Ona tili o‘qitish metodiкasi


Ona tilidan bahs-munozara darslari



Download 5,03 Kb.
Pdf ko'rish
bet69/232
Sana01.05.2023
Hajmi5,03 Kb.
#933800
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   232
Bog'liq
kurs ishi kitobi

Ona tilidan
bahs-munozara darslari. 
Ona tili darslarining 
samaradorligi ko‘p jihatdan o‘quvchilarning mustaqil ijodiy fikrlashi 
bilan bog‘liq. Ijodiy fikrlashga o‘rgatishda bahs-munozara muhim 
ahamiyatga ega. Bu narsalarning o‘ziga xos xususiyati shundaki, 
o‘rganiladigan material o‘quvchilarga oldindan ma’lum qilinadi, 
muhokamaga tashlanayotgan masala xususida har bir o‘quvchi 


117
o‘zining shaxsiy fikr-mulohazasini bildiradi. Bahs-munozara uchun 
tanlanadigan savollar o‘qituvchi tomonidan puxta o‘ylangan bo‘lishi 
lozim. Masalan, «Olinma so‘zlar» mavzusi yuzasidan bahs-
munozaraga quyidagi muammolar o‘rtaga tashlanishi mumkin: 
1. Boshqa tillardan so‘z olish zarurmi? 
2. Ayrim hollarda rus tili va rus tili orqali boshqa tillardan kirgan 
so‘zlarni o‘zbekchalashtirish borasida urinishlar bor. Sizningcha, 
hamma so‘zlarni ham o‘zbekchalashtirib bo‘ladimi? Umuman, ruscha 
so‘zlarni sharqonalashtirishga sizning munosabatingiz qanday? 
Hozirgi ijtimoiy-iqtisodiy sharoitda boshqa tillardan so‘z 
olmaslikning iloji bormi? 
Bu savollarning har biri o‘quvchilardan o‘z nuqtayi nazarini 
bayon qilishni talab etadi. 
Bahs-munozara o‘quvchilarga erkinlik berishni talab qiladi. 
Chunki o‘z fikr-mulohazalarining haqligini isbotlash ijodiy faoliyat 
mahsulidir. 
Ona tilidan seminar darsi. 
Seminar darsi noan’anaviy darsning 
bir turi bo‘lib, o‘quvchilarni mustaqil ishlash, ijodiy faoliyat 
ko‘rsatishga undovchi mashg‘ulot shaklidir. 
Bu dars shaklidan barcha sinflarda foydalanish mumkin. Seminar 
darsidan katta mavzular o‘rganilgandan so‘ng (masalan, so‘zlarning 
shakl va ma’no munosabatlari, fe’llarning ma’no guruhlari va h.k.) 
yoki bo‘lim o‘rganilgandan keyin foydalansa bo‘ladi. 
Seminar darsining mavzusi 10–12 kun oldin e’lon qilinadi; 
o‘quvchilarga reja va adabiyotlar tavsiya etiladi; darsga tayyorgarlik 
ko‘rish jarayoni tushuntiriladi, adabiyotlar ustida mustaqil ishlash 
yuzasidan tavsiyalar beriladi. 
Dars o‘qituvchining kirish suhbati bilan boshlanadi. Mavzuning 
dolzarbligi, bu mavzuni puxta bilishning amaliy qimmati 
tushuntiriladi. O‘quvchilar seminar rejasi bilan tanishtiriladi va 
tayyorgarlik ko‘riladi. Seminar darsida o‘quvchilar faolligini 
ta’minlash kerak. Bu har bir muhokama etilayotgan masalani 
munozaraga aylantirish bilan bog‘liq. Darsda shunday holatni yuzaga 


118
keltirish lozimki, o‘quvchilar fikrini dalillar asosida isbotlasin; o‘z 
nuqtayi nazarini bayon qilsin; hukm va xulosalar chiqarsin. 
Darsning oxirida mashg‘ulotga yakun yasaladi, seminarning 
yutuq va kamchiliklari aytiladi va o‘quvchilarning bilimi baholanib, 
ular izohlanadi. Bilimni baholashda bolalarning mashg‘ulotga 
tayyorgarlik ko‘rish darajasi, masalaning mohiyatini anglashi, o‘z 
fikrini dalillar bilan asoslay olishi, javoblarni to‘ldirishdagi ishtiroki, 
ijodiyligi kabilar hisobga olinadi. 
Barcha sinflarda ham seminar darsidan foydalanish tavsiya 
etilmaydi. Mashg‘ulotning bu shaklidan ko‘proq o‘quvchilarning 
o‘zlashtirish darajasi talabga javob beradigan, mustaqil ishlashga 
o‘rgatilgan sinflarda foydalanish ma’qul. Aks holda, barcha harakatlar 
zoye ketib, o‘quvchilar masalaning tub mohiyatiga yetmay qolishlari 
mumkin. 
К
o‘rinib turibdiki, darsning shakllari benihoya ko‘p. O‘qituvchi 
bu dars shakllarini puxta bilishi, o‘rganiladigan til materiallarining 
xususiyatlaridan kelib chiqqan holda uni tanlay olmog‘i lozim. Dars 
shakllari qancha tez-tez o‘zgarib tursa, o‘quvchilarning ona tili faniga 
qiziqish darajasi shuncha yuqori bo‘lishini o‘qituvchi hamisha yodda 
tutmog‘i lozim. Bu esa puxta bilimning asosiy garovidir. 

Download 5,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   232




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish