1.2. So’z turkumlarini o’rganishda taqqoslash usulidan foydalanish
Bunday taqqoslash so’z turkumlaridagi boshqa so’z yasovchi va shakl yasovchi qo’shimchalarda ham amalga oshirilishi mumkin. Taqqoslash usulini bosqichma-boqich olib borish ta’lim jarayonida quyidagi natijalarni kafolatlaydi:
O’quvchilar til hodisalarini o’zaro qorishtirmaydigan bo’ladilar.
Uzoq o’tilgan mavzularni yodga oladilar va yangi o’rganilgan til hodisalariga qiyoslab, ularning o’xshash hamda farqli tomonlarini aniqlaydilar. O’quvchilarda mantiqiy fikrlash malakasi shakllana boradi. O’quvchilar o’z bilimlarini takrorlab borishga odatlanadilar.
Interfaol metod texnologiyasining mohiyati o’quvchilarning ijodkorligiga tayanish va darsda erkin bahs-munozara sharoitini tug’dirishdan iboratdir. Bu metodga ko’ra darslar bir necha bosqichga bo’linadi:
1. Chaqiriq bosqichi. Bu bosqichda o’quvchilarni faollashtirish, mavzuning mazmun-mohiyatiga kirib borish, uni anglab etish jarayoniga tayyorlash maqsadi ko’zda tutiladi.
2. Aqliy hujum. Bu usul darsning boshlanishida yoki istalgan joyida qo’llanishi mumkin. Bu bosqichda muammo o’quvchilarga aqliy hujum yo’li bilan beriladi va ularning fikrlari orqali ochiladi.
3. Anglash bosqichi. Mavzuga oid xulosaviy fikrlar eshitiladi va o’qituvchi tomonidan yangi fikrlar bilan to’ldiriladi.
4. Fikrlash bosqichi. Mavzu yuzasidan o’zlashtirilgan bilim va tushunchalarni qisqa jumlalarda yozma ravishda bayon qilish topshiriladi. Bu topshiriqni bajarshp uchun sinf guruhlarga bo’linadi. Har bir guruh toshpiriq bo’yicha o’z fikrini yozadi va har bir guruh vakili bajarilgan topshiriqni boshqalarga ma’lum qiladi.
Guruhlar bilai ishlash faqat fikrlash bosqichida emas, balki birinchi bosqichdan boshlab yo’lga qo’yilishi mumkin. O’quvchilarni guruhlarga bo’lib ishlash uchun quyidagi talablarga amal qilish zarur:
Guruhlarga ajratish o’qituvchi tomonidan amalga oshiriladi.
Har bir guruhga rahbar tayinlanadi.
Har bir guruhdagi o’quvchilar bilim darajasining teng bo’lishiga erishish kerak.
Guruh doira shaklida o’tirishi lozim.
Ish jarayonida har bir guruhning faoliyatiga, g’oyalariga e’tibor beriladi.
Bulardan tashqari guruhlarga aniq yo’l-yo’riq ko’rsatish, topshiriqlarni bajarish uchun etarli vaqt ajratish, kuchli guruhlarni rag’batlantirib borish, ishning natijasini baholash kabilarga ham ahamiyat berish muhim hisoblanadi. Dars jarayonida guruh a’zolarini almashtirib borish ham mumkin.
Interfaol metod o’z ichiga «Kichik guruhlar bilan ishlash», «Bahs munozara», «Guruhlararo bellashuv», «Aqliy hujum», «Tanqidiy fikrlash» kabi metodlarni qamrab oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |