94
qaraganda ko‘proq qismni tashkil etsa, bu darslarda shuning
teskarisidir.
Topshiriqlarning sharti ham bu darslarda ancha murakkablashadi.
Har bir mashq uch-to‘rt va hatto besh-olti topshiriqni o‘z ichiga
qamrab olishi mumkin.
O‘rganilganlarni takrorlash darslari
bir necha soat davomida
egallangan bilim, ko‘nikma va malakalarni mukammallashtirishni
nazarda tutadi.
Takrorlash darslari o‘quv
yilining boshida, oxirida, yirik mavzular
o‘rganilgandan keyin va bo‘limlar tugagandan so‘ng o‘tkaziladi. Shu
jihatdan takrorlash darslarini quyidagi turlarga bo‘lish mumkin:
– o‘quv yili boshida takrorlash;
– o‘quv yili oxiridagi yakuniy takrorlash;
– oldin o‘rganilgan bilimlarni o‘quvchilar esiga tushirish uchun
takrorlash;
– darsda o‘rganilgan yangi mavzuni takrorlash;
–
ona tilidan katta mavzu, bo‘lim o‘tilgach, o‘tkaziladigan
takrorlash;
– ma’lum o‘quv materiali o‘rganilgach, kelgusi o‘quv soatida
o‘tkaziladigan takrorlash.
1
O‘quv yilining boshida o‘tkaziladigan takrorlash oldingi sinfda
o‘rganilgan materiallardan tashkil topadi. Til hodisalarining yaxlitligi,
bir - biri bilan o‘zaro chambarchas aloqadorligi o‘quv yilining boshida
oldingi sinfda o‘rganilganlarni takrorlashni zaruriyatga aylantiradi.
Chunki yangi o‘rganiladigan materiallar oldin o‘rganilganlarning
mantiqiy davomi sanaladi.
O‘quv yilining boshida o‘tkaziladigan takrorlash ham
umumlashtiruvchi, ham tayyorlovchi takrorlash bo‘lib,
u nafaqat
oldingi sinfda o‘rganilganlarni xotirada tiklashga, balki navbatdagi
sinfda o‘rganiladigan materiallarga zamin hozirlashga xizmat qiladi.
Bu turdagi takrorlash darslari uchun o‘quv materialini o‘qituvchi
darslikdan tanlashi yoki o‘zi tuzishi mumkin.
1
Roziqov O., Mahmudov M., Adizov B., Hamroyev A. Ona tili didaktikasi. T.: "Yangi asr avlodi", 2005,
264–266-b.
95
Takrorlashning bu turini muvaffaqiyatli qo‘llash uchun sinf
o‘quvchilarining o‘quv imkoniyatlarini hisobga olish, qaysi til
hodisalarini takrorlashga ko‘proq ehtiyoj
sezilayotganligini nazarda
tutish, zaruriyat tutilsa, darslikdagi mashqlar shartiga qo‘shimcha
shartlar kiritish, ularni o‘zgartirish, yangi mashqlar kiritish foydalidir.
O‘quv yili oxiridagi yakuniy takrorlash bosqichida yil davomida
olgan bilimlar qayta esga olinadi, o‘quvchilarning bilimlari tartibga
solinadi, o‘rganilgan mavzular
yuzasidan umumiy xulosalar
chiqariladi.
Oldin o‘rganilgan bilimlarni o‘quvchilar esiga tushirish uchun
takrorlash yangi mavzuni o‘rganish va mustahkamlash darslarida
o‘tkaziladi. Shu jarayonda o‘rganilgan va o‘rganilayotgan mavzular
o‘rtasida izchillik, mantiqiy aloqa hosil qilinadi.
Darsda o‘rganilgan yangi mavzuni takrorlash jarayonida yangi
mavzu haqida ma’lumot berilgandan so‘ng o‘quvchilar
olgan
bilimlarini esga tushirib, mashqlar
ustida ishlatiladi. Bu jarayon
darsning mustahkamlash bosqichi deb ham yuritiladi.
Takrorlash bitta bo‘lim yoki katta mavzu doirasida tashkil etilishi
mumkin. Bunda asosiy e’tibor nafaqat o‘rganilganlarni takrorlash va
mustahkamlashga, balki o‘quvchilar bilimidagi bo‘sh
tomonlarni
hisobga olib, bu bo‘shliqlarni to‘ldirishga ham qaratiladi.
Ma’lum o‘quv materiali o‘rganilgach, kelgusi o‘quv soatida
o‘tkaziladigan takrorlashda mavzu yuzasidan tushuncha hosil qilish,
o‘rganilgan mavzu doirasida malakalarni shakllantirish,
o‘quvchilarning bilimlarini qat’iylashtirishga qaratiladi.
К
eyingi yillarda takrorlash mashg‘ulotlarini «Topqirlar
bellashuvi» tarzida o‘tkazishga katta e’tibor qaratilmoqda. Darsning
bu shakli qiziqarli dars shakllaridan biri bo‘lganligi uchun ham bu
haqida batafsil to‘xtalamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: