335
ma’lumotnomaning tartib raqami va berilgan sanasi, ma’lumotnoma
berilayotgan shaxsning ismi,
otasining ismi va
familiyasi, axborotning
mazmuni (tasdiqlanayotgan voqea yoki holat bayoni), uning maqsadi,
mansabdor shaxs (masalan, maktab direktori)ning imzosi va familiyasi
ko‘rsatilishi lozim.
O‘quvchilarni tavsifnoma yozishga o‘rgatish
. Tavsifnoma
ma’lum
bir shaxsning mehnati, ijtimoiy faoliyati, o‘ziga xos xislat va
fazilatlarini aks ettiruvchi rasmiy hujjat sanaladi.
Ish qog‘ozining bu muhim turi bilan o‘quvchilarni «Sifat» so‘z
turkumini o‘rganish jarayonida tanishtirish maqsadga muvofiqdir.
Chunki bunday matnlarda sifatlar ko‘p qo‘llaniladi. O‘quvchi
sinfdoshi (do‘sti), tanish-bilishinig o‘qish yoki mehnat faoliyatini,
uning o‘ziga xos xislat va fazilatlarini aks ettirar ekan,
sifatlardan
to‘g‘ri va o‘rinli foydalanish malakalarini ham egallab boradi.
Sinfdoshiga yoki o‘z tengqurlariga tavsifnoma yozish uchun
o‘quvchi tavsiflanayotgan shaxs haqidagi ma’lumot (ismi, otasining
ismi va familiyasi, tug‘ilgan yili, millati, sinfi, sinfda yoki maktabda
bajaradigan jamoat topshirig‘i), uning o‘qish
va ijtimoiy mehnat
faoliyati, ishchanligi, axloqiy sifatlari, tashkilotchiligi kabilarni bilishi
shart.
Tavsifnoma matnini o‘zaro mantiqan bog‘langan uch tarkibiy
qismga ajratish mumkin:
1. Tavsiflanayotgan shaxs (o‘quvchi)ning o‘qish faoliyati (uning
maktada o‘rganiladigan
fanlarga munosabati, o‘z bilimlarini oshirishi,
o‘zlashtirish darajasi, o‘qishga mas’uliyati) haqida ma’lumot beriladi.
2. Tavsiflanayotgan shaxsning ijtimoiy faoliyati (xulq-atvori,
jamoat ishlarida ishtiroki, sinfdoshlariga munosabati,
oiladagi hayoti,
darsdan keyingi bo‘sh vaqtini qanday o‘tkazishi va h.k.) ko‘rsatiladi.
3. Muallif (o‘quvchi)ning bayon qilinganlardan xulosasi.
Tavsifnoma qanday maqsadda yoki nima uchun berilayotganligi
ko‘rsatiladi. Tavsifnomani zarur ma’lumotlar yig‘ilgandan keyingina
yozishga kirishsa bo‘ladi.
O‘quvchilarni tavsifnoma yozishga o‘rgatish bir soatlik dars
mashg‘uloti bilangina amalga oshmaydi. Keyingi sinflarda bu
336
malakalar takomillashtirilishi va to‘ldirilishi lozim. 8-sinf o‘quvchilari
tavsifnomaning
ancha murakkab shakli
–
shaxsning mehnat faoliyati
to‘g‘risidagi tavsifnomalar bilan tanishtiriladi. Bunda o‘quvchi
tavsiflanayotgan ishchi (dehqon, fermer, bog‘bon va h.k.)ning
mutaxassisligi, aynan shu korxona yoki xo‘jalikda qaysi muddatdan
buyon ishlayotganligi, o‘z mutaxassisligiga muvofiqlik darajasi,
qo‘lga
kiritgan mehnat yutuqlari, shaxsiy xislat va fazilatlari haqida
fikr yuritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: