212
qo‘shimchadosh so‘zlar hosil qilish orqali bu turkumdagi so‘zlar
xususida umumiy ma’lumotga ega bo‘ladilar.
Ravish xususida umumiy ma’lumot berilgach, ular tub va
yasamalarga ajratiladi.
Tub va yasama ravishlarni o‘rganish
jarayonida
-larcha,-chasiga,
-ligicha, -ona, -an, -lay, -incha
qo‘shimchalari yordamida so‘zlar hosil
qilish (masalan,
yangicha, boshqacha, qahramonlarcha, o‘rtoqlarcha,
buxorochasiga, eskichasiga, issiqligicha, tirikligicha, saharlab,
nahorlab, mardona, fikrona, umuman, taxminan, butunlay, tiriklayin,
ko‘pincha, aksincha
), berilgan so‘zlardan qo‘shma ravishlar hosil
qilish, bu so‘zlar yordamida gaplar qurish singari amaliy ishlar
o‘quvchilarning so‘z boyligini oshirishda muhim o‘rin egallaydi.
Berilgan ravishlarga ma’nodoshlar topish (masalan,
doim–
hamisha–surunkasiga; arang–zo‘rg‘a
), ravish–antonimlar ro‘yxatini
tuzish, so‘zlarni takrorlash yo‘li bilan ravishlar hosil qilish (masalan,
yuzma-yuz, ketma-ket
), nuqtalar o‘rniga zarur ravishni topib qo‘yib,
gaplarni ko‘chirish, gaplarda ajratilgan
ravishlarni ularning
ma’nodoshlari bilan almashtirish kabi mustaqil ishlar o‘quvchilarning
so‘z boyligini oshirishda muhim omil sanaladi.
Ravishlarning ma’no guruhlari ustida ishlash ham o‘quvchilar
lug‘atini boyitishning muhim manbaidir. Xususan, berilgan matn yoki
gaplarda
qanday? qay tarzda? qay holda?
so‘roqlariga javob
bo‘ladigan holatni ifodalovchi so‘zlarni ajratish (masalan,
qahramonlarcha, botirlarcha, fidokorona, astoydil
),
qachon?
qachongacha? qachondan? qachondan beri?
so‘roqlarining har biriga
javob bo‘ladigan paytni ifodalovchi so‘zlar topish (masalan,
bugun,
hozir, kech, tunda, qadim, burun, bultur, tunov kun, hamisha
),
q
aerda? qaerdan? qaerga?
so‘roqlariga javob bo‘ladigan o‘rinni
ifodalovchi so‘zlar ro‘yxatini tuzish (masalan,
unda, bunda, pastda,
quyida, uzoqda
),
qancha? qay darajada?
so‘roqlariga javob
bo‘ladigan so‘zlarni alohida guruhlash (masalan,
juda, oz-ozdan,
g‘oyat, ancha, sal, mo‘l
), bu so‘zlarga ma’nodosh va uyadoshlar
tanlash, har bir guruhdagi so‘zlarning ma’no nozikligi ustida ishlash,
bu so‘zlar yordamida gaplar tuzish va matnlar yaratish kabi amaliy
213
ishlardan foydalanish yaxshi samara ko‘rsatadi. Ravishlarning ma’no
guruhlari ustida ishlashda berilgan qoliplar (masalan, «sifat+
ligicha»,
«son+lab»
va h.k.) so‘zlar hosil qilish, bu hosilalarning ma’nosini
sharhlashdan ham foydalansa bo‘ladi.
O‘quvchilarning so‘z boyligini oshirishda ravishlar
qatnashgan
so‘z birikmalaridan foydalanish mumkin. Xususan, berilgan gaplar
yoki matndan ravishlarni topib, uni o‘zi bog‘langan so‘z bilan birga
ko‘chirish, berilgan fe’lga ravishlar topib qo‘yib, so‘z birikmalari
hosil qilish yoki berilgan so‘zga ma’nodosh ravishlarni topib qo‘yish,
so‘z birikmalari yaratish kabi ishlar o‘ta foydalidir. Masalan,
o‘quvchilarga
ishladi
fe’li berilgan bo‘lsa, unga
mardlarcha,
fidokorona, qahramonlarcha, alpomishlarcha, rustamchasiga
kabi
ravishlarni topib qo‘yib, so‘z birikmalari hosil qilishlari mumkin.
Berilgan so‘zga ravish sinonimlar topib qo‘yish
juda foydali ish
usullaridan sanaladi. Masalan, o‘quvchiga
keldi
fe’li berilgan bo‘lsa,
ular bu so‘zni
darrov
–
darhol
–
tez
–
tezda
–
bir pasda
–
bir zumda
–
bir
lahzada
–
zumda
kabi sinonimik uya bilan bog‘lab, so‘z birikmalari
hosil qilishlari mumkin.
Mazkur so‘z turkumini o‘rganishda ajratib va qo‘shib yoziladigan
qo‘shma ravishlar hamda juft ravishlar imlosiga alohida e’tibor
berishga to‘g‘ri keladi. Bu so‘zlarni alohida-alohida guruhlarga
ajratish, har bir guruhni mustaqil davom ettirish kabi amaliy ishlar
o‘quvchilarning imlo savodxonligini oshirish va nutqini
rivojlantirishda o‘ta muhimdir.
Xullas, «Ravish» so‘z turkumini o‘rganishda o‘quvchilarning so‘z
boyligini oshirish va nutqini rivojlantirish imkoniyatlari benihoya
ko‘p. O‘qituvchi o‘rganilayotgan til hodisasining o‘ziga xos
xususiyatlari va mavjud shart-
sharoitlarni hisobga olib, ulardan o‘rinli
va unumli foydalana olmog‘i lozim.
O‘qituvchi «Ravish» so‘z turkumini o‘qitishda har xil qiziqarli
ta’limiy o‘yinlardan ham unumli foydalanishi mumkin. Masalan,
«Men holat ravishiman», «Men payt ravishiman», «Men o‘rin
ravishiman», «Men daraja-miqdor ravishiman» singari o‘yin-
topshiriqlar shular jumlasidandir. O‘yinni tashkil etish uchun
214
o‘quvchilarga so‘zlar tarqatiladi. O‘qituvchi ravishning qaysi bir
ma’no turini aytsa, o‘sha guruhga kiruvchi so‘zni olgan
o‘quvchilargina o‘rinlaridan turadilar. So‘zlarning ma’no guruhini
to‘g‘ri belgilagan o‘quvchilar o‘yin g‘olibi sanaladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: