Ona tili o‘qitish metodiкasi


Lug‘atlar – ona tili ta’limining muhim vositasi



Download 5,03 Kb.
Pdf ko'rish
bet76/232
Sana01.05.2023
Hajmi5,03 Kb.
#933800
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   232
Bog'liq
kurs ishi kitobi

Lug‘atlar

ona tili ta’limining muhim vositasi. 
Maktab ona tili 
ta’limining konseptual asoslarida uning zaruriy vositasi ikkita ekanligi 
ta’kidlanadi: darslik va lug‘atlar. O‘quvchilarning ijodiy tafakkurini 
va nutqini o‘stirishning zaruriy omillaridan biri lug‘atlar ustida 
ishlashdir. Lug‘atlar o‘quvchilarning ijodiy tafakkuri, mustaqil 
fikrlash darajasi, ijodiy fikr mahsulini og‘zaki va yozma shakllarda 


131
ravon bayon etishga olib keladigan behad qimmatli va boy so‘z 
zaxirasini vujudga keltiradi. 
Ona tili mashg‘ulotlarini lug‘atlarsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Ona 
tili mashg‘ulotlarida lug‘atlardan keng foydalaniladi. 
Lug‘at bilim manbai va o‘qitish vositasidir. So‘z ma’nosini 
sharhlash, ma’lum bir so‘zning imlosini bilib olish, yo‘l qo‘yilgan 
imloviy xatoni bartaraf etish, so‘z guruhlarini mustaqil davom ettirish
berilgan so‘zga ma’nodosh, uyadosh, qo‘shimchadosh so‘zlar tanlash 
singari ijodiy-amaliy topshiriqlarni bajarishda lug‘atlardan keng 
foydalaniladi. Ehtiyoj tutilganda o‘quvchining birinchi maslahatchisi 
lug‘atdir. 
К
eyingi yillarda o‘zbek lug‘atchiligi katta muvaffaqiyatlarni 
qo‘lga kiritdi. Ayniqsa, 12 tomli «O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi» 
(Toshkent, «O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy 
nashriyoti, 2004.), 5 tomli «O‘zbek tilining izohli lug‘ati»
(Toshkent, «O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy 
nashriyoti, 2007), «Imlo lug‘ati» (Toshkent, «O‘qituvchi»,1995), 
«O‘zbek tilining kirill va lotin alifbolaridagi imlo 
lug‘ati»(Tuzuvchilar: T. Tog‘ayev, G. Tavaldiyeva, M. Akromova. 
Toshkent, «Sharq», 2004.), «O‘zbek tili morfem lug‘ati»
(A. G‘ulomov va boshqalar.Toshkent, «O‘qituvchi»,1977), «O‘zbek 
tilining frazeologik lug‘ati» (Sh.Rahmatullayev. Toshkent, 
«Qomuslar» Bosh tahririyati,1992.), «O‘zbek tili sinonimlarining 
izohli lug‘ati»(A.Hojiyev. Toshkent, «O‘qituvchi»,1974), «O‘zbek 
tili omonimlarining izohli lug‘ati» (Sh.Rahmatullayev. Toshkent, 
«O‘qituvchi» 1984), «O‘zbek tilining paremiologik lug‘ati»
(H. Berdiyorov, R. Rasulov. Toshkent, «O‘qituvchi», 1984), «O‘zbek 
tili antonimlarining izohli lug‘ati» (Sh.Rahmatullayev. Toshkent, 
«O‘qituvchi»,1980), «Paronim so‘zlar lug‘ati» (Z.Ma’rupov. 
Toshkent, «O‘qituvchi»,1971), «Geografik nomlar lug‘ati» 
(S.Qorayev. Toshkent, «O‘zbekiston»,1978), «O‘zbek tili 
etnografizmlarining izohli lug‘ati» (N. Mirzayev. Toshkent, «Fan», 
1991), «O‘zbek tilining etimologik lug‘ati»(III) (Sh. Rahmatullayev.
Toshkent, «Universitet» 2009), «O‘zbek tilining imlo lug‘ati» (Sh. 


132
Rahmatullayev, A. Hojiyev. Toshkent, «O‘qituvchi», 2011), 
shuningdek, joy nomlari lug‘ati, turli sohaga oid atamalarning izohli 
lug‘atlari (masalan, paxtachilik atamalarining izohli lug‘ati, matematik 
atamalarning izohli lug‘ati, savdo-sotiqqa oid atamalarning izohli 
lug‘ati kabi)ning chop etilganligi o‘zbek lug‘atchiligining 
taraqqiyotidan dalolat beradi. Ammo bu lug‘atlarning ko‘pchiligi 
akademik lug‘atlar bo‘lib, maktabda ulardan foydalanish ancha 
qiyinchilik tug‘diradi. Shuning uchun bugungi kunda maktab 
o‘quvchilariga mo‘ljallangan va ular uchun ixtisoslashtirilgan o‘quv 
lug‘atlari yaratildi va yaratilmoqda. Bunday lug‘atlar qatoriga 
«O‘zbek tilining so‘z tarkibi o‘quv lug‘ati» (B. Mengliyev,
B. Bahriddinova. Toshkent, 2006), «O‘zbek tilining ma’nodosh 
so‘zlar o‘quv lug‘ati»(O. Shukurov, B. Boymatova. Toshkent, 2006), 
«O‘zbek tili iboralari o‘quv lug‘ati» (B. 
Mengliyev,
M. Xudoyberdiyeva. Toshkent, 2009), «O‘zbek tilining so‘zlar 
darajalanishi o‘quv lug‘ati»(I. Islomov, Sh. Bobojonov. Toshkent, 
2006), «O‘zbek tilining zid ma’noli so‘zlar o‘quv lug‘ati» (U. 
To‘rayeva, D. Shodmonova. Toshkent, 2006), «Qo‘shib yoziladimi, 
ajratib» (T. Jumayev, T. Valiyev. Toshkent, 2006), «O‘zbek tilining 
shakldosh so‘zlar o‘quv lug‘ati» (X. Suvonova. Toshkent, 2006), 
«O‘zbek tilining o‘zlashma so‘zlar o‘quv izohli lug‘ati»
(Yo. Hamrayeva. Toshkent, 2006), «O‘zbek tilining eskirgan so‘zlar 
o‘quv izohli lug‘ati» (X. Norxo‘jayeva. Toshkent, 2006), «O‘zbek 
tilining so‘z yasalishi o‘quv lug‘ati» (B. Mengliyev, B. Bahriddinova, 
O‘. Xoliyorov. Toshkent, 2008), «O‘zbek tilining o‘quv toponimik 
lug‘ati» (T. Nafasov, V. Nafasova. Toshkent, 2007), «O‘zbek tilining 
talaffuzdosh so‘zlar o‘quv izohli lug‘ati» (T. Nafasov, V. Nafasova. 
Toshkent, 2007), «Ona tili. Qomus» (B. Mengliyev, O‘. Xoliyorov. 
Toshkent, 2010).
Lug‘atlardan tez va o‘rinli foydalanish uchun o‘quvchi zarur 
malakalarga ega bo‘lishi lozim. Ana shu malakalardan eng muhimi 
alifbo tartibini puxta bilishdir. Alifboni yoddan bilmagan o‘quvchi 
lug‘atdan zarur so‘zni tez topa olmaydi. Shuning uchun 
o‘quvchilarning alifbo tartibini yaxshi bilishlariga erishish lozim. 


133
O‘quvchi qanday sharoitda qaysi lug‘atdan foydalanish kerakligini 
ham bilishi lozim.
O‘quvchi yoshlarning mustaqil fikrlash faoliyatlari nutqiy 
(yozma, og‘zaki) jarayonda so‘zlar orqali namoyon bo‘ladi. O‘quvchi 
so‘z boyligining holati so‘zlarni o‘rnida qo‘llash masalasi kabi muhim 
omillar fikr va nutq birligini ta’minlaydi. Ona tili darslarida 
o‘quvchining mustaqil fikrlash malakalarini hosil qilish maqsadida, 
eng avvalo, ularning lug‘at boyligiga e’tiborni qaratish lozim. 
O‘quvchining so‘z boyligi uning o‘qigan badiiy asarlari, turli ilmiy-
ommabop adabiyotlar, darsliklar, ommaviy axborot vositalari, 
to‘plangan ma’lumotlari orqali belgilanadi. So‘z boyligi yillar 
davomida ongli va ongsiz tarzda to‘planadi. Ona tili darslarida 
o‘quvchi xotirasida to‘plangan so‘zlardan to‘g‘ri foydalanish, ularni 
talaffuz qilish, xatosiz yozish bo‘yicha metodik tavsiyalar beriladi. 
Nutqni rivojlantirish bilan birga bugungi kunning eng dolzarb 
muammolaridan biri savodxonlik–imloviy xatolarni kamaytirishga 
ham erishish mumkin.
Agar «Imlo lug‘ati» va boshqa lug‘atlar bilan ishlash shu tarzda 
yo‘lga qo‘yilsa, biz ona tili ta’limidagi uzluksizlikning bir jihatini 
ta’minlashga erishamiz. «Ona tili ta’limidan asosiy maqsad 
«o‘quvchilarda tilning ichki imkoniyatlaridan, uning tasviriy 
vositalaridan nutq jarayonida samarali va o‘rinli
foydalanish 
ko‘nikmalarini, fikrni turli yo‘sin va shakllarda ifodalay olish 
malakalarini hosil qilishdan iborat ekan, bunga erishishni boy va 
barkamol so‘z xazinasisiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Shuning uchun 
so‘z boyligi omili davlat standartida muhim o‘rin egallashi lozim»,–
deya mutaxassis olimlar o‘quvchilarining so‘z boyligini oshirishda 
lug‘atlar bilan ishlash omilining muhimligini bayon qiladilar.
1
O‘quvchilarni lug‘atlar bilan ishlashga o‘rgatishni ko‘p hollarda 
5-sinfdan boshlash lozimligi ta’kidlanadi. Bizningcha esa, lug‘at bilan 
ishlashga o‘rgatishni tizimiy bir shaklda boshlang‘ich ta’limdayoq 
boshlash maqsadga muvofiqdir. Bu davrda lug‘atlardagi 
1
Ne'matov H., Gulomov A., Ziyodova T. Hozirgi o‘zbek adabiy tilini o‘rganishda o‘quvchilar so‘z boyligini 
oshirish. T.: "Xalq merosi", 2000, 7-b.
 


134
umumiste’molda eng ko‘p qo‘llanuvchi, talaffuzi qiyin so‘zlarga 
e’tibor qaratgan ma’qul. Umuman olganda, o‘quvchilarning lug‘at 
ustida ishlashi, lug‘atlar darsliklarning ajralmas qismiga aylanishi, 
lug‘atlar umumta’lim maktablaridagi har bir dars, mashg‘ulotlarning 
tarkibiy qismi bo‘lib qolishi lozim. Buning uchun, avvalo, har bir fan 
o‘qituvchisi o‘z sohasi doirasida lug‘at daftari yuritishni tashkil qilishi 
juda muhimdir. Buning boshqa bir jihati ham borki, bunda o‘quvchi

Download 5,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   232




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish