Ona tili darslarida taqqoslash metodidan foydalanish Mundarija: Kirish


II. Bob. Boshlang’ich sinf darslarida taqqoslash metodidan foydalanish



Download 146,5 Kb.
bet5/7
Sana25.03.2022
Hajmi146,5 Kb.
#509454
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Ona tili darslarida taqqoslash metodidan foydalanish

II. Bob. Boshlang’ich sinf darslarida taqqoslash metodidan foydalanish
metodikasi va tajriba sinov ishlari
2.1. Boshlang’ich sinf ona tili o’qitish mеtodikasining asosiy bo’limlari

Boshlang'ich sinflarda ona tili o'qitish metodikasi fani quyidagi bo'limlarni o'z ichiga oladi: 1. Savod o'rgatish metodikasi, ya'ni elementar o'qish va yozishga o'rgatish. Bolalarga savod o'rgatish pedagogika fanidagina emas, balki ijtimoiy hayotda ham juda jiddiy masalalardan hisoblanadi. Chunki xalqning savodxonligi mustaqillik uchun, siyosiy onglilik uchun, mada-niyat uchun kurash qurolidir. Mustaqil O'zbekiston Respublikamizda har bir kishining savodxon bo'lishiga alohida e'tibor berilmoqda. Prezi-dentimiz I.A.Karimov kelajak avlodning savodxon, yuksak ma'naviyat egasi bo'lib yetishishlari uchun g'amxo'rlik qilmoqdalar. Misol uchun, 1-sinfga qadam qo'ygan bolalarga barcha o'quv qurollarining sovg'a qilinishi, 2008-yilning „Yoshlar yili" deb atalib, shu nomli dasturning amalga oshirilishi va hokazo. 2. O'qish metodikasi.


Boshlang'ich sinflarda o'qish predmetining vazifasi bolalarni to'g'ri, tez (me'yorida), ongli va ifodali o'qish ma-lakalari bilan qurollantirish hisoblanadi. 3. Grammatika, fonetika, so'z yasalishini o'rganish metodikasi. Bu bo'lim elementar to'g'ri yozuvga va husnixatga o'rgatishni, grammatik tushunchalar, boshlang'ich imlo malakalarini shakllantirishni nazarda tutadi. 4. Nutq o'stirish metodikasi. Bu bo'lim boshlang'ich sinflarda alohida o'rin tutadi. Bolalar birinchi navbatda tilni, nutqni o'quv predmeti sifatida anglaydilar, ular xohlagan va qiziqarli narsalarnigina emas, balki zaruriy narsa va hodisalar haqida o'ylab, rejali nutq tuzish zarurligini ham tushuna boshlaydilar. Ular o'zining grafik shakli bilangina emas, balki leksikasi, sintaktik va morfologik shakli bilan ham og'zaki nutqdan farq qiladigan yozma nutqni ham egal-laydilar. Metodika bolalar nutqini boyitishi, sintaktik va bog'lanishli nutqini o'stirishni ham ta'minlashi kerak. Shuni aytib o'tish kerakki, bog'lanishli nutq maktablarda alohida bo'lim sifatida o'rganilmaydi, u til fanining boshqa bo'limlari bilan bog'langan holda shakllantiriladi. Ona tili o'qitish metodikasining metodologik asosi borliqni bilish nazariyasidir. Bu fanning bosh vazifasi o'quvchilarning o'zbek tili lug'at boyligini to'liq o'zlashtirib olishlarini ta'minlashdir. Ma'lumki, jamiyatda til kishilar o'rtasidagi aloqaning zaruriy vosi-tasidir. Tilning aloqa vositasi sifatidagi ahamiyati uzluksiz ortib boradi. Til borliqni oqilona, mantiqiy bilish vositasidir. Til birliklari yordami-dagina bilish jarayonida umumlashtirish, tushunchani muhokama va xulosa bilan bog'lash amalga oshadi. 3.Ona tili o’qitish mеtodikasining boshqa prеdmеtlar bilan aloqadorligi Ona tili o'qitish metodikasi psixologiya va pedagogika ma'lumotlariga ham tayanadi. Metodikaning masalalarini hal etishda pedagogik ilmlar ham yordam beradi. Shuning uchun ham psixologiya va peda-gogika fanlari ham metodikaning metodologik asosi hisoblanadi. Pedagogik psixologiya kishiga ta'lim va tarbiya berishning psixologik qonuniyatlarini o'rganishni o'z predmeti deb biladi. U o'quvchilarda tafakkurning shakllanishini tadqiq qiladi, aqliy faoliyat usullari va ko'nikmalarini o'zlashtirish jarayonini boshqarish masalalarini o'rganadi, o'qitish jarayonini amalga oshirishga, pedagog bilan o'quvchilar o'rtasidagi o'zaro munosabatlarga va o'quvchilar jamo asidagi munosabatlarga ta'sir qiluvchi psixologik omiliarni, o'quv-chilardagi individual-psixologik farqlarni, aqliy rivojlanishdan orqada qoluvchi bolalar bilan olib boriladigan ta'lim-tarbiya ishlarining o'ziga xos xususiyatlarini aniqlaydi. Bu bilan pedagogik psixologiya metodika faniga o'quv materialini tanlashda, boshlang'ich sinflarda ona tilining mazmuni va hajmini, o'quv materialini aniqlashda hamdajilarni sinflar bo'yicha taqsimlashni muayyan izchillikda joylashtirishda yordam beradi. O'qitishning samarali usul va shakllarini belgilashga, o'quvchilar analitik-sintetik faoliyatining to'g'ri o'sishiga ko'maklashadi.
Metodika psixologiya fani ma'lumotlariga tayanib o'qitishda o'quvchilarning yosh va individual xususiyatlarini hisobga olib yon-dashish imkoniyatiga ega bo'ladi. Ona tili o'qitish metodikasi psixolingvistika fani bilan ham uzviy bog'liqdir. Psixolingvistika metodikaga nutq haqida — fikrni bayon qilish turlarini belgilovchi omillar, „nutqni qabul qilish signallari" apparati, individual munosabatga va ommaviy aloqaga nutqiy ta'sirning foydasi haqida ma'lumot beradi. Bu ma'lumotlar metodik masalalarni hal qilish uchun, ayniqsa, bog'lanishli nutqni o'stirish metodikasi i uchun juda muhimdir.
Boshlang'ich sinflarda ona tili o'qitish metodikasi didaktika bilan, ya'ni ta'limning umumiy nazariyasi bilan ham bog'lanadi. Metodika didaktika belgilab bergan qonuniyatlar, qoida va tamoyillarga asoslanadi., Didaktika tamoyillariga, ya'ni o'rganiladigan materialning ilmiyligi va muvofiqligi, til va materialni o'rgatish va mustahkamlashda ko'rgazmalilik, onglilik, bilim, ko'nikma va malakaning puxtaligi, doimiy takrorlash, o'quvchilar bilish faoliyatining faolligi, mustaqillik, o'qitishni hayot bilan, bolalarning qiziqishlari bilan bog'lab olib borishga rioya qilish maktabda o'qitiladigan barcha predmetlardan, shu jumladan, ona tilidan ham o'qish jarayonini tashkil qilishda juda zarurdir. Ona tili metodikasi umumiy pedagogika bilan ham o'zaro bog'lanadi. Maktab ta'limidagi har bir o'quv predmeti, shu jumladan ona tili ham, faqat bilim berish, ko'nikma va malaka hosil qilish bilangina cheklanmay, bolaning ongini oshirishi va tarbiyalashi ham zarur. Haqiqatan ham, ona tili o'qitish jarayonida bolalarning dunyoqarashi shakllanadi, bilish qobiliyatlari o'sadi, ular aqliy, axloqiy, estetik tomondan rivojlanadi, xarakterida ma'lum ijobiy xususiyatlar yuzaga keladi, mehnat qilishga o'rganadi va hokazo. Pedagogika fani bolalarni har tomonlama rivojlantirish va ularni tarbiyalash masalalarini ilmiy tomondan ishlab beradi. Ona tili o'qitish metodikasi pedagogika fani yangiliklariga, uning yuqorida qayd etilgan masalalarni ilmiy tomondan ishlab bergan ma'lumotlariga tayanadi. Ona tili metodikasini umumiy pedagogika bilan bog'lash ayniqsa boshlang'ich sinflarda muhimdir.
Kichik yoshdagi o'quvchilarning jamoaviy va shaxsiy o'quv faoliyatida zarur bo'lgan ko'p odat va ko'nikmalari hali tarbiyalanmagan bo'ladi. Tashkilotchilik, jamoa ishiga tez kirishish, e'tibor bilan eshitish, o'qish va yozish, faol va mustaqil ishlash, barcha ishlarni puxta va saranjom bajarish kabi ko'nikma va odatlar o'qituvchi va maktab tomonidan amalga oshiriladigan umumpedagogik tadbirlar tizimini tashkil etadi. Tarbiyaning shunga o'xshash nazariy va amaliy masalalarini pedagogika ishlab beradi. O'qituvchi pedagogik talablarni amalga oshirsagina, ona tiliga o'rgatishni ta'lim-tarbiya jihatidan foyda keltiradigan qilib uyushtira oladi. Ona tili o'qitish metodikasi o'zbek tilining ma'lum qismini nazariy egallashni nazarda tutadi, shuning uchun ham fonetika va fonologiya, leksikologiya va frazeologiya, so'z yasalishi va etimologiya, grammatika — morfologiya va sintaksis, stilistika, shuningdek, orfoepiya, grafika, orfografiya kabi fanlar ona tili metodikasining muhim asosi hisoblanadi. Fonetika va fonologiya grafika bilan bog'liq holda savod o'rgatish metodikasini ishlashda, elementar o'qish ko'nikmasini shakllantirishda asos bo'lib xizmat qiladi. Fonetika va grafikaning fonetik tamoyil asosida yoziladigan imlo qoidalarini o'zlashtirishda ham ahamiyati katta. Husnixat metodikasi grafika nazariyasiga tayanadi. Leksikologiyani bilish maktabda lug'at ishi (ma'nodosh va zid ma'noli so'zlarga oid xilmaxil mashqlar o'tkazish, ko'p ma'noli so'zlar, ularning ma'no bo'yoqlari ustida ishlash) ni to'gri tashkil etish uchun juda muhimdir. So'zning tarkibi va so'z yasalishini o'rganishda metodikaga so'z yasalishi, etimologiya, grammatika asos vazifasini bajaradi.
Morfologiya va sintaksis mavhum til hodisalarini shakllantirishni, til qurilishi haqida tushuncha hosil qilishni to'g'ri tashkil etishga, grammatik tushunchalardan to'g'ri yozuv masalalarini hal qilish uchun foydalanishga imkon beradi. Grammatikadan bilimi bo'lmagan o'quvchilarda imlo va punktuatsiyadan ko'nikma va malakalarni shakllantirish mumkin emas. Grammatika o'quvchilar nutqini o'stirishda muhim o'rin tutadi, chunki grammatika so'z shakllarini to'g'ri tuzish, so'z birikmasi tarkibidagi so'zlarni o'zaro to'g'ri bog'lash va gapni to'g'ri tuzishga o'rgatadi. To'g'ri yozuvga o'rgatish metodikasining rivojlanishida o'zbek tili imlosi nazariyasini hisobga olish talab etiladi. O'qish metodikasi adabiyot nazariyasiga asoslanadi, chunki o'quvchilar badiiy asarni amaliy tarzda tahlil qiladilar, ularga adabiyotshunos-likdan nazariy ma'lumot berilmaydi, ammo metodika adabiy asarning yaratilish qonuniyatlarini, ularning o'quvchilarga ta'sirini, ayniqsa, adabiyotshunoslikka oid mavzulardan asarning g'oyaviy mazmuni, lining mavzusi va sujeti, kompozitsiyasi, janri, tasviriy vositalarini hisobga olishi zarur.
Boshlang'ich sinflarda ona tili o'qitish tarixidan O'zbek xalqi juda qadim zamonlardayoq ilm-fanga katta e'tibor bilan qaragan va uni rivojlantirishga harakat qilgan. Ibn Sino, Beraniy, al-Xorazmiy, Amir Temur, Ulug'bek va boshqa ko'plab allomalar ilm-fanni dunyoga tanitganlar. Um-ma'rifatga beqiyos hurmat bilan qaragan xalqimiz qanday qiyinchilik va to'siqlar bo'lmasin, o'z farzandlarining savodli bo'lishini orzu qilganlar, ularini yoshligidanoq maktabga o'qishga berganlar. Maktabdor domlalar o'z usullari va tajribalariga asoslanib bolalarga saboq berganlar. Demak, O'zbekistonda o'qitishning o'ziga xos usullari mayjud bo'lgan va ular rivojlanib borgan. Bu jarayon silliq kechmagan, ba'zi xato va kamchiliklarga ham yo'l qo'yilgan. Chunonchi, XX asrning 20-yillarida maktabni rivojlantirishda juda jiddiy xatolarga yo'l qo'yildi. Kompleks dasturlarda ona tilini o'rganish tizimi buzildi: grammatik, orfografik ko'nikmalarga yetarli ahamiyat berilmadi. Savod o'rgatishda yaxlit so'z metodi tilning fonetik xususiyatlariga mos kelmadi, analitik-sintetik ishlar ta'minlanmadi, puxta, to'g'ri yozuv masalalari uchun zamin yaratilmadi. 1931-yil 5-sentabrda qabul qilingan „Boshlang'ich va o'rta maktab haqida"gi, 1932-yil 25- avgustda qabul qilingan „Boshlang'ich va o'rta maktab o'quv dasturlari rejimi haqida"gi qarorlar yuqoridagi kabi yo'l qo'yilgan xato va kamchiliklarni bartaraf qilishda va o'quv mashg'ulotlari tizimini ishlab chiqishda maktabga va o'qituvchilarga yordam berdi. Tezlik bilan savod o'rgatishda analitik-sintetik tovush metodi qayta tiklandi. Grammatik, orfografik materiallarni izchil o'rgatishga, o'quvchilarning har tomonlama savodli bo'lib, madaniy nutqni egallash!ariga katta ahamiyat berila boshlandi.
O'quvchilar va o'qituvchining o'quv mehnatini tashkil etishning asosiy shakli bo'lgan dars metodikasi muvaffaqiyatli ishlana boshlandi. O'tgan asrning 50-70-yillari mobaynida boshlang'ich sinflarda ona tili o'qitish metodikasi sohasida anchagina qo'llanmalar yaratildi. Bu yillarda ona tili o'qitish metodikasi fan sifatida rivojlana boshladi, umumiy pedagogik, didaktik va psixologik xarakterdagi ilmiy tekshirishlarning natijalari ona tili o'qitish metodikasini takomillashtirish ya yangi metodika yaratishga imkon berdi. O'zbek tilshunosligi sohasidagi muvaffaqiyatlar ham tilni o'zlashtirish jarayoniga va me-todikaning rivojlanishiga jiddiy yordam ko'rsatdi. Xuddi shuningdek, bu fanning rivojlanishiga o'qituvchikarning ommaviy ish tajribalarini o'rganish, umumlashtirish katta ijobiy ta'sir ko'rsatdi. O'sha davrdagi jurnallarda o'nlab metodik maqolalar bosilib chiqdi.. 1955-yildan boshlab pedagogika institutlari qoshida boshlang'ich ta'lim o'qituvchilari tayyorlaydigan fakultetlar ochila boshlandi. Bu ham ona tili o'qitish metodikasining o'sishiga ijobiy ta'sir ko'rsatdi, ya'ni boshlang'ich sinf o'qituvchilarining umumiy va maxsus tay-yorgarlik darajasi o'sdi. Institutlar qoshidagi kafedralarda ishlovchi ilmiy xodimlar metodik masalalarni chuqur, ilmiy asosda hal qilishga harakat qildilar. Mustaqillikning dastlabki yillaridanoq ona tili o'qitishga katta ahamiyat berila boshlandi. Bunda 1989-yil 21-oktabrda ,,0'zbek tiliga Davlat tili maqomini berish haqida"gi qaror alohida o'rin tutadi.
Mustaqillik sharofati bilan mamlakatimizda tub burilish davri boshlandi. Ajdodlarimiz qoldirgan boy madaniy mеrosga mеhr-muhabbat bilan yondoshish, ularni jahon madaniyatiga qo`shgan hissalarini xolisona baholash imkoni tug’ildi. Ta'lim sohasidagi bu o'zgarishlar ona tili o'qitish metodikasida ham bir qator imkoniyatlarni yuzaga keltirdi. Bu yangiliklardan ko'plari maktablarda amaliyotga tatbiq qilinmoqda, ba'zilari hozircha sinovdan o'tkazilmoqda. Sinov davrida, birinchidan, o'quvchiga, lining darsdagi va darsdan tashqari vaqtdagi o'quv mehnatiga, u duch kelayotgan qiyinchiliklarga, ko'nikma-malakalarini va rivojlanish qonuniyatlarini o'rganish metodikasiga ko'proq ahamiyat berilmoqda. Ikkinchidan, ta'lim jarayonida bolaning fikrlash qobiliyatini o'stirish, mustaqilligini va o'quv ishlari jarayonidagi aqliy faolligini oshirish vazifalari hal qilinmoqda. Uchinchidan, mayjud ta'lim tizimidagi tekshirishlar bilan bir qatorda o'qitishning istiqboli haqidagi vazifalarni hal qilish maqsadida ham tekshirishlar olib borilmoqda., Shunday qilib, fan sifatida ona tili o'qitish metodikasining o'z predmeti, vazifasi, nazariy va ilmiy sohasi bo'lib, bir qator fanlar o'rtasida uning ma'lum o'rni bor. Bu fan ham boshqa fanlar kabi rivojlanib, taraqqiy etib bormoqda. : Mamlakatimiz mustaqillikka erishgach, ta'lim sohasida ham katta islohotlar amalga oshirildi. Jumladan, „Ta'lim to'g'risida"gi Qonun, „Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" qabul qilindi, „Davlat tili to'g'risida"gi qonun qaytadan ko'rib chiqildi, Davlat ta'lim standartlari ishlab chiqildi, ona tili dasturlari va darsliklari yangilandi. Yangi tahrirdagi Qonunning ahamiyati shundaki, bunda o`zbеk tilining bugungi jahon hamjamiyatidagi o`rni hisobga olindi. Qonunning 23-moddasida O`zbеkitson Rеspublikasining xalqaro shartnoma matnlari davlat tilida yozilishi ta'kidlandi. Bu modda o`zbеk tilining jahon miqyosida rasmiy davlat tili sifatida nufuzining ko`tarilishini ta'minladi. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 13-maydagi ,,0'zbekiston Respublikasida umumiy o'rta ta'limni tashkil etish to'g'risida"gi 203-sonli qarorida umumiy o'rta ta'lim ikki bosqichdan iborat qilib belgilandi: 1. Boshlang'ich ta'lim. 2. Umumiy о 'rta ta'lim. Respublikamizda umumiy o'rta ta'limning standard yaratildi. Unda boshlang'ich bosqich va umumiy o'rta ta'lim nihoyasida o'quvchilar egallashi lozim bo'lgan bilim, ko'nikma va malakalarning minimal darajasi belgilab berildi. Jumladan, 1-4-sinflarda o'quvchilar ona tili va o'qish predmetlaridan o'qish texnikasi, matn mazmunini va o'zgalar fikrini anglash malakasi, fikrni yozma shaklda bayon etish malakasi bo'yicha bilim, ko'nikma va malakalarning minimal darajasi belgilab berildi.'Bu o'rinda ona tiliga katta vazifa yuklatildi: ona tili ta'limiga o'quv fani sifatidagina emas, balki butun ta'lim tizimini uyushtiruvchi ta'lim jarayoni sifatida qaraldi. Ona tili bo'yicha minimal talablar uch parametrli standatt o'lchovi orqali aks ettirildi: o'qish texnikasi, o'zgalar fikrini va matn mazmunini anglash, fikrni yozma shaklda bayon etish malakasi. Bu talablarni amalda bajarish ta'lim jarayoniga yangicha o'qitish texnologiyalarini tatbiq etishni taqozo qiladi. Hozirda o'quvchilarga bilim berish, bilimlarni oshirishda mustaqil ishlarni uyushtirish, bilimlarni hisobga olish kabi metodik tavsiyalar tizimi ishlab chiqilmoqda, texnik vositalardan unumli foydalanish, grammatik ta'limiy o'yinlarni joriy etish keng tus olmoqda, ta'lim jarayonida test topshiriqlaridan, turli boshqotirma va jadvallardan keng foydalangan holda mashg'ulotlar uyushtirilmoqda. 5. Sinfda o‘qish darslarining ta’limiy-tarbiyaviy ahamiyati va vazifalari Boshlang'ich sinfiarning o'qish darslari o'z mohiyati, maqsad va vazifalariga ko'ra ta'lim tizimida alohida o'rin tutadi. Negaki uning zaminida savodxonlik va axloqiy-ta'limiy tarbiya asoslari turadi. Shuning uchun ham boshqa predmetlar ta'limini o'qish ta'limisiz tasawur qilib bo'lmaydi. Boshlang'ich sinf ,,0'qish kitobi" darsliklariga kiritilgan muayyan mavzular o'quvchilarni badiiy adabiyotning sehrli olamiga olib kirishi, dunyoqarashlarini milliy istiqlol mafkurasi asosida to'g'ri shakllanti-rishga qaratilishi bilan belgilanadi. Shunga ko'ra, o'qish darslarining yetakchi xususiyati o'quvchilarning savodxonligini ta'minlash bilan birga, o'quvchilarni milliy mafkura asosida yuksak axloqiy qadriyatlar ruhida tarbiyalashga qaratiladi.
Boshlang'ich sinfiarning o'qish darslarida o'rganiladigan asarlar-ning mavzu doirasi ancha keng bo'lib, ular ona tabiat, yil fasllari, xalq og'zaki ijodi, mehnatga muhabbat, asosiy bayram sanalari, milliy is-tiqlol va ma'naviyat kabi umumiy mavzular doirasida bidashtirilgan. O'qish darslari uchun tanlangan mavzular o'quvchilarga kundalik hayot, mustaqillikni mustahkamlash va insoniy munosabatlar bo'yicha ham bilim va tarbiya berishni ko'zda tutadi. Bular ichida istiqlol, vatan, ma'naviyat va tabiat haqidagi mavzular alohida ajralib turadi. Ulardan ko'zlangan maqsad o'zlikni anglash, istiqlol, vatan va tabiat bilan bog'liq tuyg'ularni uyg'otishdir. Vatanparvarlik, atrofimizdagi olam, mehnatsevarlik kabi mavzular o'qish darsliklaridagi keng qamrovli mavzulardan bo'lib, 2-sinf ,,0'qish kitobi"dagi „Ona yuriim-oltin beshigim" bo'limiga kiritilgan ,,0'zbekistonim" (H. Imonberdiyev), „Istiqlol" (J.Jabborov), ,,0'lka" (E.Vohidov), „Yur tog'larga" (U.Nosir), 3-sinfda „Ona bitta, Vatan yagona" bo'limidagi „Vatan haqida she'r" (A.AvIoniy), ,,0'zbegim" (E.Vohidov), „ Vatan mo'tabardir" (X. Davron), „Bilib qo'yki, seni Vatan kutadi" (T.Malik), 4-sinfda ,,0'zbekiston - Vatanim manim" bo'limidagi „Serquyosh o'/ka" (Z. Diyor), Jqboli buyuksan" (A. Oripov), „Toshkentnoma" (M.Shayxzoda), „Xarita" (N.Norqobil) kabi asarlar misolida atroflicha tahlilga tortiladi. Ijtimoiy-tarixiy mazmundagi mavzular Vatanimiz o'tmishi, xalqimiz hayoti, mardonavor kurashi, ulug' siymolar tomonidan amalga oshirilgan ishlar, tarixiy sanalar to'g'risida muayyan tasavvur beradi.
Beruniy, Amir Temur, Alisher Navoiy, Bobur va boshqa ajdodlarimiz haqidagi matniar shular jumlasidandir. Bu xildagi asarlar o'quvchilarni faqat o'tmishimiz bilan tanishtirib qolmasdan, Vatan oldidagi farzandlik burchi va mas'uliyatini teran anglashga ham yordam beradi. Ularda Vatanga muhabbat tuyg'usi shu tariqa shakllanadi. Vatanimiz o'tmishi haqida hikoya qilingan asarlar bilan tanishish va ularni tahlil qilish jarayonida o'quvchilar o'tmish bilan bugungi kunni taqqoslash imkoniga ega bo'ladilar, jamiyat taraqqiyoti xususida qisqacha bo'lsada, tushuncha hosil qiladilar. Bu borada ayniqsa milliy istiqlol bilan bog'liq H. Imonberdiyevning ,,0'zbekistonim ", J. Jabborovning „Istiqlol"(2-sinf), A. Rustamovning „Bayroq nima?", A. Obidjonning ,,0'ktam avlod" (3-sinf). S. Barnoyevning „Mangidikka tatigulik кип", E. Malikovning „Assalom, Neksiya!" (4-sinf) mavzusidagi asarlari yaqindan yordam beradi. Uzluksiz ta'limning boshqa bosqichlaridan farqli o'laroq, boshlang'ich sinflarning o'qish darslarida o'quvchilarning o'qish malakalarini shakllantirish, asar matni ustida ishlash ta'limning didaktik maqsadi hisoblanadi. U turli mavzudagi matniar ustida ishlash orqali ma'naviyahloqiy, adabiy-estetik tarbiya bilan chambarchas bog'lab olib boriladi.
Darsliklardagi har bir mavzu uchun tanlangan matnlarning janriy rang-barangligiga, poetik mukanimalligiga, o'quvchilarning bilim darajasi va yosh xususiyatlariga mos kelishiga alohida e'tibor qaratiladi. O'quvchilar darsliklar yordamida o'zlashtiriladigan bilim, ko'nikma va malakalarining kelajak hayotda zarur bo'lishini tushunib yetishishlariga erishish o'qituvchilar oldidagi muhim vazifalardandir. Boshlang'ich ta'lim bo'yicha DTS va „Она tili" o'quv dasturida o'qish ta'Iimi oldiga qo'yilgan talablarni amalga oshirish sinfda o'qishni to'g'ri tashkil qilish, o'qitish bosqichlari, tamoyillari va metodlari, birinchi navbatda, ilg'or pedagogik texnologiyalardan o'rinli foydalanishga ko'p jihatdan bog'liqdir. Umuman olganda, o'qish darslari oldiga qo'yiladigan didaktik vazifalar quyidagilardan iborat: I. O'quvchilarda yaxshi o'qish sifatlari: to'g'ri, tez, ongli, ifodali o'qishlarini shakllantirish. 2. O'quvchilarni kitobdan foydalanishga, undan kerakli bilimlarni olishga o'rgatish, kitobga muhabbat uyg'otish; ularni oddiy kitobxondan chuqur mulohaza yurituvchi, ijodkor kitobxon darajasiga ko'tarish. 3. O'quvchilarning atrof-muhit haqidagi bilimlarini kengaytirish va boyitish hamda ilmiy dunyoqarashlarini shakllantirish. 4. O'quvchilarni axloqiy, estetik jihatdan yetuk va mehnatga muhabbat ruhida tarbiyalash. 5. O'quvchilarning bog'lanishli nutqini va adabiy-estetik tafak-kurini o'stirish. 6. O'quvchilarning xayolot olamini boyitish. 7. Elementar adabiy tasawurlarini shakllantirish. Shuni unutmaslik kerakki, har bir ta'limiy vazifani bajarishning aniq va ilmiy metodik usullari mayjud bo'lib, ular zamonaviy o'qitish usullari bilan boyitib borilmoqda. Bu vazifalar boshqalari bilan o'zaro bog'liq holda va sinfdan tashqari o'qish mashg'ulotlari jarayonida hal qilinadi.

Download 146,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish