dehqon,
bozor, sotuvchi, xaridor; liboslar: yaktak, to‘n, chakmon, qiyiqcha,
do‘ppi; tush payti, peshin, poliz, lazzatli, chaqqon
kabi qator so‘zlar
tasviriy manbani o‘rganish jarayonida to‘planadi.
2- bosqichda
esa imlosi qiyin bo‘lgan so‘zlar yuzasidan lug‘at
diktanti o‘tkaziladi.
128
3- bosqiichda grammatik mavzu bilan bog‘liq bulgan topshiriqlar
yuzasidan vazifalar bajariladi.
3.1. bozor – savdo maydoni,
xaridor – sotib oluvchi,
sotuvchi – savdo qiluvchi, dehqon,
lazzatli – shirin, mazali, asaldek shirin,
boldek,mazasi tilni yoradigan...
chaqqon – qo‘li-qo‘liga tegmaydigan.
3.2. Qovun turlari:
bosvoldi, ko‘kcha, qirqma, qizil urug‘, miri,
bo‘rikalla, cho‘giri, toshloqi, churvak, mirzacho‘l, shakarpalak,
jo‘raqand, asati, davlatboy, ko‘k turna, eski chopon, kampir qovun,
doniyor, obi novvot, obi qand
...
3.3. Uyadoshlar qatorini tuzing:
yaktak, to‘n, qiyiqcha, do‘ppi...
bozor, sotuvchi, xaridor...
Shu turdagi topshiriqlar yordamida o‘quvchilarning olgan
bilimlarini mustahkamlash va matn tuzish malakalarini hosil qilish
mumkin.
Ijodiy matn yaratish uchun oldindan ko‘riladigan bunday
tayyorgarlik o‘quvchilarni ijodiy ishga jiddiy yondashishga undaydi.
Shuningdek, rasm asosida ijodiy matn yaratishdek murakkab jarayon
ma’lum tayyorgarlikni (so‘z zaxirasini oshirish, mantiqiy bog‘liqlikni
hosil qilish) talab qiladi. Turli mavzudagi ijodiy ish jarayoniga maxsus
tayyorgarlik ko‘rilishi o‘quvchilarning bu ishga mas’uliyat bilan
yondashishlariga sabab bo‘ladi. Binobarin, ijodiy matn yaratish
o‘quvchida mustaqil fikr va savodxonlikning uyg‘unligini ta’minlaydi.
Agar tanlagan suratimiz rangli tasvirda bo‘lsa, ranglarning
nomlanishi haqida ham o‘quvchilarga ma’lumot berib, maxsus lug‘at
yaratish lozim. Ba’zan aynan bir suratning avval oq-qora, so‘ng rangli
tasvirda berilishi o‘quvchining ranglarni o‘z o‘rnida ishlata bilish
malakasini tekshirish va xatolarini tuzatish imkoniyatini beradi.
Matn ma’lum bir mavzu yoki rasm asosida yaratiladi. O‘quvchi
rasm asosida matn yaratar ekan, unda aks ettirilgan lahzani ko‘z
o‘ngida qanday namoyon bo‘lsa, shundayligicha qabul qiladi va
tasvirlaydi. Shu bilan birga, rasmda tasvirlangan holat tuzilayotgan
129
matnni ma’lum darajada chegaralaydi. Hikoya qilinishi kerak bo‘lgan
holat makon (s), zamon (V), vaqt (t) birligiga aniqlik kiritadi va
o‘quvchining fikrlash jarayonini yengillashtiradi. Rasm asosida
tuzilgan matnlarda holat chegarasining buzilmasligi, o‘quvchining
tafakkurida mazkur lahza qay tarzda namoyon bo‘layotganini aniq
ko‘rsatib, o‘quvchining shaxsiy olamini, ma’naviy qiyofasini ochib
berishga xizmat qiladi. Rasm asosida matn tuzish jarayonida
o‘quvchining mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini yanada rivojlantirish
maqsadida
ijodiy ish jarayoni uch bosqichga bo‘linadi:
1-bosqich: tasvirlangan holatga qadar bo‘lib o‘tgan voqea-
hodisalar haqida bildirilgan mantiqiy fikr va mulohazalar;
2-bosqich: tavsiya qilingan rasmdagi holat tavsifi va unga
munosabat;
3-bosqich: mazkur holat davomi haqida o‘quvchining mustaqil
bayoni.
Bu 3 bosqichli ish o‘quvchining mushohada qilish doirasini,
dunyoqarashini kengaytiradi.
O‘quvchi voqea-hodisalar ketma-ketligiga e’tibor beradi. Ular
o‘rtasidagi uzviylikni qidiradi. Demak, ijodiy ishni tashkil qilish orqali
o‘quvchiga ijodiy erkinlik beriladi, mustaqil fikrlash ko‘nikmalari
rivojlantiriladi.
Ijodiy matn yaratishda ta’limiy va tarbiyaviy, ma’naviy va
ma’rifiy jarayon doimo bir butunlikni vujudga keltirishi lozim.
Shuning uchun ham tavsiya qilingan rasm-tasvirlar o‘quvchilarda
ona-Vatanga, tabiatga, milliy an’ana va qadriyatlarga muhabbat
tuyg‘ularini uyg‘otadigan xarakterda bo‘lishi maqsadga muvofiq.
To‘g‘ri tanlangan va metodik jihatdan to‘g‘ri qo‘llanilgan rasm
dars oldiga qo‘yilgan maqsadni muvaffaqiyatli hal qilishga,
mashg‘ulotning qiziqarli bo‘lishi va o‘quvchilarning faollik darajasini
oshirishda muhim ahamiyatga ega.
Rasmli tarqatma materiallar ham darsning muhim vositalaridan
biridir. Bu vosita darsni o‘quvchilarning bilim saviyasiga qarab
tabaqalashtirishda, har bir o‘quvchining o‘quv imkoniyatidan kelib
chiqib topshiriq berishda, bolaning mustaqil ijodiy faoliyat
130
ko‘rsatishini ta’minlashda muhim o‘rin egallaydi. Rasmli tarqatma
materiallardan o‘quvchilarning so‘z boyligini oshirishda, berilgan
so‘zga ma’nodosh, uyadosh va qarama-qarshi ma’noli so‘zlar
tanlashda, o‘quvchilarning ijodiy fikrlashini tashkil etishda (bitta
rasmga 8–10 ta sarlavha topish, sarlavha talabidan kelib chiqib, har xil
reja tuzish, nutq sharoitiga mos ravishda fikrni bayon qilish va h.k.)
foydalanish mumkin.
Ta’limning samarali vositalaridan yana biri diafilm va
diapozitivlardir. Bu vositalardan til hodisalarining mohiyatini
sharhlashda ham, nutqiy malakalarni takomillashtirishda ham
foydalansa bo‘ladi. Ayniqsa, mavzu talabga muvofiq so‘z va so‘z
birikmalari tanlashda, gaplar tuzishda, matn yaratishda bu muhim
vositalar qo‘l keladi.
O‘qituvchi diafilm va diapozitivlardan foydalanishda
quyidagilarga amal qilishi lozim:
diafilm va diapozitivdan foydalanishning maqsadini aniq
belgilashi, uning dars maqsadiga to‘la mos kelishini ta’minlashi;
darsning qaysi bosqichida qanday tartibda foydalanishni
belgilab olishi;
tasvirdagi qaysi o‘rinlarga o‘quvchilarning e’tiborini qaratishni
aniqlashi.
Ona tili o‘qituvchisi teleko‘rsatuvlardan, namoyish etiladigan
kinofilmlardan ham unumli foydalanishni unutmasligi lozim.
O‘rganilayotgan mavzu talabiga muvofiq matn yaratishda, sinf va uy
insholari yozishda bu vositalar qo‘l keladi.
Xullas, yuqorida tilga olingan vositalar darslik materialini
to‘ldirish hamda boyitish bilan bir qatorda mashg‘ulotlarning qiziqarli
va zavqli o‘tishini ta’minlashda ham alohida o‘rin egallaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |