Berilgan qo`shma gaplarda nuqtali vergul noto`g`ri qo`yilgan gaplarni aniqlang.
A. Quyosh chiqqan; yo`lovchilar gavjum.
B. Men, To`lqin va Gulchehra daraxtlarni oqladik; Bahodir erni og`dardi.
V. Havo bulutli; ammo yomg`ir yog`mayyapti.
G. Kun issiq; Yo`lchi odimlaydi (O.)
D. Bog`imizda anor, olma, nok kabi turli mevali daraxtlar ko`p; biz ularni parvarish qilamiz.
2. Berilgan qo`shma gaplarning qaysi birida ikki nuqta noto`g`ri qo`llanilgan?
A. Bugun havo ochiq; derazalarni lang ochib qo`ysa ham bo`ladi.
B. Vaqting ketdi; baxting ketdi (Maqol)
V. Yomg`ir yog`di: hamma tarqaldi.
G. Dengiz sokin: atrof yaqqol ko`rinar edi (X.G)
D. Tong otdi: biz yo`lga otlandik.
O`qituvchi qo`shma gap turlarini o`rgatish jarayonida ham, undan keyin ham gap sinosimiyasi ustida ishlashni unutmasligi lozim. Shu bois, qo`shma gaplarning barcha turlari o`rganilgandan so`ng “Qo`shma gaplarda ma`nodoshlik” mavzusini o`rganish ma`qul. O`quvchilar bu dars mashg`ulotida dastlab mazmunan bir-biriga yaqin bo`lgan, ammo bog`lanish vositalari jihatidan bir-biridan farq qiladigan qo`shma gaplarni o`zaro qiyoslab, ularning o`xshashlik va farqli tomonlari ustida ishlaydilar, hamda “Bahor keldi, borliq yashnab ketdi” tipidagi gaplarning o`zaro ma`nodosh ekanligini isbotlaydilar.
Darsning keyingi bosqichlarida o`quvchilar berilgan sodda gap juftlarini o`zaro bog`lovchilar va ohang vositasida bog`lab, ma`nodosh qo`shma gaplar hosil qiladilar; bog`lovchilar va yuklamalar vositasida bog`langan qo`shma gaplarni ohang vositasida bog`langan qo`shma gaplarga (va aksincha) aylantirish singari ijodiy-amaliy topshiriqlarni bajaradilar.
“Qo`shma gap” bo`limini o`rganishda matnni tahrir qilish, boshlang`ich qismi berilgan matnni mazmunan davom ettirish, matn yaratish kabilarga alohida e`tibor qaratiladi.
9-sinfning oxirida o`quvchilarga murukkab sintaktik butunliklar xususida ham ma`lumot beriladi. O`quvchilar gapning ifoda maqsadiga ko`ra turlari (darak, so`roq, buyruq garlar) ritorik so`roq gaplar, ularda tinish belgilari va ohang, ko`chma gapli qurilmalar bilan tanishtiriladi.
Shunday qilib, “Sintaksis, ohang va tinish belgilari” bo`limini yuqorida belgilangan martib asosida o`rganish “O`zbek maktabalarida ona tili o`qitish koncepciyasi”da belgilangan maqsad- ta`lim oluvchida ijodiylik, mustaqil fikrlash malakalarini chuqurlashtirib, ijodiy fikr mahsulini nutq sharoitiga mos ravishda og`zaki va yozma shakllarda to`g`ri, ravon ifodalash ko`nikmalarini shakllantirishga va rivojlantirishga muvofiq keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |