Ona tili o‘qitish metodiкasi


O‘quvchilarni tavsiyanoma yozishga o‘rgatish



Download 5,03 Kb.
Pdf ko'rish
bet205/232
Sana01.05.2023
Hajmi5,03 Kb.
#933800
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   232
Bog'liq
kurs ishi kitobi

O‘quvchilarni tavsiyanoma yozishga o‘rgatish
. Tavsiyanoma 
ham tavsifnoma singari o‘quvchilar nutqini rivojlantirishda muhim 
ahamiyat kasb etadi. Tavsiyanomalar ayrim jihatlari bilan 
tavsifnomalarga o‘xshaydi. Ularning har ikkalasida ham shaxsning 
xususiyatlari: qiziqishi, layoqati, fikrlay olish darajasi, ishchanligi, o‘z 
ustida mustaqil ishlay olishi kabilar o‘z ifodasini topadi. Ammo 
tavsiyanomada shaxsning xususiyatlari to‘g‘risida fikr yuritish bilan 
bir qatorda, uning ma’lum bir vazifani uddalashiga ishonch bildiriladi 
va tavsiya etiladi.
O‘quvchilarni taklifnoma yozishga o‘rgatish
. Taklifnoma 
o‘quvchilar faoliyatida keng qo‘llaniladigan ish qog‘ozlaridan biri 
bo‘lib, undan muayyan shaxsni biror tantanali tadbirga taklif etish 
maqsadida foydalaniladi. Ish qog‘ozining bu turi bilan o‘quvchilarni 
5-sinfda «Grammatika va leksikologiyadan dastlabki ma’lumotlar» 
bo‘limini o‘rganish jarayonida tanishtirish maqsadga muvofiqdir. 
O‘quvchi taklifnoma yozish uchun taklif qilinayotgan shaxsning, 
muassasaning nomi, qanday tadbirga taklif qilinayotganligi, tadbirni 
o‘tkazish sanasi va vaqti, o‘tkazilish joyi, tadbirni tashkil etuvchi 
muassasa nomi kabilarni bilishi shart.
O‘quvchilarni ishonchnoma yozishga o‘rgatish
. Ishochnoma 
ma’lum bir tashkilot yoki ayrim shaxslar nomidan ish ko‘rish uchun 
ikkinchi bir shaxsga berilgan yozma ruxsatnomadir. Ona tili 
mashg‘ulotlarida o‘quvchilarni ham shaxsiy, ham rasmiy 
ishonchnomalar yozishga o‘rgatishga to‘g‘ri keladi. Bolalar shaxsiy 
ishonchnomalarda ishonch bildiruvchining ismi, otasining ismi va 
familiyasi, ishonchli shaxsning to‘liq nomi, topshirilgan vazifalarni 


337
faol bajarishini aniq ko‘rsatishni unutmasligi, ishonchnoma, albatta, 
ishonch bildiruvchi tomonidan imzolanishi, berilgan vaqti 
ko‘rsatilishini o‘qib olishlari lozim. Bu hujjatning yana bir muhim 
xususiyati unda ishonch bildiruvchi shaxsning imzosini tasdiqlagan 
shaxsning lavozimi qayd etilishi va imzolanishi, bu imzo esa yumaloq 
muhr bilan tasdiqlanib, uning sanasi ko‘rsatilishini ham bolalar 
bilishlari kerak.
O‘quvchilarni rasmiy ishonchnoma namunalari bilan ham 
tanishtirish maqsadga muvofiqdir. Chunki bunday ishonchnomalardan 
ular kelajakda maktabni tugatgach, ishlab chiqarish jarayonida ko‘p 
foydalanadilar. Bu hujjat, asosan, moddiy-buyum boyliklarini olishda 
qo‘llaniladi. O‘quvchlar unda, albatta, tashkilot rahbari va bosh 
hisobchisining imzosi bo‘lishi hamda bunday ishonchnomalardan shu 
muassasa yoki korxonada ishlaydigan kishilargina foydalana olishini 
bilishlari kerak. O‘quvchilarni ishonchnoma matni bilan «Gapda 
bog‘lanmagan (ajratilgan) bo‘laklar» mavzusini o‘rganish jarayonida 
tanishtirish maqsadga muvofiqdir. Chunki bunday matnlarda 
ajratilgan bo‘laklar ko‘p qo‘llaniladi. 

Download 5,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   232




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish