2. Ta’kidlovchi eksperiment natijalarining tahlili
Aqli zaif bolalar bilish faoliyatining o’ziga xosligi nutqning kech shakllanishi va mavxum tafakkurning o’ziga xosligi bilan asoslanadi. Aqli zaif o’quvchilarning ko’ruv obrazlari yorqinligi, jonliligi bilan xarakterlanadi, lekin tafakkurning kech shakllanishi so’zning harfiy ma’nosini tushunishda murakkablik tug’diradi. Shu o’rinda V – VIII sinflarda o’quvchilar maqol va tez aytishlarni tushunish darajasini o’rganishga qaratilgan tadqiqot natijalarini ko’rib chiqamiz. Tadqiqotda faqat V-sinf o’quvchilari emas, balki VII va VIII sinf o’quvchilari ham qatnashadilar. “Quduqqa tuflama, uni ichish o’rni kelar” maqolini tushunmaganlar. Ular bu maqol ma’nosini bu yaxshi emas, quduqqa tuflash mumkin emas, mikroblar bo’ladi deb tushunganlarini aytadilar.
Aqli zaif bolalarni so’zlarni ko’chma ma’nosini tushunishdagi qiyinchiliklari tasavvurning yetarli darajada emasligi bilan xarak - terlanadi.
Tasavvurni quyidagi turlarga tasniflash lozim:
-Passiv tasavvur;
-Faol tassavur. U ijodiy va yaratuvchanlik xarakteriga ega bo’ladi.
Passiv tasavvur oldindan o’ylangan va oldindan o’ylanmagan bo’lishi mumkin.
Yaratuvchan tasavvur. Yaratuvchan tasavvur haqida predmet, xodisa, voqeaning so’z orqali tavsiflash asosida uning ko’rgazmali obrazi, ta’ssuroti asosida yuzaga keladi. Aqli zaif bolalar ruhiy faoliyatining bu turi o’ziga xos bo’ladi. Yaratuvchan tasavvurga ko’ra bola ongida atrof olam keng, ko’p qirrali bo’lib namoyon bo’ladi. Aqli zaif bolalar aqliy dunyo qarashi shaxsiy tajriba doirasidan tashqarisiga chiqadi. Lekin so’zlashuv nutqi va mavxum tafakkurining rivojlanishdan orqada qolishi aqli zaif bolani insonlarning ijtimoiy tajribasini to’liq egallashiga to’sqinlik qiladi. Aqli zaif bolalar bilish faoliyatida yaratuvchan tasavvur muhim o’ringa ega, u turli turdosh mehnat faoliyatining zarur komponenti sanaladi. Tarix, o’qish, grammatika va imlo bo’yicha bilimlarni egallashda oldin idrok etilmagan obrazlar, ta’ssurotlardan foydalanadilar. Yaratuvchi tasavvur o’quvchilarni badiiy asarlarni mustaqil o’qishda katta o’ringa egadir. Bola ongida asar muallifi tomonidan yaratilgan obrazlar, xodisalar haqida tasavvur yuzaga keladi. Bu o’quvchiga turli davrlardagi xodisalar va inson his-tuyg’ularini tushunish imkonini beradi. O’qituvchilar kuzatishicha, aqli zaif bolalarda o’qish jarayonida shakllanuvchi obrazlar har doim ham to’g’ri tavsiflanmaydi. Ko’pincha bu o’qilgan asar mazmunini tushunmaslikka olib keladi.
IV va VIII sinf aqli zaif o’quvchilar va IV sinf ommaviy maktab o’quvchilariga “do’stlar” hikoyasi o’qib berilgan. Hikoya matni o’qilgach har bir o’quvchi bilan alohida ishlanib, qaysi so’z tushunarsiz bo’lganligi aniqlangan. Bu so’zlar ma’nosi tushuntirib berilgan. So’ng o’quvchi hikoyani 2 marta o’qib, hikoya bo’yicha rasm chizgan. Tajribada 30 nafar aqli zaif va 30 nafar sog’lom o’quvchi qatnashgan. Barcha bolalar hikoya bo’yicha rasmni qiziqib chizganlar. Tadqiqot materialida quyidagilar aniqlanishi lozim edi:
Hikoyada tasvirlangan xodisaning qaysi davri rasmda tasvirlangan;
Tasvirdagi ayrim ob’ektlar hikoyada tasvirlangan ob’ektlar bilan o’xshashligi darajasi (miqdori, shakl, razmer, buyoq rangi).
“Do’stlar” hikoyasi syujeti 3 qismga ega bo’ladi:
Ota-onalar ketishi;
Sel, daryo toshqini;
O’zaro yordam.
Bolalar rasmlarida xodisaning qaysi davri tasvirlangani quyidagi jadvalda o’z aksini topgan:
Jadval-1
Aqli zaif o’quvchilarning rasmlarda xodisaning qaysi davri tasvirlanganligini aniqlash xolati
№
|
Rasmda tasvirlangan xodisalar
|
Bolalar chizgan rasmlar
|
Aqli zaif bolalar
|
Sog’lom bolalar
|
1
|
Ota-onalar ketishi
|
10
|
30
|
2
|
Sel, daryo toshqini
|
14
|
23
|
3
|
O’zaro yordam
|
18
|
23
|
4
|
Xodisaga bevosita aloqador xodisalar
|
16
|
0
|
5
|
Turli davrdagi epizodlarni birga tasvirlash
|
12
|
0
|
Jadvaldan ko’rinib turibdiki, sog’lom bolalarda rasm va hikoyadagi epizodlar o’rtasida aniqlik mavjud. Ular sel va daryo toshqinini chizganlar, birinchi planda uy, daryo, qirg’oq, uy ko’prik, o’rmonni tasvirlashgan. Itni qutqarish epizodida daryo, it uni qutqarayotgan bola ifodalangan boshqa ob’ektlar ikkinchi planda tasvirlangan. Aqli zaif o’quvchilar esa bu epizodlarni tasvirlashda ko’p xatoliklarga yo’l qo’yishganlar. Ular sel va daryo toshqinini kamroq chizganlar. Asosan ota-onalarni shaharga ketayotgani epizodni ko’proq chizganlar. O’zaro yordamni 18 nafar o’quvchilar tasvirlaganlar. Aqli zaif o’quvchilar ikki epizodni qo’shib chizgan hollari ham bo’lgan. Ota-onani shaharga ketayotgani va o’zaro yordam epizodini qo’shib chizganlar. Ayrim o’quvchilar itni do’sti qutqarishini o’rmonga sayr epizodi bilan almashtirib chizganlar. Sog’lom bolalar chizgan rasmi qishloq tabiati, o’rmon, daryo oldidagi uy peyzajini tasvirlasa, aqli zaif o’quvchilar shahar peyzaji fonida chizganlar.
Shunday qilib, me’yorda rivojlangan sog’lom bolalar rasmlari ijodiy xarakterga ega. Rasmlar o’qilgan hikoyani o’zida aks ettirmaydi. IV sinf aqli zaif va me’yorda rivojlangan sog’lom o’quvchilarining rasmlari tahlili shuni ko’rsatdiki, rasmlarni chizishda aqli zaif o’quvchilar qiynaldi, topshiriqni bajara olmadilar. Hikoyada uy tomi qizil, it uychasi sariq rangda tasvirlangan edi. Faqat 40 foiz aqli zaif bola rasmni to’g’ri bo’yagan. Qolgan aqli zaif o’quvchilar uyni tomini yashil, jigarrang, qora, it uyini turli rangda bo’yaganlar. Sog’lom bolalarning asosiy qismi (71 %) rasmni xikoyada tasvirlangan holda chizganlar. Aqli zaif o’quvchilar rasmni xotirasida mavjud uydan nusxa olib chizadi. Rasmni detallashgani, tasvirlangan ob’ektlarni o’ziga xos bo’yash, hikoya matnidagi aqli zaif o’quvchilarga tanish predmetlar obrazlari faollashtiriladi. Aqli zaif bolalar xotira obrazlarning matndan tashqari assotsiatsiyalarini yuzaga keltiradi. Bu esa hikoyada tasvirlangan obrazlarni to’liq tasavvur qilishga to’sqinlik qiladi.
Ixtisoslashtirilgan maktabning IV sinf o’quvchilari chizgan rasmlari o’ziga xosligi hikoyaning mazmunini idrok etish xususiyati bilan bog’liqdir. Ayrim bolalar tasvirlanayotgan xodisaning umumiy mazmunini anglab oladilar. Natijada ularda shartning o’zida aks ettira olmaydigan o’zaro bog’lanmagan predmetlar obrazlari yuzaga kelgan. Ayrim bolalar chizgan sur’atlari hikoya matni o’tmishdagi tajribasidan biror xodisani eslashini namoyon qilgan. O’tkazilgan tajriba, aqli zaif bolalarni rasmning syujetini idrok etishi o’ziga xosligi haqida, uning tasavvurining kambag’alligi, so’zni bayon etilgan matnga bog’lab mavjud tasavvurni qayta tiklash malakasi yo’qligidan dalolat berdi. Yuqori sinfga borib, yaratuvchan tasavvurni ma’lum darajada rivojlanishi kuzatiladi. VIII sinf o’quvchilari hikoya matnini aniq tasvirlaydilar. IV sinfdan farqli ravishda yuqori sinf o’quvchilari umumiy epizodlarni tasvirlaydilar. Peyzaj sharoiti yuqori sinf o’quvchilari chizgan sura’tlarda matndagi tasvirlangan mazmunga mos keladi. VIII sinf o’quvchilari aytilgan ob’ektlarni fazoviy joylashishini aniq tasavvur qiladilar. Lekin ularga ob’ektlarni o’ylangan sharoitga kiritish murakkablik tug’diradi. Yuqori sinf o’quvchilari rasmlari juda murakkab edi. Ularning mualliflari tasvirlanayotgan xodisa dinamikasini berishga xarakat qilgan.
Shunday qilib, yuqori sinf aqli zaif o’quvchilari hikoyada tasvirlangan xodisa va ayrim ob’ektlarni to’liq darajada tasavvur qiladi, lekin ob’ektlarning fazoviy joylashuvi ularda qiyinchilik tug’diradi.
O’quvchilarning ijodiy tasavvurining elementar shakllari haqida. Ijodiy tasavvur tasavvurni oldindan namoyon bo’lishi va mustaqil ravishda yangi obrazlar, ta’ssurotlar yaratish bilan belgilanadi. Ijodiy tasavvur va tafakkurning o’zaro munosabatini tadqiq etib, A.V.Petrovskiy7 va M.B. Verbenskiy bu ikki ruhiy jarayonda intellektual faoliyatning turli aspektlarini ko’radilar. Ular tasavvur va tafakkurning bir necha shakli mavjud deb e’tirof etadilar. Ijodiy tasavvur jarayoni sifatida xotira asosida yangi obrazlarni yaratish bilan belgilandi. Tasavvurning qurilish materiali – bizning o’tmish tajribamiz, tasavvur natijalari. Yangi obrazlar – tasavvur ta’ssurotlari sanaladi. O’quv faoliyati grammatik qoidalarni yodlash, insho yozish, chizish va yasash kabi turlari o’quvchilardan ta’ssuroti, bilimini operatsiyalash va faoliyat natijalarini tahlil etishni talab etadi. Ijodiy tasavvur uning samaradorligi, tajriba boyligi, ma’lumot doirasi darajasiga bog’liq bo’ladi. Aqli zaif bolalar ijodiy tasavvuri sog’lom bolalar va kattalar bilan muloqotini chegaralanganligi sababli o’ziga xos bo’ladi. Buni quyidagi eksperimental tadqiqotlarda ko’rib chiqamiz.
Ma’lumki, rasmlarni tomosha qilishda tasavvur katta o’ringa ega. Shu holatni o’rganish maqsadida V va VIII sinf aqli zaif o’quvchilari va IV sinf me’yorda rivojlangan bolalarga rasmni diqqat bilan tomosha qilish va shu asosida insho yozish vazifasi berildi. Rasmda temir yo’l stantsiyasi tasvirlangan. Stantsiyaga yo’lovchi poezdi keladi. Shuningdek, uchayotgan samolyot, traktor, tovuqlarni quvlayotgan kuchuk, qo’ylar va nay chalayotgan cho’pon rasmi ham tasvirlangan. Rasmni ko’rsatgunga qadar, bolalarga “Bu stantsiyaga ta’tilda dam olish uchun Vali amakisinikiga mehmonga keldi. Unga bu yer juda yoqdi. Rasmga qarab Valiga bu yerda nima yoqqanini toping. Shu asosida “hikoya tuzing” topshirig’i berildi. Tadqiqotda aqli zaif va sog’lom bolalar qanchalik ijodiy tasavvur qila olish darajasini aniqlash ko’zda tutildi. Shu maqsadda ikki guruhga bo’lindi. Birinchi guruh rasmda tasvirlangan narsani gapirganlar, ikkinchi guruh rasmda tasvirlanayotgan voqeani bayon etganlar. V sinf o’quvchilari faqat tasvirlangan ob’ektlar haqida gapirdilar. VIII sinfdagi aqli zaif o’quvchilar tasavvur etilishi lozim bo’lgan sharoitda mavjud bo’lmagan xodisalarni tasvirlaganlar. Me’yorda rivojlangan bolalar tasavvur etilayotgan sharoit haqida ko’proq ma’lumot berganlar. Aqli zaif bolalar yozgan insholari asosida tasvirlangan rasm va yuzaga kelishi mumkin bo’lgan xodisani bog’lash, ifodalash darajasi sust.
Sog’lom bolalar xodisalarni hozirgi va kelasi zamonda bo’lgandek tasvirlaganlar, aqli zaif o’quvchilar barcha xodisalarni o’tgan zamonda tasvirlab, rasmda tasvirlangan epizoddan tashqariga o’tmaganlar. Aqli zaif va sog’lom bolalar bu sharoitni og’zaki bayon etish darajasini ko’rib chiqamiz. Aqli zaif bolalar me’yorda rivojlangan bolalardan ovoz chiqaruvchi predmetlar haqida bilib oladilar. Kichik yoshdagi aqli zaif bolalar uchun predmetlarni ovoz chiqarish xodisasi mavxumdir. Ta’lim jarayonida aqli zaif bolalar ham ovoz chiqaruvchi predmetlarga farqsiz bo’lmasdan, ularga ahamiyat bera boshlaydilar. Rasm asosida insholar tahlili, V sinf aqli zaif o’quvchilari eshituv sezgilari asosidagi fikrlari kam miqdorda bo’ladi. Aqli zaif o’quvchilari ma’lum ob’ektlarni ovoz chiqarishini ko’rsatganlar. Me’yorda rivojlangan o’quvchilar aqli zaif o’quvchilardan farqli ravishda bir qancha ob’ektlarni ovoz chiqarishni tasvirladi (Paravoz guvilladi, o’rmonda dar’yo oqmoqda, arilar gul atrofida g’uvillab uchdi).
Shunday qilib, bolalar rasmdagi komponentlarni idrok etish va tasavvur etish tahlili shuni ko’rsatdiki, sog’lom bolalar rasmda tasvirlangan va tasvirlanmagan ob’ektlar to’g’risida bayon etdilar. Aqli zaif o’quvchilar esa ko’p holatlarda faqat rasmda ifodalangan tasvirni bayon etganlar. VIII sinfdagi aqli zaif o’quvchilar rasmda ifodalangan epizodlar haqida ham bayon etganlar. Bu aqli zaif o’quvchilarda maxsus ta’lim jarayonida ijodiy, ko’rgazmali-obrazli tafakkurini rivojlantirish mumkinligidan dalolat beradi.
V sinfdan VIII sinfgacha aqli zaif bolalar ko’rgazmali-obrazli tafakkuri takomillashib boradi. Tasavvurni rivojlantirishni nutqni rivojlantirish bilan birga olib bormoq maqsadga muvofiqdir. Uni egallab, aqli zaif bola tasavvurga tayanib, suhbatdosh hikoyasi yoki o’qilgan hikoya mazmunini aniq aytib bera oladi. So’zlashuv nutqini rivojlantirish tasavvurini boyitishga, ijodiy obrazlarning shakllanishga olib keladi. Bu o’z navbatida o’qilganni to’g’ri va tez tushunish imkonini beradi.
Nutqni rivojlantirish darsida o’qituvchi ijodiy tasavvurni rivojlantirishga katta ahamiyat berishi kerak. Buning uchun o’qilganni rollarga bo’lib o’qish, o’qilgan matn asosida rasmini chizish muhimdir. Shuningdek, rasm yoki rasmlar seriali asosida insho yozish ham yaxshi samara beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |