Kurs ishining maqsadi. Kurs ishining maqsadi umumta’lim maktablarining ona tili va akademik litseylarning hozirgi o‘zbek adabiy tili darslarida til sathlarini o‘qitishning mazmuni, shakli, vositalari va metodlarini, shu jarayonda o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini o‘stirishga va ularda nutq madaniyatini shakllantirishga qaratilgan mashq va topshiriqlar tizimini ishlab chiqishdan iborat.
Kurs ishining vazifalari. Kurs ishining bosh vazifasi sifatida ta’lim bosqichlari ona tili ta’limi jarayonida til sathlarini o‘qitish metodikasining o‘ziga xos xususiyatlarini tadqiq qilish masalasi belgilandi. Shunga ko‘ra tadqiqot ishini yoritish davomida: Ta’lim bosqichlarida til bo‘limlari mavzularini o‘qitishga doir turli xil qarashlarni o‘rganish, uni o‘qitish bilan bog‘liq ilmiy-nazariy va metodik adabiyotlarni tahlil qilish, mavzuning yoritilganlik darajasini va mavjud muammolarni aniqlash; Amaldagi “Ona tili” o‘quv dasturi va darsliklarini til bo‘limlaridagi mavzularni o‘qitish jarayonida innovatsion texnologiyalarni qo‘llash, jumladan, didaktik o‘yinlardan foydalanish imkoniyatlarini o‘rganish, tahlil qilish va xulosalar chiqarish; Ta’lim bosqichlarida innovatsion texnologiyalardan, jumladan, didaktik o‘yinlardan foydalanish yo‘llarini va ulardan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan samarali o‘quv topshiriqlari hamda mashqlar tizimini ishlab chiqish.
Kurs ishining obyekti. Ta’lim bosqichlarida ona tili bo‘limlarini o‘qitish jarayoni.
Kurs ishining predmeti. Ta’lim bosqichlarida ona tili bo‘limlarini o‘qitish jarayoni, shu jarayonga xos ta’lim shakli, vositalari, mazmuni va metodlarining talqini.
Kurs ishining metodologik asoslari va metodlari. Prezident Sh.M.Mirziyoyevning nutqlari va asarlari, O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”, “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunlari, o‘zbek maktablarida ona tili ta’limi Konsepsiyasi, “Ona tili” DTSi, taniqli psixolog, filolog, pedagog va metodist olimlarning ona tili ta’limining mazmunini yangilash, uni o‘qitishning samaradorligini oshirish to‘g‘risidagi ilmiy-metodik asarlari metodologik asos bo‘lib xizmat qildi. Ishda qiyosiy-tarixiy, tavsiflash, analiz va sintez, mantiqiylik kabi metodlar asosida tahlillar olib borildi. Ishning ilmiy yangiligi. Ishda umumiy pedagogika hamda xususiy metodika sohasida mavjud qarashlar asosida ta’lim bosqichlarida til sathlarini o‘qitishda didaktik o‘yinlardan foydalanish mazmuni tadqiq qilindi. Bunda:
Ta’lim bosqichlarida til bo‘limlarining o‘rganilishida didaktik o‘yinlardan foydalanish masalasiga oid qilingan tadqiqot ishlari va metodik qo‘llanmalarga munosabat bildirildi.
Ta’lim bosqichlarida til bo‘limlarini o‘rganilishining hozirgi holati o‘rganildi.
Mavjud dastur va darsliklar shu nuqtai nazar bilan tahlil qilindi.
Ta’lim bosqichlarida til bo‘limlarini didaktik o‘yinlar asosida tashkil etish bilan bog‘liq ishlarga qo‘yiladigan asosiy talablar belgilandi.
Ta’lim bosqichlarida til bo‘limlarini didaktik o‘yinlar asosida tashkil etish mazmuni yoritildi.
Ta’lim bosqichlarida til bo‘limlarini o‘rganishni didaktik o‘yinlar asosida tashkil etish bilan bog‘liq tajribalar o‘tkazildi va tahlil qilindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |