Gap bo'laklari. Gap tarkibida ma'lum so'roqqa javob bo'luvchi mustaqil so'z yoki so'zlar birikmasi gap bo'laklari hisoblanadi.
17. Kesim. Shaxs-son ma'nolarini bildirib, nima qil (-di, -yapti va bosh)?, nima bo'l (-di, -yapti va bosh)?, kimdir?, nimadir?, qayerdir? so'roqlariga javob bo'luvchi mustaqil so'zlar gapda kesim vazifasini bajaradi. Kesim gapning mazmuniy markazidir. U boshqa bo'laklarsiz gap bo'la oladi. Masalan: Yaxshimisiz? Keldi.
18. Fe'l kesim va ot kesim. Kesim qanday mustaqil so'zlar orqali ifodalanishiga ko'ra ikki xil bo'ladi: fe'l kesim va ot kesim. Fe'l orqali ifodalanib, nima qilmoq?, nima bo'lmoq? so'roqlariga javob bo'luvchi kesimlar
Do'stlaringiz bilan baham: |