ARTIKULYATSIYA USULI. Tovush hosil bo`lishida ishtirok etuvchi nutq a`zolarining bir-biriga nisbatan olgan holati natijasida havo oqimining sirg`alib o`tishi, portlab chiqishi.
ARTIKULYATSIYA O`RNI. Tovush hosil bo`lishida qatnashuvchi nutq a`zolarining bir-biriga eng yaqinlashib, havo oqimiga to`siq hosil etadigan nuqtasi. qiyos. Artikulyatsiya usuli.
ARXAIZM (yun. archaios - qadimgi). Ma`lum davr uchun eskirgan, iste`moldan chiqa boshlagan til birligi (so`z, frazeologizm va b.). Mas, surur (sevinch), qayon (foyda) va b. qiyos. Istorizmlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |