Оnа tili dаslаridа аqli zаif o’quvchilаrning оbrаzli tаfаkkurini rivоjlаntirish yo’llаri



Download 396 Kb.
bet1/20
Sana16.01.2022
Hajmi396 Kb.
#378631
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
ona tili daslarida aqli zaif oquvchilarning obrazli tafakkurini rivojlantirish yollari



Оnа tili dаslаridа аqli zаif o’quvchilаrning оbrаzli tаfаkkurini rivоjlаntirish yo’llаri”
M UNDARIJA

KIRISH………………………………………………………………………

I-BOB. ONA TILI DASLARIDA AQLI ZAIF O’QUVCHILAR OBRAZLI TAFAKKURINI RIVOJLANTIRISH YO’LLARI MUAMMOSINI TADQIQ ETILGANLIK HOLATI……………………………………

1. Ona tili daslarida aqli zaif o’quvchilar obrazli tafakkurini rivojlantirish yo’llarini xorijiy mualliflar tomonidan tadqiq etganlik holati………….

2. Ona tili daslarida aqli zaif o’quvchilar obrazli tafakkurini rivojlantirish yo’llari masalasini O’zbekistondagi holati………………………………..

I-bob yuzasidan xulosa…………………………………………………….

II-BOB. ONA TILI DASLARIDA AQLI ZAIF O’QUVCHILAR OBRAZLI TAFAKKURINI RIVOJLANTIRISH BO’YICHA OLIB BORILAYOTGAN ISHLARNING HOLATI………………………………

1.Ta’kidlovchi eksperimentni tashkil etish va o’tkazish…………………

2. Ta’kidlovchi eksperiment natijalarining taxlili…………………………

II-bob yuzasidan xulosa……………………………………………………

III-BOB. ONA TILI DASLARIDA AQLI ZAIF O’QUVCHILAR OBRAZLI TAFAKKURINI RIVOJLANTIRISH ISHLARINI TAKOMILLASHTIRISH……………………………………………………

1. Ona tili daslarida aqli zaif o’quvchilar obrazli tafakkurini rivojlantirishning ilmiy-metodik muammolari……………………………

2. Ona tili daslarida aqli zaif o’quvchilar obrazli tafakkurini rivojlantirishdagi muammolarni bartaraf etish yo’llari……………………

3. Ona tili daslarida aqli zaif o’quvchilar obrazli tafakkurini rivojlantirish bo’yicha metodik tavsiyalar………………………………………………..

III-bob yuzasidan xulosa……………………………………………………

UMUMIY XULOSA………………………………………………………...

FOYDALANGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI………………………….




3

9
9
21

24

25

25



28

37

38


38
42
50

53

59



61


KIRISH

O’zbekiston Respublikasi prezidenti I.A. Karimov 2014 yilni «Sog’lom bola» yili deb e’lon qildi. Bu yilning maxsus ta’limga tegishli jixatlari ko’p. «Sog’lom bola» yili davlat dasturida axolining ijtimoiy muxofazasini kuchaytirishga, jamiyatimizda axillik, bag’rikenglik, mexr-oqibat, millatlararo do’stlik va xamjixatlik muhitini mustaxkamlashga, xususan kam ta’minlangan oilalar, nogironlar, boquvchisidan judo bo’lgan bolalar, aloxida yordamga muxtoj bolalarni moddiy-ma’naviy qo’llab-quvvatlashga katta e’tibor berilgan. Oldingi yillarda boshlangan ishlar davom ettirilmoqda va fuqarolarimizning sog’lig’ini saqlash, kasalliklarning oldini olish, ta’lim-tarbiya samaradorligini oshirish ishlariga katta e’tibor berilmoqda.

Aloxida yordamga muxtoj bolalar orasida nutq kamchiligiga ega bo’lgan bolalardan so’ng, son jixatidan ikkinchi o’rinda, aqliy rivojlanishida nuqsoni bo’lgan bolalar turadi. Bu toifadagi maxsus yordamga muxtoj bolaning bilish faoliyati turg’un buzilgan bo’ladi. Ushbu nuqson tufayli ular xattoki maxsus yordamchi maktab dasturini xam katta qiyinchiliklar bilan o’zlashtiradilar.

Maxsus yordamchi maktabda aqli zaif, bilish faoliyati turg’un buzilgan bolalar 9 yil ichida umumta’lim ma’lumotlarga ega bo’lishi bilan bir qatorda, keyinchalik kasb xunar kollejlarida ta’lim olib, mustaqil xayot kechirish uchun zarur bo’lgan xajmdagi bilim, ko’nikma va malakalarga ega bo’lishlari lozim. Maxsus yordamchi maktabning asosiy vazifasi-aqli zaif bolalarning ijtimoiy reabilitatsiyasi va ijtimoiy moslashuvini, sotsializatsiyasini amalga oshirish. Yordamchi maktabda o’quvchilarni ijtimoiylashuvi barcha darslarda va aloxida o’quv predmeti sifatida o’tiladigan o’qish, yozuv, nutq o’stirish, ona tili, ijtimoiy maishiy xayotga yo’naltirish darslarida olib boriladi.

Biroq ushbu o’quv predmetlarini olib borishda amalda turli muammolar kuzatilmoqda. Muammoning dolzarbligi quyidagilar bilan belgilanadi:

- Muammoni ilmiy jixatdan yetarli tadqiq etilmaganligi;

- O’tkazilgan tadqiqotlarda bolalarning aqliy rivojlanish saviyasi, jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy o’zgarishlar (xalqni iqtisodiy ta’minoti, texnika, shu jumladan maishiy xizmat texnikasini rivojlanishi hamda kundalik xayotimizda mustaxkam o’rin egallashi), xududiy (qishloq, shaxar) xususiyatlarni hisobga olinmaganligi;

- Ishlatilayotgan DTSlari, o’quv dasturlarida yuqoridagi xususiyatlar yetarli darajada o’z ifodasini topmaganligi, natijada ularni qayta ishlab chiqish zarurligi;

- O’quv-metodik adabiyotlarni o’ta noyobligi; mavjudlari esa mazmunan eskirganligi, metodik jixatdan yetarli talabga javob bermaganligi;

- Qo’llanilayotgan Davlat ta’lim standartlari va o’quv dastur va darsliklari bugungi va ertangi kun talabiga mazmun hamda metodik jixatdan qay darajada javob berishi masalasi amaliyotda, maktab bitiruvchilari xayotida maxsus o’rganilmaganligi va boshqalar.

Yuqorida qayd etilgan masalalar aloxida yordamga muxtoj aqli zaif bolalarni ijtimoiy maishiy xayotga tayyorlash, ularga maktab yoshida tegishli o’quv fanlari orqali xayoti uchun zarur bo’lgan bilim, ko’nikma va malakalarni shakllantirish muammosi o’ta dolzarbligini ko’rsatadi.

Aloxida yordamga muxtoj bolalar bilan ishlash jarayonida korrektsion ishlarning axamiyati katta. Bu ishlar qanchalik sifatli amalga oshirilsa, bolaning shunchalik maktab dasturini o’zlashtirishi oson kechadi. Maktab yoshidagi aqli zaif bo’lgan bolalar bilan maxsus maktablarda ta’lim-tarbiya jarayoni korrektsion yo’nalishda amalga oshiriladi. O’qituvchi, logoped va tarbiyachilar xar bir mashg’ulotda korrektsion ishlarini turli usullar bilan amalga oshirishga xarakat qiladilar. Biroq ular ishida ko’pgina qiyinchiliklar, kamchiliklar kuzatilmoqda. Yordamchi maktab o’quvchilarining bilish faoliyatidagi asosiy kamchilik bartaraf etilsa xam, nutq o’stirish ishlari, jumladan, bog’langan nutqni o’stirish, nutqning leksik tomoni ustida ishlash, grammatik komponentni yaxshi yo’lga qo’yish,


o’quvchilarning ijodiy tafakkurini rivojlantirish masalalari o’z yechimini kutmoqda. Bu qiyinchiliklarni oldini olish, bartaraf etish uchun ona tili darslari maxsus yordamchi maktabda 1sinfdan to 9 sinfgacha o’quv rejaga kiritilgan. Ushbu predmetning asosiy vazifasi - o’quvchilar nutqini o’stirish va bilish faoliyatidagi kamchiliklarni korrektsiyalash. Ona tili darslarini to’g’ri olib borish uchun o’qituvchi bolalarning psixologik rivojlanish xususiyatlarini o’rgangan bo’lishi lozim. Biroq maxsus psixologik adabiyotlarda ona tili darslari jarayonida bolalarning psixologik rivojlanishi xususiyatlari, obrazli tafakkurini rivojlantirish masalalari yetarli darajada o’rganilmagan, ushbu muammoga doir metodik qo’llanmalar ishlab chiqilmagan, amaliyotchilar korrektsion ishning psixologik asoslariga tayangan holda nutq o’stirishga, o’quvchilarning obrazli tafakkurini rivojlantirishga oid o’zbek tilida yaratilgan qo’llanmalarga muxtoj. Yuqoridagilarni inobatga olib, biz «Ona tili daslarida aqli zaif o’quvchilar obrazli tafakkurini rivojlantirish yo’llari» mavzusi bo’yicha dissertatsion tadqiqot ishini dolzarb deb xisoblaymiz.


Download 396 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish