1.
Matematik tasavurlarini shakllantirish va rivojlantirish.
MTM turli yosh guruhlarida matematika mashg'ulotlarini o'tkazish
metodikasi va tashkil qilish xususiyatlari. Ko'plik, son, hisob, kattalik,
fazo, geometrik shakl va figuralar haqidagi tasavvurlarni shakllantirish
.
Bolalarda miqdor va son sanoq haqidagi bilimlarni shakllantirish,
sanashga o‘rgatish
O‘quv yilining boshida o‘rta guruh tarbiyachisi bolalarning kichik guruhda
olgan bilimlarini yoz davomida ma’lum darajada unutib qo‘yganliklarini sezadi.
O‘rta guruhga yangi bolalar ham keladilar.
5-6 mashg‘ulotni o‘tilganlarni takrorlashga bag‘ishlash va bolalarni yangi
materialni idrok etishga tayyorlash zarurligi ma’lum bo‘ladi. Asosan sanoqni
o‘rgatish va sonlar bilan tanishtirish uchun zarur bo‘lgan tasavvur, ko‘nikma va
malakalar mustahkamlanadi.
O‘tilgan mavzuni takrorlash uchun kichik guruh dasturida tavsiya etilgan
mashqlardan bir oz murakkablashtirilgan holda foydalaniladi. Mashqlar dasturdagi
topshiriqlarning 2-3 tasini bir yo‘la bajarish imkonini beradi.
Bolalarga to‘plam ichidan ayrim narsalarni ajratish va narsalarni to‘plamga
birlashtirish mashq qildiriladi, ular hamma narsalar uchun umumiy bo‘lgan
belgilarni va narsalarning faqat bir qismi uchungina xos bo‘lgan umumiy belgilarni
ajrata olishga o‘rgatiladi. Agar tarbiyachi bolalarning mazkur materialni yaxshi
o‘zlashtirganliklarini sezsa, unda bir mashg‘ulot bilan cheklanib qolishi mumkin.
Aks holda, bunday mashqlar yana mashg‘ulotning ikkinchi qismiga kiritiladi.
Bolalarda tevarak-atrofda turgan yakka (bitta) narsalarni va narsalar yig‘indisi
(ko‘p)ni mustaqil topa olish ko‘nikmasi mustahlanadi. Shu maqsadda o‘rta guruhda
kichik guruhdagiga qaraganda mashq birmuncha murakkab variantlaridan
foydalaniladi. Bolalarga matematik tushunchalarni shakllantirishda ko‘proq
mustaqillik beriladi, nimani qayerdan izlash kerakligi, “Qarang, qaysi narsalar ko‘p,
qaysilari bittadan uchraydi”, umumiy ko‘rsatlar bilan beriladi.
Bolalarni faqat bir turdagi narsalarni fikran bir guruhga birlash tirishga,
ularning barchasi uchun umumiy bo‘lgan xususiyat (buyumlarning nimaga
mo‘ljallanganligi va boshqalar) asosida “to‘plam hosil qilish”ga o‘rgatibgina
qolmasdan, balki guruhni tashkil etuvchi narsalarning faqat bir qismi uchungina
umumiy bo‘lgan belgilarni hisobga olishga, ya’ni qism to‘plamni ajratishga ham
o‘rgatiladi. Masalan, pedagog bolalar diqqatini deraza tokchasida turgan ko‘p
o‘simliklar orasida baland va pastlari, katta va kichik barglilari borligiga jalb etadi
va hokazo.
Bu davrda asosiy e’tibor ikki to‘plamning miqdorini qiyoslashni mashq
qildirishga qaratiladi. Bolalar ikki guruhning qaysi birida narsalar ko‘p (kam)ligini
yoki ularning baravarligini aytishga o‘rgatiladi.
Tarbiyachi ularga guruhlarni amaliy ravishda taqqoslash, ustma-ust va yonma-
yon qo‘yish usullarini eslatadi.
Bolalarni narsalarning boshqa belgilari ichidan miqdori tomonini ajrata
bilishga o‘rgatish muhim ahamiyatga ega. Bunga mazkur holda guruhning unchalik
ahamiyatli bo‘lmagan belgilarini - guruhdagi narsalarning rangi, katta-kichikligi va
joylashuvini o‘zgartirish orqali erishiladi.
Мiqdoriy tuzilishi turlicha bo‘lgan to‘plamlar bilan ishlash bolalarda narsalar
sonini aniq belgilash zaruratini hosil
qiladi. Sanoqda o‘zlashtirish uchun sharoit
paydo bo‘ladi.
Bu mashg‘ulotlarda ba’zi fazoviy
tasavvurlar aniqlanadi, o‘ng chapni
farqlash, narsalarni chapdan o‘ngga qarab o‘ng qo‘l bilan ko‘rsatish, yuqorigi va
pastki (doskalar), chapdan o‘ngga iboralarini tushunish ko‘nikmasi
mustahkamlanadi.
Bolalar shakllar — doira, kvadrat, uchburchakni sezish, harakat va ko‘rish yo‘li
bilan tekshirib ko‘rishni mashq qiladilar, ularni rang va hajmlaridagi farqlarga
qaramasdan bilib olishni o‘rganadilar.
Bolalarning o‘lcham munosabatlari: uzunroq—qisqaroq, kengroq—torroq,
ko‘proq—kamroq haqidagi tasavvurlari va tegishli munosabatlarni aniqlash uchun
yonma-yon va ustma-ust qo‘yish usullaridan foydalanish ko‘nikmalari
mustahkamlanadi. Birinchi mashg‘ulotlardayoq bolalarda bu ko‘nikmalarga
qiziqish uyg‘otish va shug‘ullanish malakasini o‘stirishni davom ettirish muhim
ahamiyatga ega.