
ishlatib berishni iltimos qilishdi, lekin foydasi 
bo‘lmadi: lift avtomatik ravishda o‘char ekan. 
Pastda qolishning ham iloji yo‘q, yetmish 
beshinchi qavatga zinapoya orqali piyoda 
chiqish esa azob. Shunda bittasi: 
– Kelinglar, sekin suhbatlashib chiqib 
ketaveramiz. Avvalgi yigirma besh qavatda 
latifa aytamiz, askiya 
to‘qiymiz
, hazil-huzul 
qilamiz. Keyingi yigirma besh qavatda esa 
qo‘rqinchli voqealardan so‘zlaymiz. Qarabsizki, 
xonamizga yetib olganimizni ham bilmay 
qolamiz, – dedi. Bu gap hammalariga ma’qul 
keldi. 
Darhaqiqat, qiziq-qiziq hangamalar bilan 
boshidagi 
yigirma besh qavat ancha tez 
bosib o‘tildi. Keyin jiddiy voqealarning, mardlik 
qissalarining navbati keldi. Ulfatlar ikkinchi 
bosqichni ham amallab ortda qoldirishdi. 
So‘nggi yigirma besh qavatni g‘am-g‘ussaga 
to‘la hikoyalar, yurakni 
ezadigan
alamli 
rivoyatlarni aytib, ming azob bilan bosib o‘tishdi. 
Nihoyat, sillalari qurib, hansirab, tillari osilib 
eshik oldiga yetib kelishdi. Shunda ulardan biri 
o‘sha kunning eng musibatli qissasini aytdi: 
„Kalit pastda qolib ketibdi!“ 
Yuqorida o‘qiganingiz bir majoziy hikoya 
edi. E’tibor bersak, insonning hayoti ham 
mazkur ulfatlarning safariga o‘xshab ketadi.

Download 17,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish