«ona tili o`qitish metodikasi» fani


GLOSSARIY Umumiy ensiklopedik lug`atlar



Download 2,01 Mb.
bet186/195
Sana15.09.2021
Hajmi2,01 Mb.
#175172
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   195
Bog'liq
Ona tili o`qitish metodikasi majmua

GLOSSARIY


Umumiy ensiklopedik lug`atlar (UEL). Ma`lumki, UEL alfavit tartibida bo`lib, ularda so`zlar emas balki shu so`zlardan anglashilgan tushunchalar uchun asos bo`lgan narsalar tarixiy voqealar, tabiiy va ijtimoiy hodisalar, shaxslar geografik nomlar haqida ma`lumot beriladi va lug`at maqolalari lug`atdagi tavsif lug`at maqolasi deyiladi) lug`at yozilgan tilni tushunuvchi keng o`quvchilar ommasiga mo`ljallangan bo`ladi. O`zbekiston milliy enseklopediyasi ana shunday lug`atlardan biridir. Unda shunday deyiladi: O`zME (O`zbekiston Milliy enseklopediyasi universal enseklopediya bo`lganligi uchun fan-texnika va madaniyatning barcha sohalariga oid ma`lumotlar muxtasar tarzda ifodalanib, u insoniyat sivilizasiyasining muhim yutuqlari haqidagi bilimlar majmuidan iboratdir. Prezident I.Karimov O`zME ga yozgan so`zboshisida u haqda "Enseklopediyamiz o`zining ilmiy jihatdan chuqur, ayni vaqtda ommabopligi bilan keng kitobxonlar orasida obro`- e`tibor topib jahonning nufuzli qomuslari qatoridan munosib o`rin olishiga ishonchim komil" deb, uning vazifasini alohida ta`kidladi. Quyida O`zME maqolalaridan namunalar beramiz

LAYLATUL-QADR (arab, -qadr kechasi) -islom aqidasiga ko`ra ramazon oyining 26-dan 27-ga o`tar kechasi. Bu kechaning ulug`lanishi Qur`oni karimning shu kechada nozil etila boshlangani, bu kecha ming oydan afzal ekani to`g`risida Qur`onda bashorat berilgani bilan izohlanadi. Unda aytilishicha, bu kechada osmon farishtalari Jabroil hamrohligida yerga tushib tong paytigacha bir yillik bo`ladigan ishlar rejasini tuzadilar. Ular tuni bilan yana musulmonlar uchun istig`for aytib gunohlarini kechirishini so`rab, Allohga iltijo qiladilar. Yana q. Isro va me`roj.



AKKOMODATSIYA (lat. Assomodatio-moslashish). Tovushlarning kombinator o`zgarishlaridan biri qo`shni undosh va unlilarning qisman moslashuvi. Akkomodasiya shunday xulosaki, keyingi tovushning ekskursiyasi artikulyasiyasining boshlanishi oldingi tovushning rekursiya (artikulyasiyasining tugashiga) moslashadi (progressiv akkomodash yoki oldingi tovushning rekursiyasi keyingi tovushning ekskursiyasiga moslashadi. Ayrim tillarga unlining undoshga moslashishi xosdir. Masalan, rus tilida a, o, u unlilari yumshoq undoshlardan keyin til oldi unlilariga aylanadi ularning artikulyasiyasi ekskursiyaga intilgan. Qiyoslang: "mat"-"myat" "mol"-"myol", "luk"-"lyuk". Boshqa tillarda esa undoshning unliga akkomodasiyasi kuzatiladi. Masalan: fors tilida til oldi unlisidan oldin kelgan undosh tanglaylashadi. (22-bet)

Ko`rinadiki, maxsus ensiklopedik lug`at soha mutaxassislari uchungina zarur bo`lgan tushunchani ana shu soha ilmiy uslubiga xos ifoda bilan tasvirlaydi.



BOG`LAMA. Fe`l bo`lmagan so`zni fe`lga xos ma`no va vazifaga moslovchi yordamchi fe`l. Mas, Tolib rassom bo`ldi, Tolib rassom bo`lyapti, Tolib rassom bo`lmoqchi gaplarida bo`l yordamchisi rassom so`zi bilan qo`llanib. mayl, zamon, shaxs-son ma`nolarining ifodalanishi uchun xizmat qilyapti... Bog`lama vazifasini bajaruvchi birlik o`z leksik ma`nosini qisman saqlashi yoki faqat bog`lama vazifasini bajarishi mumkin. Shunga ko`ra, bog`lamaning ikki turi farqlanadi: 1) sof bog`lama (?.), 2) yarim mavhum bog`lama (?.).


Download 2,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish