IDIOMA (yun. idioma- o`ziga xos ifoda, ibora) -ayn. Frazeologik chatishma.
KINETIK NUTQ (yun. kinetikos - harakatga oid). Imo-ishora tili.
KINOYA. Til birligini uning haqiqiy ma`nosiga nisbatan boshqa yoki qarama-qarshi ma`noda, kesatiq, qochiriq, piching bilan ishlatishdan iborat ko`chim: Xo`sh, sizcha nima qilish kerak, o`qimishli akam! - dedi kinoya bilan Yo`lchi (Oybek).
MA`NOSIZLANISH. So`zning o`z lug`aviy ma`nosini yo`qotishi, Mas, men uyda bo`laman gapi bilan xom meva taxir bo`ladi gapidagi bo`l fe`lini qiyoslang: birinchi gapda mustaqil fe`l, ikkinchi gapda esa lug`aviy ma`nosini yo`qotib, yordamchiga aylangan (ma`nosizlanishga uchragan) fe`l qatnashgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |