Оnа tili dаslаridа аqli zаif o’quvchilаrning оbrаzli tаfаkkurini rivоjlаntirish yo’llаri



Download 396 Kb.
bet11/20
Sana16.01.2022
Hajmi396 Kb.
#378631
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   20
Bog'liq
ona tili daslarida aqli zaif oquvchilarning obrazli tafakkurini rivojlantirish yollari

Bola shaxsini shakllantirishda tasavvurning roli.

Bilish faoliyatining buzilishi natijasida aqli zaif o’quvchilarning tasavvuri o’zgaruvchan bir tomonlama xarakterga ega bo’ladi. Lekin ijtimoiy muhit aqli zaif bolalarda shaxs qirralarini tarkib topishida muhim o’rin tutadi. Atrofdagilar aqli zaif bolalarga me’yorda rivojlangan bolaga singari munosabatda bo’lgani uchun unda shaxsning o’ziga xos xususiyatlari shakllanib boradi. Aqli zaif bola sog’lom aka-singillari kabi munosib farzand bo’lmayotgani, unga muxabbat, achinish, qayg’urish munosabatida bo’layotganini sezadi. Shuningdek, u o’z yaqinlariga og’irlik bo’layotgannini seza boshlaydi. Bilish faoliyatidagi nuqson aqli zaif bolaga kattalar bilan normal muloqotda bo’lishiga to’sqinliq qiladi. Aqli zaif bolaning sub’ektiv holatini tushunish uchun yuqori darajadagi kuzatuvchanlik xususiyatiga ega bo’lish talab etiladi. Aqli zaif o’quvchi ta’lim-tarbiya olayotgan ijtimoiy muhit ham shunday kuzatuvchanlikni talab etadi, lekin boshqa odamning ichki holatini tushuna olish uchun, tasavvurning yuqori darajasi mavjud bo’lishi kerak.

Aqli zaif bolalarni boshqa odamni ichki dunyosini tushunish darajasini aniqlash uchun V, VII va IX sinf o’quvchilari bilan quyidagicha tadqiqot o’tkazildi. Tekshiruvchilarga metro vagonida yig’lab o’tirgan qizaloq rasmi ko’rsatilgan. Uning bir qo’lida so’mkacha, ikkinchi qo’li bint bilan bog’langan. Yo’lovchilar unga xayron bo’lib boqmoqdalar. Rasmni ko’rsatish bilan tekshiriluvchilarga quyidagicha matn berilgan. Metroda bir qizcha ketayapti. U oyna oldida so’mkasini quchoqlab o’tirib yig’lamoqda. Hamma unga qarab “Nima bo’ldi?”, “Nimaga bu qizcha yig’layapti?” deb o’ylayapti. Rasmni 5 daqiqa tomosha qilib, matnni 2 marta o’qib o’quvchi qizcha bilan nima bo’lgani, u nima sababda yig’lagani, nima uchun qizcha qayg’urayotganini aytib berishi kerak. Aqli zaif bolalarning ko’p qismi qizcha pulini, narsani yo’qotib qo’ygani uchun yig’layapti deb fikrladilar. Ayrimlari qizcha qo’li og’riyotgani uchun yig’layapti deb nomladilar. Aqli zaif bolalar qizchaning yig’isi sababini rasm asosida idrok etilganlar asosida aytdilar. Aqli zaif o’quvchilarning ayrimlari o’z hayotidagi mavjud obrazlar orqali rasmni tahlil qildilar. Ular qizcha yo’qolib qolgan, ayrimlari qizcha kuchukchasini yo’qotib qo’ygan deb fikrladilar. IX sinf o’quvchilar ijodiy tasavvurga tayanib, qizchaning qayg’urish sabablari matn asosida gapirib berdilar.

Shunday qilib, V sinf o’quvchilari qizcha yig’isini sababini bir tipda ko’rsatganlar (pul, narsa yo’qotish, qo’li og’rishi), yuqori sinf o’quvchilari javoblari turlicha tipda namoyon bo’ldi. IX sinf o’quvchilari yig’i javobini imtixonda ikki baho olish, o’rtog’i bilan xafalashishi, ota-onasini yo’qotib qo’yishida deb ko’rsatadilar. Ularning hikoyalari qizcha qayg’urayotgan tuyg’ularini xis etish asosida qurilgan.

Aqli zaif bolalarga o’rtog’i holatini tushunish uchun o’zaro xat yozish malakasi tadqiqot ob’ekti sifatida tekshirildi. Vazifani to’liq tushunish uchun boshi yozilgan xat aqli zaif bolalarga berildi (Salom qadrli Alijon aka sog’liqlaringiz yaxshimi? Sizga ukangiz Valijon salom xat yozmoqda). Shu xatni aqli zaif o’quvchilar davom ettirishlari talab etildi. Topshiriq ikki marta tushuntirilsa ham V sinf o’quvchilari bu vazifani to’liq tushunmaganlar. Ular o’z xatlari qanday o’qiyotgani, o’qituvchi, tarbiyachini topshiriqlarini qanday bajarayotgani, qanday kino ko’rganliklarini bayon etganlar. Ular boshqa odam nomidan xat yozayotganini unutib, o’z nomidan yozganlar. Aqli zaif bolalar tomonidan yozilgan xat ma’nosi va fikrlari miqdoriga ko’ra juda kambag’alligi ifodalangan. Xatlar o’zini shaklini yo’qotib, ma’lum odam haqidagi hikoyaga o’xshab qolgan. Bu V sinf aqli zaif o’quvchilari boshqa odam nuqtai nazaridan fikrlay olmasligidan dalolat berdi.

Ta’lim jarayonida aqli zaif o’quvchilar tasavvur qilinayotgan shaxs siymosiga kirishni, uni nomidan gapirish, xat yozishni o’rganadilar. Yuqori sinf o’quvchilari xatlari eksperimental tadqiqot talablariga javob bergan, ularda V sinf o’quvchilari xatlariga xos xatoliklar mavjud bo’lgan. Shuni ta’kidlash joizki, aqli zaif o’quvchilar o’z xatlarida xotira obrazlariga tayanib, real va konkret xodisalarni tasavvur qiladilar. Demak, aqli zaif bolalarni boshqa odam holatini tasavvur qilish qobiliyati, uning olamiga kirish bu toifadagi bolalarda sog’lom bolalarga nisbatan kech shakllanadi. Bu malaka badiiy adabiyotni o’qish jarayonida ijobiy obrazga xayri-xoxliq qilish natijasida namoyon bo’ladi. Boshqa odam ichki dunyosini tushunish ichki nutqning rivojlanish darajasiga ham bog’liq bo’ladi. Aqli zaif bola ichki nutqsiz boshqalar bilan fikriy kommunikatsiyaga kirisha olmaydi.




Download 396 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish