208
matnlar tuzish singari ijodiy-amaliy ishlar o‘quvchilarning nutqiy
faoliyatini rivojlantirishda muhim o‘rin egallaydi.
Sonlarning ko‘chma ma’nosini sharhlash (masalan, aza
marosimlarini
ifodalovchi uch, etti, qirq kabi so‘zlar), ular yordamida
gaplar tuzish, sonlar ishtirok etgan xalq maqollari (masalan,
Bir qo‘y
ketidan ming qo‘y to‘yadi. Bir qo‘llab sochasan, ikki qo‘llab o‘rasan.
Bir qo‘chqorning shoxi singuncha, yuzta qo‘yning boshi ketadi. Yetti
o‘lchab bir kes. Yetti yashar safardan kelsa, yetmish yashar ko‘rgani
kelar
) ustida ishlash singari ijodiy-amaliy ishlar o‘quvchilar nutqini
boyitishda muhim ahamiyatga ega.
«Son» so‘z turkumini o‘rganishda o‘yin-topshiriqlar,
topishmoqlardan keng foydalaniladi. Bu topishmoq va topshiriqlar
sonlarning ichki ma’no
guruhlari, ma’lum bir ma’no guruhidan
boshqa bir ma’no guruhidagi so‘zlar hosil qilish, sonlar sinonimiyasi,
ularning imlosi kabi muhim masalalarga bag‘ishlansa maqsadga
muvofiq bo‘ladi. Mazkur so‘z turkumini o‘rganishda, ayniqsa,
«Maktabimiz tarixi», «Qishlog‘imiz tarixi», «Xo‘jaligimiz tarixi»,
«Maktabimiz ustaxonasi jihozlarini topshirish va qabul qilish» kabi
mavzularda matnlar yozdirish o‘ta foydalidir.
Sanoq sonlar o‘rganilar ekan, shu sonlarni o‘z ichiga olgan xalq
maqollari va hikmatli so‘zlar topish bo‘yicha «Topqirlar bellashuvi»
o‘tkazish yaxshi samara beradi. O‘quvchilar nafaqat «Bir bolaga etti
mahalla ota-ona», «Sanamay sakkiz dema», «Bir
yil tut ekkan kishi,
yuz yil gavhar teradi», «Bir dehqon omoch bilan, ettovlon cho‘mich
bilan», «Bir kalla–kalla, ikki kalla–tilla», «Bir kun janjal bo‘lgan
uydan qirq kun baraka uchadi», «Bir ko‘ngil imorati–ming Makka
ziyorati» singari xalq maqollarini topib, ulardan sanoq sonlarni
aniqlaydilar, balki shu maqollarning ma’nolari ustida ham ish olib
boradilar. Masalan, «Bir ko‘ngil imorati ming Makka ziyorati»
maqolida yaxshilik qilib, bir kishining ko‘nglini
shod va xursand
qilish Makkaga yuz marta borib haj qilib kelishdan yaxshiroq va
xayrliroq ekanligini tushuntiradilar. Shu o‘rinda o‘qituvchi buyuk
bobokalon shoirimiz Alisher Navoiyning «
К
imki bir ko‘ngli
buzuqning xotirin shod aylagay, oncha borkim,
К
a’ba vayron bo‘lsa
209
obod aylagay», baytini keltirib, bu baytning ma’nosini tushuntirishni
talab qilishi mumkin. O‘quvchilar mazkur
baytda ham yuqoridagi
mazmun ifodalanganligini aytishadi. Sanoq sonlarni o‘z ichiga olgan
so‘zlarni belgilangan miqdorga etkazib, ularning ma’nosini tushungan
va izohlab bera olgan o‘quvchilar o‘qituvchi tomonidan
rag‘batlantiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: