«ona tili o`qitish metodikasi» fani


Ona tili o`qitishning o`ziga xos tamoyillari



Download 2,01 Mb.
bet108/195
Sana15.09.2021
Hajmi2,01 Mb.
#175172
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   195
Bog'liq
Ona tili o`qitish metodikasi majmua

Ona tili o`qitishning o`ziga xos tamoyillari. O`qituvchi ona tilining umumdidaktik tamoyillari bilan bir qatorda, uning o`ziga xos tamoyillarini ham yaxshi bilishi va ta`lim jarayonida unga qat`iy amal qilishi lozim. Ilmiy-metodik adabiyotlar ona tili o`qitishning o`ziga xos tamoyillari xusuida turli xil fikrlar, qarashlar mavjud. Ayniqsa, bu turli-tumanlik tamoyillarining nomlanishida, tushunchalarni izohlashga ko`proq namoyon bo`ladi. Ona tili o`qitishning o`ziga xos tamoyillari shu tilning o`z tabiatidan kelib chiqadi. Modomiki shunday ekan, tildan o`rganiladigan bilimlarning manbai ham o`zbek tilshunosligi fani sanaladi. Chunki tildan beriladigan bilimlarning nazariy asoslari, ularning o`ziga xos xususiyatlari tilshunoslik fanida o`z ifodasini topgan. Ammo tilshunoslik fani “Tilni qaday o`qitish kerak?”, “Tildan o`zlashtiradigan bilimlarning hajmi va mundarijasi fanday bo`ladi?” degan savollaga javob topa olmaydi. Zero, bular tilshunoslik fanining vazifasi sanalmaydi. Chunki tilni o`qitish muammolari bilan metodika shug`ullanadi. Demak, tilni o`qitishning metodik tamoyillari, bir tomondan o`zbek tilining o`z xususiyatlaridan kelib chiqsa, ikkinchi tomondan tilni o`zlashtirish psixologiyasiga ko`ra belgilanadi. Biz quyida ona tilining o`ziga xos tamoyillariga alohida-alohida to`xtalamiz:

Til-me`yor-nutq mutanosibligi”tamoyillari. Ma`lumki, ona tili mashg`ulotlarida o`quvchilar ko`p hollarda tilga oid nazariy bilimlarni egallash bilan o`ralashib qolib, til me`yorlaridan unumli foydalanish, nutqni takomillashtirish ustida kam ishlaydilar. Bu hol, shubhasiz, ona tili darslarida o`quvchilarning zerikishiga, zo`rma-zo`raki, “o`rganilgan” til hodisalarining tezda unitilishiga sabab bo`lmoqda.

Maktab ona tili kursining asosiy maqsadi ijodiy tafakkur sohibini tarbiyalash, og`zaki va yozma nutqini rivojlantirish ekan, “til-me`yor-nutq mutanosibligi” tamoyiliga qat`iy amal qilmay turib, unga erishib bo`lmaydi. Til nima? “Til deganda- deb ta`rif beradi. H.Ne`matov, - jamiyatning barcha a`zolari uchun avvaldan (oldingi avlodlar tomonidan) tayyor holda keltirib qo`yilgan, hamma uchun umumiy, ya`ni qabul qilinishi majburiy, fikrni shakllantirish, ifodalash va boshqa maqsadlar uchun xizmat etadigan birliklar hamda bu birliklarning o`zaro birikishi va bog`lanishi belgilovchi qonun-qoidalar yig`indisi tushiniladi”. Demak, til fikrni shakllantirish va uni yuzaga chiqarish, birovga etkazish uchun imkoniyat sifatida o`quvchining ongiga mavjud. Tilning asosiy qonun-qoidalari, zarur birliklarni (nutq tovushlari, qo`shimchalar, so`zlarni), ularning birikish qonun-qoidalarini o`quvchi jamiyatdan tayyor holda oladi. Hali ona tilini maxsus o`quv fani sifatida o`rganmagan shaxs ham so`zlarni o`zaro biriktirib, gap qura oladi. U o`z fikrini boshqalarga bayon qiladi va o`zgalar fikrini boshqalarga tushunadi. Maktabda ona tilidan beriladigan bilim, malakalar va ko`nikmalar o`quvchining o`ziga mavjud bo`lgan ana shu imkoniyatlarini kengaytiradi; ya`ni uni o`zbek adabiy tilining boy xazinasiga olib kirish orqali fikrni og`zaki va yozma shakllarda to`g`ri, ravon ifodalashga erishtiradi.

Til ichki imkoniyat sifatida aniq bir fikrni xilma-xil usul va vositalar yordamida yuzaga chiqaradi. Bu ichki imkoniyat tilda behad ko`p va xilma-xildir. Me`yor nima? Me`yor tilning mana shu ichki imkoniyatlarini o`quvchi ongiga singdiruvchi omildir. Boshqacha qilib aytganda, me`yor nutqni ro`yobga chiqarish maqsadida til imkoniyatlaridan foydalanish uchun ko`rsatgichlar majmuasi sanaladi. Me`yorning oliy ko`rinishi milliy, adabiy til uslublari, mezonlaridir. Milliy, adabiy til me`yorlaridan xabardor o`quvchigina ona tili ta`limining so`nggi natijasi matn yaratishga qodirdir. Nutq nima? Nutq til imkoniyatlarining yuzaga chiqishi, voqealanshidir. Tilning boy ichki imkoniyatlaridan xabardor shaxs o`z fikrini og`zaki va yozma shaklda bemalol bayon qila oladi.

Ona tili ta`limida “til-me`yor-nutq” uzaro chambarchas bog`langan bo`lib, birini ikkinchisiz tasavvur etib bo`lmaydi. Dars mashg`ulotlarida ular orasida mutanosiblik o`rnatilmasa, ona tili ta`limining asosiy maqsadi-nutqiy taraqqiyot ortda qoladi.

O`zbek tilini o`qitish orqali o`quvchilar tafakkurining o`sishiga erishish tamoyili. Ona tili darslari o`quvchilarning mantiqiy tafakkurini o`stirishda yaxshi imkoniyatlarga ega. Tafakkur voqealikning ongli aks etish jarayoni, inson aqliy faoliyatning yuksak shaklidir. Tafakkur orqali fikr vujudga keladi. Fikrlash faoliyati esa nutq holatida namoyon bo`ladi. Demak, o`quvchi o`z tafakkurini rivojlantirmay turib, og`zaki va yozma nutqni egallay olmaydi. Tafakkur kuzatish, taqqoslash, tahlil qilish, umumlashtirish, guruhlash kabilarda namoyon bo`ladi.

Tafakkur mustaqil aqliy faoliyat mahsulidir. O`quvchi til hodisalari yuzasidan mustaqil aqliy faoliyat ko`rsatmas ekan, unda mantiqiy tafakkurning rivojlanishi haqida gap bo`lishi mumkin emas. Ijodiy izlanish va ijodiy fikrlash o`quvchida ijodiy tafakkurni yuzaga keltiradi. Ijodiy tafakkur esa o`quvchilarda noma`lum bo`lgan til hodisalarining mohiyatini bilib olishga yordamlashadi: egallangan bilimlarning puxtaligini ta`minlaydi: o`quv materialiga bo`lgan qiziqishni kuchaytiradi.

O`quvchilar tafakkurini rivojlantirishda ularga berilgan savol va topshiriqlarning ahamiyati benihoya katta. O`qituvchi savol va topshiriqlarni darslikdan olishi yoki uni o`zi tuzishi mumkin. Tafakkurni rivojlantirish aqliy faoliyat usullari (kuzatish, qiyoslash, guruhlash, umumlashtirish kabi)ni to`g`ri ishga solish bilan chambarchas bog`langan.

Ona tili kursi bilimlari orasidagi bog`lanish va boshqa fanlar bilan o`zaro aloqani ta`minlash tamoyili. Ona tili o`qitish samaradorligini oshirishning muhim omillaridan biri mavzulararo, bo`limlararo, sinflararo, fanlararo bog`lanishdir. Ona tili o`quvchisi mavzular va bo`limlarning bog`lanishi, aloqasini aniq belgilashi va o`qitish jarayonida unga amal qilishi lozim. V sinfda “Leksika” bo`limi o`rganilar ekan, u so`z yasalishi va grammatika bilan, fonetika, so`z yasalishi va morfologiya bilan uzviy bog`lanadi. So`z yasalishi esa leksika bilan ham, morfologiya bilan ham chambarchas bog`langan. Chunki, so`z yasash natijasida yangi leksik ma`noli so`zlar hosil bo`ladi, yangi yasalgan har bir so`z ma`lum so`z turkumi sifatida shakllanadi. Maktab ona tili kursining turli bo`limlari orasidagi o`zaro bog`lanishga amal qilish o`quvchiga o`tilganlarni samarali, mukammal takrorlash va mustahkamlash imkonini beradi. Chunonchi o`quvchi mustaqil so`zlarni o`rganar ekan, bunday so`zlarning sintaktik vazifalarini, sintaksisni o`rganishda esa so`z turkumlari haqidagi ma`lumotlarni takrorolash imkoniyatiga ega bo`ladi. Ona tili fani ichidagi bog`lanish ikki xil ko`rinishga ega:



  1. Download 2,01 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish