Farzona. Ziyoli ziyokorlar ziyosi. Nasriddin Rahmonov
203. Yaxshi xulqlar () diyonat, qanoat, shijoat, vijdon, Vatanni suymak va boshqalar insonni ulug‘laydi. Bu yerda
qanday tinish belgisi ishlatiladi? A) vergul B) nuqtali vergul C) ikki nuqta D) tire
204. G‘azab, jaholat, adovat, g‘iybat, tama, zulm yomon xulqlar kishini tubanlik qa’riga tashlaydi. Ushbu gapda
qaysi o‘rinda qanday tinish belgisi ishlatiladi?
A) «zulm» so‘zidan oldin tire B) «zulm» so‘zidan oldin nuqtali vergul
С) «zulm» so‘zidan so‘ng vergul D) «zulm» so‘zidan so‘ng tire
205. G‘azab, jaholat, adovat, g‘iybat, tama, zulm – yomon xulqlar kishini tubanlik qa’riga tashlaydi. Ushbu gapda
umumlashtiruvchi so‘z qaysi so‘z turkumi bilan ifodalangan? A) sifat B) ravish С) ot D) olmosh
206. Quyosh, havo, suv – hammasi bizning do‘stimiz. Ushbu gapda umumlashtiruvchi so‘z qaysi so‘z turkumi bilan
ifodalangan? A) sifat B) ot C) ravish D) olmosh
207. So‘zlovchining fikri qaratilgan shaxs yoki narsalarni bildiruvchi bo‘lak qanday ataladi?
A) undalma B) kiritma С) so‘z-gap D) atov gap
208. Undalma boshqa bo‘laklardan qanday tinish belgisi bilan ajratiladi?
A) ikki nuqta B) vergul, ba’zan alohida hishayajon bilan aytilsa,
undov С) vergul yoki nuqtali vergul D) faqat vergul 209. Undalma
gapning qaysi o‘rinlarida keladi?
A) barcha o‘rinlarida B) boshida C) o‘rtasida D) oxirida
210. Ey (1) o‘g‘lim (2) idishda nima olib borursan? Bu yerda qanday tinish belgilari ishlatiladi?
A) 1. Hech qanday tinish belgisi ishlatilmaydi. 2. Vergul B) 1. Hech qanday tinish belgisi ishlatilmaydi. 2. Tire
С) 1. Vergul. 2. Ikki nuqta D) 1. Vergul. 2. Nuqtali vergul
211. Undalma qaysi xususiyatiga ko‘ra yoyiq va yig‘iq kabi turlarga bo‘linadi?
A) mustaqil qo‘llana olish-olmasligiga ko‘ra B) gap bilan ifodalanishiga ko‘ra
С) atov gaplar bilan birgalikda kelishiga ko‘ra D) bitta yoki bir nechta so‘zdan iborat bo‘lishiga ko‘ra
212. Undalma qanday so‘roqqa javob bo‘ladi?
A) ot so‘z turkumining so‘roqlariga javob bo‘ladi B) barcha ismlarning so‘rog‘iga javob bo
‘ladi С) gapdagi o‘rniga ko‘ra savol beriladi D) undalma tahlil qilinmaydi 213. Undalmaning
ostiga qanday chiziladi?
A) to‘g‘ri chiziq B) nuqtali chiziq С) 2 ta to‘lqinli chiziq D) undalamaning tagiga chiziq chizilmaydi
214. Men sizni quyosh deb atayman, onajon!.. Ushbu gapdagi undalma qaysi o‘rinda kelgan?
A) gapning o‘rtasida B) gapning oxirida С) gapning boshida D) butun gap undalma ma’nosini tashkil etgan
215. Xush kelibsizlar qo‘noqlar poyqadamingizga hasanot!!! Ushbu gapdagi undalmani toping. Qanday tinish
belgisi tushib qolgan?
A) Qo‘noqlar. Qo‘noqlar so‘zining ikki tomonidan vergul qo‘yilishi kerak
B) Qo‘noqlar. Qo‘noqlar so‘zidan so‘ng vergul qo‘yilishi kerak
С) Qo‘noqlar. Qo‘noqlar so‘zidan so‘ng ikki nuqta qo‘yilishi kerak
D) Qo‘noqlar. Qo‘noqlar so‘zidan oldin vergul qo‘yilishi kerak
216. «Qo‘noq» so‘zining ma’nosi nima? A) mehmon B) qo‘nuvchi С) mezbon D) kaptar
217. So‘zlovchining fikriga ishonch, gumon, taxmin singari ma’nolarni qo‘shadigan bo‘lak qanday bo‘lak?
A) kiritma so‘z B) atov gap С) so‘z-gap D) kirish so‘z
218. Kirish so‘zlar boshqa bo‘laklardan qanday tinish belgisi bilan ajratiladi?
A) ikki nuqta B) vergul С) nuqtali vergul D) tire
219. Kirish so‘zlar gapning qaysi o‘rinlarida keladi? A) boshida B) o‘rtasida C) oxirida D) barcha o‘rinlarida
220. Kirish so‘zlarning tagiga qanday belgi chiziladi?
A) to‘g‘ri chiziq ostiga to‘lqinli chiziq B) to‘g‘ri chiziq С) nuqtali chiziq D) to‘lqinli chiziq
221. Bunday paytlarda odamlar yordamga kelmasa, nozik niholchalarning ko‘pchiligi nobud bo‘lib ketishi
mumkinku, axir! Ushbu gapdagi kirish so‘z qaysi o‘rinda ishlatilgan?
A) gapning oxirida B) gapning o‘rtasida С) gapning boshida D) bu gapda kirish so‘z mavjud emas
222. Bu ariqlarning suvlari allaqachon, aniqrog‘i, bundan to‘rt yillarcha oldin qurib qolgandi. Ushbu gapdagi kirish
so‘zni toping. A) allaqachon B) bundan С) bu D) aniqrog‘i
223. Fikrning to‘g‘riligini bildiruvchi kirish so‘zlarni ayting.
A) ehtimol, balki B) darhaqiqat, albatta С) albatta, shubhasiz, darhaqiqat D) shubhasiz, avvalo 224.
Fikrning gumonligini ifodalaydigan kirish so‘zlarni ayting.
A) darhaqiqat, albatta B) shubhasiz, avvalo C) albatta, shubhasiz, darhaqiqat D) ehtimol, balki 225.
Yakuniy fikrni bildiruvchi kirish so‘zlarni toping.
Do'stlaringiz bilan baham: |