3. 6. O‘qish darslarida o‘quvchilar nutqini o‘stirish.
Reja:
1. Nutq o‘stirish bo‘yicha olib boriladigan ish turlari.
2. Lugat ustida ishlash. Leksiko-semantik, leksiko- stilistik mashklar.
3. Gap ustida ishlash.
4. Dialogik va monologik nutqni o‘stirish.
5. Bog‘langan nutqni o‘stirish yo‘llari, usullari.
Yordamchi mehnat ta’limi maktabida o‘qish darslarida nutqni o‘stirish ishlarini
to‘g‘ri tashkil etish muhim ahamiyatga ega. Xar bir o‘qituvchi bola nutqini xar
tomonlama o‘rganib chiqishi lozim O‘qish darslarida logoped boshlagan ish
davom ettiriladi, bola talaffuziga katta e’tibor beriladi, nuqsonlari tuzatib
boriladi. O‘qish darslarida bolaning lug‘at boyligi qay holatda ekanligi
aniqlanadi, boyitiladi va faollashtiriladi. Grammatik jihatdan gapni to‘g‘ri
tuzishga o‘rgatish ishlari davom ettiriladi. Dialogik va monologik nutqni
o‘stirish, o‘z fikrlarini izchillik bilan mantiqan to‘g‘ri bayon etishga o‘rgatish
ishlari ham dastur talablaridan asosiylari bulib hisoblanadi. O‘qituvchining
savollariga javob qaytarish, o‘qilgai matn mazmunini mustaqil gapirib berish,
rasmga qarab oya tuzish kabi ish turlari barcha sniflarda amalga oshiriladi.
O‘quv yili vaqtiga qarab mashqlarni bajarishga qo‘yiladigan talablar o‘zgaradi:
og‘zaki bayoi hajmm ortib boradi, mustaqillik oshadi, ish turining sifati
o‘zgaradi, jumladan xuddi matndagidek bayon va qisqa bayon, uchinchi shaxs
nomidan bayoi etish, vaqt va davrni o‘zgartirib bayon etish va x. k.
Lugat ustidagi ishlar bolalarniig kurgan-kechirganlari, shaxsiy faoliyati,
amaliy ishlariga, tajribasiga tayangan holda amalga oshiriladi. Shuning uchun
71
predmetni, uning belgisi yoki sifatini ko‘rsatish, tatib ko‘rish yo‘li bilan amalga
oshirilgan lugat ishlari eng samaralidir.
'
Amaliy faoliyatda predmetni kuzatish, o‘rganish yanada ham faollashadi.
Lugat ustidagi ishlar doim bir tartibda ( so‘zni tushuntirish, ran ichida ishlata
olishga o‘rgatish, kontekst ichida ishlatish) amalga oshiriladi. Ekskursiya,
kuzatishlar, predmet darslari, kinofilm, rasmlar va boshqa o‘qituv vositalari
nutk ustirish manbalaridir. Yangi urganilgan suzlar leksiko-semantik va leksiko-
stilistik mashqlar yordamida mustahkamlanadi. Leksiko-semantik mashqlarga:
belgisiga qarab so‘zni topish ( rangi, shakli, nimadan qilinganligi ); buyumlarni
taqqoslash, analiz va sintez qilish, qismlarga bo‘lish, qismlardan bir butun nima
ekanligini aniqlash (to‘rt oyoqli, taxtadnm yasalgan -stol); asosiy belgisiga kura
buyumlarni tasniflash(meva-olma,nok, uzum).
Leksiko-stilistik mashklar suzlarni gap ichida to‘g‘ri qo‘llash va yozishga
o‘rgatish maqsadida olib boriladi. Tilning grammatik vositalarini bola qay
darajada o‘zlashtirganligiga qarab uning fikrlash qobiliyati, tafakkuri baholanadi.
Aqli zaif bolalarning deyarli barchasida gap tuzishning leksiko-grammatik
poydevori shakllanmagan bo‘ladi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari muloqat
vaqtida aytmoqchi bo‘lganini chalkashtirib, gap tuza olmaydilar, gap ichidagi
so‘zlarni bir biri bilan to‘g‘ri bog‘lay olmaydilar, tushurib ketadilar. Natijada
fikri buziladi, so‘zlari poyma-poy bo‘lib qoladi.
Aqli zaif bolalar bilan gap ustida ishlashning asosiy yo‘nalishlari kuyidagicha:
Gan tuzishga o‘rgatish, o‘z fikrlarini bayon etishda to‘g‘ri tuzilgan grammatik
va leksik vositalardan urnnli foydalana olish, savollarga tugri javob kaytarish.
Gap tuzish mashqlariii quyidagi tartibda utkazish mumkin:
o‘yin faoliyati, kuzatish, amaliy ishlar, rasm asosida o‘qituvchining
topshirig‘iga binoan mustaqil ravishda ran tuzish, matn ichidan kerakli gailarni
ajratib olish, gan ichidagi so‘zlarii almashtirish; gapni tugallash (ma’nosiga
ko‘ra tartibsiz berilgan so‘zlardan ran tuzish va boshqalar).
Aqli
zaif
bolalar
nutqi|ning
barcha
tuzumlari
(fonetiko-fonematik,
leksik
va
grammatik)
yaxshi
rivojlanmaganlign
72
natijasida
bog‘langan
nutqining
shakllanishi
ancha
mushkul.
Bog‘langai nutq impressiv (atrofdagilar nutqini tushunish) va ekspressiv (tapira
olish) nutqlarni o‘z ichiga qamrab oladi. Bog‘langan nutqni ustirish shplari
dialogik nutqni o‘strish mashqlaridan boshlanadi.
Suhbat-dialogik nutqni rivojlantirishning asosiy usuli. Suhbat orkqali bola
to‘liq gaplarni tuzishga mashq qiladi. Yil sayin gaplar murakkablashib, bir
vaqtni o‘zida bola uch-to‘rt gap orqali javob berishga va shu yul bilan monologik
nutq elementlarini egallashga o‘rganadi. Bola nafaqat javob beradi, balki
mustaqil savol berishga ham o‘rganib boradi. Suhbatdan so‘ng, o‘qish
darslarida bola matn mazmunini bayon etishga harakat qiladi. Bog‘langan
nutqni o‘stirishda quyidagi talablarga amal qilish lozim: gapirshni talab
etadigan vaziyatni yaratish, gapirishga intilish-motiv, hohish, qiziqish
uyg‘otish; amaliy faoliyat asosida mantiqan to‘g‘ri gapira olishga o‘rgatish
(rasmli, sxematik so‘z bilan ifodalangai reja asosida); bayon etishning
maqsadini bolaga aniq qilib tushuntirish; mustakil bayon etishga o‘rgatish. Bunda
o‘qituvchi iloji boricha gapirmaydi, imo-ishora yordamida rasmni ko‘rsatish,
rangni va shaklni ko‘rsatish va boshqa yo‘llar bilan yordam berib boradi.
Bog‘laigan nutqni o‘stirish ishlari bayon etishga tayyorlash, o‘rganilgan
matnga reja tuzish, gaplarni leksik, morfologik, sintaktik jixatdan to‘g‘ri
tuzishga o‘rgatish bosqichlari bo‘yicha amalga oshiriladi.
Savol va topshiriqlar.
1. Nutq turlarini ta’riflab bering.
2. Nutqning funksional tizimiga nialar kiradi?
3. Lugat ustida qanday ishlash lozim?.
4. Leksiko-semantik, leksiko- stilistik mashqlar.
5. O‘qish darsida gap ustida qanday ishlar olib borilishi mumkin?
4. Dialogik va monologik nutqni o‘stirish yo‘llarini ta’riflab bering.
5. Bog‘langan nutqni o‘stirish yo‘llari, usullari?
Tavsiya qilinadigan adabiyotlar
1. Ashrapova T. , Odilova M. Ona tili metodikasi-T. ,1984
73
2. AksyonovaA. K. Metodika obucheniya russkomu yazыku vo vspomogatelnoy
shkole. - M. , Prosveщyeniye, 2004
3. Boshlang‘ich maktabning davlat ta’lim standartlari. RTM, T. ,2006
4. Kosimova K. Boshlang‘ich sinflarda ona tili o‘qitish metodikasi. -T. 1985
5. V. V. Voronkova Obucheniye gramote i pravopisaniyu v 1-4 klassax
vspomogatelnoy shkolы. Moskva, prosveщyeniye,1988
6. Obucheniye uchashixsya 1-4 klassov vo vspomagatelnoy shkole /Pod redaksiyey
Petrovoy V. G. Moskva, Prosveщyeniye, 1992.
7. Yordamchi maktablar uchun ona tili, o‘qish va nutq o‘stirish dasturi. tuzuvchi V.
S. Raxmanova, T. ,2003
8. Pulatova F. M. Oligofrenopedagogika T, 2006.
9. Raxmanova V. S. Maxsus pedagogika T. 2005
10. Raxmanova V. S. Ona tili o‘qitish maxsus uslubiyati. (ma’ruza matni) T.
,2003
Do'stlaringiz bilan baham: |